1. Mehnat muhofazasini
Download 90.12 Kb.
|
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni yong\'in xavfsizligini ta;munlash
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni yong'in xavfsizligini ta;munlash Reja: 1. Mehnat muhofazasini a’minlash yo’llari, asoslari, usullari, choralari va boshqarish vositalari. 2. To’qimachilik va yengil sanoat korxonalari sex va bo’limlarida texnologik jarayonlarida xavflar klassifikatsiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uzining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida: “Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega. ... Davlat faoliyatining muvaffakiyati hozir ko’p jihatdan fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalar qanchalik keng joriy etilayotgani, kadrlarning kasb tayyorgarligini darajasi bilan belgilanadi”, - deb uqdirib o’tganlar . Respublikamizda chuqur iqtisodiy o’zgarish bulayotgan bir davrda, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi, yuqoridagi fikrni amalga oshirishning dastlabki bosqichi bo’lib xizmat qiladi. Kup bosqichli ta’lim tizimiga binoan texnikaviy oliygohlarda tayyorlanadigan bakalavrlar uchun o’quv rejasiga “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fanining kiritilishi bo’lg’usi mutaxassislarning bilimini chuqurlashtirishiga yordam berishi suzsizdir. Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan, fuqarolar (grajdan) himoyasi va favqulotdagi ahvoli bilan qiziqadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma aktiv harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligining ishlab chiqarish jarayonidagi “Mehnat muhofazasi” qismida to’qimachilik paxta, ipak ishlab chiqarish va yengil sanoat korxonalarida mehnat muhofazasining umumiy masalalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi uskunalarining xavfsizlik texnikasi va yong’in xavfsizligi masalalariga oid umumiy ma’lumotlarini o’z ichiga olgan va mehnat muhofazasining hozirgi zamon talablari hamda normativ materiallarini hisobga olgan xolda yozilgan. Mehnat muhofazasi masalalarini xal etishning uslublari, uskunalar va dastgoxlarning xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi asoslari haqida ma’lumot berilgan. Yonish o’tga chidamlik, yonuvchanlik va yong’inni o’chirish masalalari yaqqol yoritilgan. To’qimachilik, paxta, ipak ishlab chiqarish jarayonida va yengil sanoati oldidagi texnologik dastgoxlarni omilkorlik bilan boshqarishda yaratiladigan shart-sharoitlarni, mehnatni muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirishni, ayniqsa qo’l kuchi bilan bajariladigan ishlarda muhofaza shartlarini, yong’in xavfsizligi asoslarni keng yoritilgan bo’lib oliy texnik bilimgoxining o’quv rejalariga moslashtirib yozilgan bo’lib, oliy texnik bilimgohlarining paxta, ipakchilik to’qimachilik va yengil sanoatiga texnolog muhandislarni tayyorlovchi mutaxassislik talaba uchun mo’ljalangandir. Mehnat qonunchiligi, barcha ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlarini boshqarib turuvchi huquqiy normalari majmuasisdir. Mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, ishchilarni kasbiy kasalliklarga, zararlanish va zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan zararli ta’sirlarni kamaytirish yoki butunlay yuk qilishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnika vositalardir. Uskuna va dastgoxlarning xavfsizlik texnikasi, ishchilarni jarohatlanishdan, avariya, yong’in va portlash xavfidan asrab qolish va bularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuasidir. Yong’in xavfsizligi, korxonada yong’in chiqqan taqdirda ham uning xavfi ta’sirini kamaytirish va moddiy boyliklarni asrab qolish tadbirlaridir. Mazkur kurs “Ergonomika”, Muxandislik psixologiyasi”, “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Texnik estetika”, “Mehnat fiziologiyasi va gigiyenasi”, “Huquqshunoslik”, “Iqtisodiyot”, “Atrof muhitni muhofaza qilish” kabi fanlar bilan bog’langandir. Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan, fuqarolar (grajdan) himoyasi va favqulotdagi ahvoli bilan qiziqadi. Xavflar - yashirin (potensial) va haqiqiy bo’ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo’lishi lozim. Bu shartlar SABAB deb ataladi. Xavf va sabablarni misollarda (raqamlarda) kurish mumkin: 1. 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko’paygan; 2. 1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko’paygan; 3. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nog’ironlar bo’lib, ulardan 1/5 qismi baxtsiz xodisa natijasida bo’lgan. Sobik ittifokda xar yili 19 mln. odam jarohatlanar edi, ularning 500 mingga yaqini xalok bulardi, shulardan 50-60 ming kishi yo’l transporti natijasida, 10 ming kishi yong’indan, 14 mingi ishlab chiqarishda. Xar yili mamlakatimizda turli baxtsizliklar natijasida 30 ming yaqin kishi mehnat nog’ironi bo’ladi. Davlat hisoblash darajasi mamlakatimizda 4 dan 19 (foiz) gacha kutarilgan (1989 yildan boshlab jarohatlanish).
Download 90.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling