1. mdh davlatlari bank tizimi rivojlanish tarixi mdh davlatlari bank tizimi xususiyatlari


Download 24.73 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi24.73 Kb.
#1507721
  1   2
Bog'liq
1-kurs ishi


REJA
Kirish.
1.MDH davlatlari bank tizimi rivojlanish tarixi.
2.MDH davlatlari bank tizimi xususiyatlari.
3.MDH davlatlari banklarining o`xshash va farqli jihatlari.
4.O`zbekiston va MDH davlatlari banklarining hamkorlik ahamyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Bank tizimi-tor ma`noda bank muassalari yig`indisidir. Bank tizimi keng ma`noda bank muassalari va ular faoliyatining me`yoriy huquqiy asoslari, tashkiliy moddiy-texnik va moliyaviy asoslarining yig`indisidir.


Xorijiy davlatlarda tijorat banklari mijozlari keng ko`lamda moliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi moliyaviy muassalardan hisoblanadi. Bu jarayaon bir tomondan iqtisodiyotda bo`sh turgan mablag`larni bank-moliya tizimiga jalb qilish bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan mablag` zarur bo`lgan kompaniya, tashkilotlarga kredit va qarzlar ajratish, turli hisob-kitoblar, maslahat xizmatlarini o`z ichiga oladi. Xorijiy davlatlar amaliyotida banklar yoki boshqa kredit muassalarini tashkil etishda keng liberal yondashuv mavjud. Rivojlangan davlatlarda bank va boshqa kredit muassalarni tashkil etish bozor munosabatlari, asosan pul mablag`larining mavjudligi va unga bo`lgan talab va taklifga qarab ixtiyoriy ravishda qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi mumkin. Masalan AQSHda kredit berish yoki pul mablag`larini jalb qilish bilan shug`ullanuvchhi muassalar qatoriga universal tijorat banklarini, investitsiya banklari, jamg`arma banklarini, ssuda yig`uvchi uyushmalari, pochta jamg`arma kassalari, moliyaviy kompaniyalar, kredit kooperativlari, sug`urta kompaniyalari, pensiya fondlari, ijtimoiy sug`urta fondlari, o`zaro kredit uyushmalari, depozitlarni sug`urtalash tashkilotlari va hokazolarni kiritish mumkin.
Shu o`rinda mustaqil davlatlar hamdo`stligi davlatlarining ham o`z alohida bank tizimlari, xususiyatlari, elementlari va alohida rivojlanish tarixi mavjud. Mustaqil davlar hamdo`stligi 1991-yil SSSR tarqalib ketganligidan so`ng tashkil etilgan tashkilot bo`lib hisoblanadi. Dastlab unda Belarus, Ukraina va Rossiya davlatlari bo`lishgan. Keyinchalik bu tashkilotga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Gruziya qo`shildi. Hozirgi kunda Ukraina va Gruziya bu tashkilotni tark etishgan. Turkmaniston esa kuzatuvchi davlat maqomini olgan. Hozirda bu tashkilotga to`qqizta davlat a`zoligicha qolgan va bularning orasida O`zbekiston respublikasi ham bor.
O`zbekiston respublikasining tashqi siyosati asosan mustaqil davlatlar hamdo`stligi bilan bog`liq, migrantlar ham Rossiya, Qozog`iston va boshqa mustaqil davlar hamdo`stligiga a`zo davlarga ko`proq ishlagani boradi. Ulardan respublikamizga katta miqdordagi xorijiy valyuta kirib keladi va bu pullarning katta qismi banklardan o`tadi yoki o`zbek so`miga almashtiriladi. Tadbirkorlarimiz va davlatimiz eksport va import amallarini ham Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iston kabi davlarlar bilan katta hajmda amalga oshiradi. Ayniqsa 2023-yili Qirg`iziston davlati bojxona to`lovlarini pasaytirishi natijasida O`zbekistonlik o`n mingta tadbirkor Qirg`iz bozorlariga kirib borib bozorni egallasshni boshladilar. Natijada hozirgi kunga davlatimizga juda katta miqdorda qirg`iz so`mi kirib kelishni boshladi. Bu amaliyotlarning hammasi o`z navbatida banklarning aralashishiga olib keladi. Bojxona to`lovlari, shartnomada ko`rsatilgan summa to`lovlari, valyuta ayirboshlash, pul o`tkazmalari va boshqa bank aralashuvi talab etiladigan operatsiyalari mavjud. Bu munosabatlarda ikki davlat banklari bir biri bilan ishlashi, o`zaro aloqa o`rnatishiga to`g`ri keladi. Bu munosabatlarning amalga oshishi uchun esa bu davlatlarning bank tizimlarida bog`liqliklari bo`lishi talab etiladi. Bu davlatlarning bir birini tushunishi, kelishuvlariga to`liq amal qilishi talab etiladi. Asosiy savdo hamkorlarimiz mustaqil davlatlar hamdo`stligi davlatlari bo`lganligi uchun, ham siyosiy, ham iqtisodiy aloqalarimiz kuchli bo`lganligi uchun biz bu davlatlarning iqtisodiy ahvolini, ularning banklari qanday ishlashi, qanday bank tizimi amal qilishini o`rganishimiz va shunga moslab qarorlar qabul qilishimizga to`g`ri keladi. Bu mavzuni dolzarbligi shundaki hozirda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hukumat tepasiga kelganligidan buyon ochiw siyosat olib bormoqda va O`zbekistonning ham jahon davlatlari orasida mavqeyi oshmoqda. Hattoki jahon davlatlari ham O`zbekistonga hozirda milliardlab dollar investitsiya kiritishmoqda va bular orasida MDH davlatlari ham bor. Shunung uchun ham MDH davlatlari bank tizimi mavzusi hozirda dolzarb mavzu bo`lib kelmoqda.


Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling