1.1-rasm.Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.
Semantik (ma`noli) adekvatlik – ob`ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma`noli mazmunini hisoblashni ko’zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma`lumotlar tahlil qilinadi, ma`nolar bog’liqligi ko’riladi.. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko’rsatish mumkin.
Sintaktik adekvatlik – axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajadagi axborotni ifodalash usulida axborot elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o’lchamlari, bu kodlarni o’zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axborot ma`lumot deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |