1. Maydalash va yanchish darajalari
Maydalash va yanchishning bosqichliligi va sxemalari
Download 22.3 Kb.
|
1 2
Bog'liq16 variant must 1
Maydalash va yanchishning bosqichliligi va sxemalari
Boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni boyitishdan oldin maydalash va yanchish yiriklikni qisqartirishning yuqori darajasi bilan amalga oshiriladi. Masalan, flotaiyali boyitishdan oldin foydali qazilma ba’zan 0,1 mm dan kichik yiriklikkacha yanchiladi. Agar bunda ruda karyerlardan kirsa, unda dastlabki materialda eng katta bo‘laklar o‘lchami 1500 mm gacha yetishi mumkin. Unda yanchish darajasi quyidagicha bo‘ladi i=1500/0,1=15 000 Gravitaiyali boyitishdan oldin foydali qazilma ko‘pincha 10 mm gacha maydalanadi. Dastlabki materialda eng katta bo‘laklar o‘lchami 300 mm yaqin bo‘lganda maydalash darajasi quyidagicha bo‘ladi i=300/10=30 Bitta maydalagich mashinada maydalashning bunday yuqori darajasiga erishish mumkin emas. O‘zining o‘ziga xos tuzilmaviy xususiyatlari tufayli maydalash va yanchish mashinalari yanchishning faqat cheklangan darajalarida ishlaydi, shuning uchun ham bir nechta ketma-ket ishlaydigan maydalash va yanchish mashinalarida materialni dastlabki yiriklikdan talab qilingan o‘lchamgacha maydalash va yanchish maqbuldir. Bu mashinalardan har birida maydalash yoki yanchish umumiy jarayonining faqat bir qismi amalga oshiriladi, bu maydalash yoki yanchish bosqichi deyiladi. Maydalanadigan material va maydalangan mahsulotning yirikligiga bog’liq holda, maydalash bosqichlari alohida nomlanishlarga ega: birinchi bosqich – yirik maydalash (1500-300 dan 350-100 mm gacha); ikkinchi bosqich – o‘rtacha maydalash (350-100 dan 100-40 mm gacha); uchinchi bosqich – juda maydalash (100-40 dan 30-5 mm gacha). Maydalash to‘rt bosqichda o‘tkazilgan holatlar ham ma’lumdir. Masalan, maydalashning to‘rt bosqichli sxemalari ayrim boyitish fabrikalarida yirik tekis bo‘laklarning ancha ulushi mavjud bo‘lgan temir rudalari uchun qo‘llanilgan. To‘rt bosqichli sxemalarda birinchi ikkita bosqich – bu yirik maydalash, uchinchi va to‘rtinchi bosqich esa – o‘rtacha va juda maydalash; yoki birinchi bosqich –yirik maydalash, ikkinchi bosqich – o‘rtacha va ikkita juda maydalash bosqichlari, deb hisoblash mumkin. O‘rtacha va juda maydalash bosqichlaridan (bo‘laklar 50 mm dan kichik o‘lchamli) so‘ng material tushadigan keyingi operaiya yanchish deyiladi. Talab qilingan yirikligiga bog’liq holda, boyitishdan oldin materialni bitta, ikkita yoki hattoki uchta ketma-ket bosqichda yanchish mumkin, bu mos ravishda yanchishning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlari deyiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Q.S. Sanaqulov, N.A. Doniyarov, A.A. Saidaxmedov. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari. O‘quv qo‘llanma – T.: 2020. 2. A. Barry Wiils and A. James Finch. Wiil’s Mineral Processing Technology. USA University of Technology, 2007. 3. В.М. Авдохин. Основы обогащения полезных ископаемых. Учебник - М.: МГГУ, 2006. Download 22.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling