1. Mehnat potentsiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni


chizma. Inson omilining kapitallashuv va potentsiallashuv jarayoni


Download 194.5 Kb.
bet4/4
Sana15.04.2020
Hajmi194.5 Kb.
#99332
1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat potentsiali va inson kapitali


chizma. Inson omilining kapitallashuv va potentsiallashuv jarayoni

Inson kapitalining ahamiyati tabiiy resurslar, moddiy boylik va mablag‘lardan balandroq Chunki inson kapitallarining yig‘indisi mehnat potentsialini tashkil etadi. Ya’ni, mehnat layoqatiga ega bo‘lish, muayyan tajriba va malakaga ega bo‘lish, safarbarlik imkoniyatining vujudga kelishi natijasida inson kapitali potentsial ko‘rinish kasb etadi.



Aynan shu sabab u iqtisodiy o‘sish va samaradorlikning asosiy omili hisoblanadi (4.-chizma).

Inson kapitalini shakllantirish iqtisodiyot uchun investitsiya kiritish demakdir. Chunki mazkur kapitalga sarflangan xarajat bir necha yillar davomida yuqori samara beradi. «Inson kapitali» tushunchasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:



chizma. Inson kapitalining shakllanishi jarayoni

- inson kapitalini shakllantirish shaxs, korxona, jamiyat va davlatdan salmoqli xarajatlar talab etadi;


  • ko‘nikmalar layoqat sifatida muayyan zaxira hisoblanadi, ya’ni uni jamg‘arish mumkin;

  • unga kiritiladigan investitsiyalar uning egasiga kelajakda ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy samara va daromad olish imkonini yaratadi;

  • iqtisodiy qo‘yilmalar kiritish qancha erta boshlansa, u shuncha erta unum bera boshlaydi. Shuningdek, sarmoya qancha salmoqli va davomiy bo‘lsa, u shuncha yuqori va uzoq vaqt naf keltiradi;

  • uni shakllantirishda «ikki yoqlama ko‘payuvchi samara» o‘z o‘rniga ega. Uning mohiyati shundaki, ta’lim jarayonida o‘rganuvchidan tashqari o‘rgatuvchining ham qobiliyati va mahorati o‘sib boradi. Natijada har ikkisining ham daromadlari oshadi;

  • unga kiritiladigan qo‘yilmalarning xarakteri va turi tarixiy, milliy, madaniy va an’anaviy xususiyatlar bilan bog‘liq;

  • uning moddiy kapitaldan farqi shundaki, u o‘z egasi, ya’ni tirik inson shaxsidan ajralmasdir;

  • shakllanish manbalaridan qat’i nazar, inson kapitalini qo‘llash va bevosita daromadlar olish kishining o‘zi tomonidan nazorat qilinadi;

  • inson kapitali jismoniy va ruhiy jihatdan emirilib boradi. Uning emirilishi inson organizmi va unga xos psixofiziologik funktsiyalarning tabiiy emirilishi (keksayish), ikkinchidan bilim va tajribalarning ma’naviy emirilishi (eskirish) darajasi bilan aniqlanadi.


Inson taraqqiyoti indeksining komponent va indikatorlari

Inson kapitaliga kiritiladigan investitsiyalar sog‘liqni saqlash, umumiy va maxsus ma’lumot olish, malaka oshirish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish, turli axborot va ma’lumotlarga ega bo‘lish, ish qidirish, migratsiya, oila qurish, farzand ko‘rish va uni tarbiyalash bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ushbu xarajatlardan eng muhimlari salomatlik va ta’lim uchun sarf qilinganlaridir. Salomatlikka, uni saqlashga yo‘naltiriladigan investitsiyalar kasallik va o‘limning oldini olib, kishining mehnatga layoqatli umrini, inson kapitalining ishlash davrini uzaytiradi. Inson salomatligining ahvoli uning tabiiy kapitali bo‘lib, butun umr davomida asta-sekin" emirilib boradi. Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq investitsiyalar esa mazkur jarayonni yanada sekinlashtiradi.

Umumiy va maxsus ta’lim kishidagi bilimlar shaklini yaxshilaydi, inson kapitalining sifat darajasi o‘sishiga xizmat qiladi. Ta’lim tizimiga kiritiladigan investitsiyalar malakali mutaxassislarni etishtirish va yuqori mehnat unumdorligining yuzaga kelishiga sharoit yaratadi, ular esa, o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyot sur’atining jadallashuviga turtki bo‘ladi.

Inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar darajasining quyidagi ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:



  • avanslangan inson kapitali – uning shakllanishi uchun dastlabki investitsiyalar (salomatlik, tarbiya, umumiy va maxsus ta’limga, shuningdek, shaxsning me’yoriy turmush tarzini ta’minlovchi investitsiyalar) yig‘indisini o‘zida mujassamlashtiradi;

  • qo‘shimcha inson kapitali – uning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini tiklash hamda yaxshilashga xizmat qiluvchi investitsiyalarni o‘z ichiga oladi;

  • qoldiq inson kapitali – uning tabiiy aylanmasi (oboroti) yakunlangandan so‘ng daromaddan chegirib boriladigan (amortizatsiyalanadigan) investitsiyalar;

  • iste’mol inson kapitali – xodim hayotining o‘tgan davrida (baholashga qadar) amortizatsiyalangan investitsiyalar;

  • potentsial inson kapitali – hayot faoliyatining keyingi davrida (baholashdan so‘ng) amortizatsiyalangan investitsiyalar;

  • foydalanilgan inson kapitali – uning tabiiy aylanmasi mobaynida amortizatsiyalangan investitsiyalar.

Avanslangan, qo‘shimcha, iste’mol va potentsial inson kapitallarini baholash va amortizatsiyaning tegishli myo’yorlarini hisoblash turli davrlar hamda xodimlarning turli toifalari uchun amalga oshirilishi lozim.

Inson kapitali – iqtisodiy dinamika nuqtai nazaridan, ya’ni ijtimoiy takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida ifodalanishi lozim bo‘lgan kategoriyadir. Uni takror ishlab chiqarish davriy (tsiklik) shaklga ega bo‘lgan ko‘p bosqichli jarayondir. Bunda inson kapitali tabiiy, iqtisodiy va innovatsion aylanmani bajaradi. Uning davriy xarakteri quyidagi uchta asosiy ko‘rinishda aks etadi:



  1. Tabiiy aylanma, xodimlarni mehnat faoliyati tugashi bilan almashtirish yoki pensiyaga chiqishi natijasida ro‘y beradi.

  2. Iqtisodiy aylanma, texnologiya, texnika ishlab chiqarish turining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, ishchilarni qayta tayyorlash va ular tomonidan yangi kasblarni o‘zlashtirishga olib keladi.

  3. Innovatsion aylanma, texnika va texnologiyadagi sifat o‘zgarishlari, mehnatni tashkil etish usullarining takomillashishi bilan bog‘liq bo‘lib, xizmatchilarni kasb-malaka tavsiflari oshishi, sifatning yaxshilanishi, mehnat unumdorligi va ish haqining o‘sishi kuzatiladi.

Inson kapitali bir vaqtning o‘zida ham tabiiy, ham iqtisodiy aylanmada bo‘lishi mumkin hamda bu ma’lum moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Individual inson kapitallarining barcha umumiy aylanmalari integratsiyasi va o‘zaro aloqasi inson kapitalining umumiy aylanmasi deb ataladi. Bu esa mamlakat milliy boyliklarining takror ishlab chiqarilishi, o‘sishi, to‘planishi, foydalanish va iste’mol qilinishini jamiyatni va inson hayot faoliyati barcha sohalarining takror ishlab chiqarilishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

Inson kapitalini shakllantirishni mikro va makro darajalarga ajratish mumkin. Uni mikro darajada shakllantirish alohida individ uchun inson kapitalining o‘ziga xos aktivini yaratish maqsadida inson kapitaliga investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, korxona o‘z xodimining malakasini oshirish, qayta o‘qitish, sog‘lig‘ini tiklash, dam olishini tashkil etish va shu kabilarga sarflagan xarajatlari (investitsiyalari) mikro ko‘rinishga ega bo‘ladi. Mamlakatning barcha yoki ma’lum toifa aholisiga (bolalar, yoshlar, o‘quvchilar, talabalar) yo‘naltirilgan chora-tadbirlar (sog‘liqni saqlash va ta’limning barcha tizimlari) inson omilini shakllantirishning makro darajasi deb yuritiladi.

O‘zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan bandligini oshirish inson resurslarining miqdor va sifat jihatdan mutanosibligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq jarayondir. Aholini ijtimoiy-demografik o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mehnat potentsialini iqtisodiyotga to‘liq jalb etish, unumdorlikni oshirish va ish haqi to‘lashni takomillashtirishning barchasi sifat ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Biroq, tahlillarning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida tashkil etilgan yangi ish joylari bilan kadrlar tayyorgarligi, bilimi va malakasi o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligi sezilmoqda.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasidan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekistonda mustaqillikdan oldingi yillarda mehnat potentsiali rivojlanishining faqat mikdor ko‘rsatkichlarigagina e’tibor berib kelingan. Vaholanki, ularning sifat darajalari nafaqat har bir inson, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega.


Xulosalar

Mehnat potentsiali – o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan aholining mehnatga layoqatli qismidir.

Inson kapitali turli shart-sharoitlar va omillar ta’siida miqdor va sifat shakllanishi xususitlariga ega.

Mehnat potentsialidan foydalanish, ularni iqtisodiyot tarmoqlaridagi taqsimlanishi va samaradorligini xarakterlaydi.

Inson taraqqiyoti darajasini mehnat unumdorligi, aholini ish bilan bandligi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish kabi ko‘rsatkichlarni ifodalaydi.

Adabiyotlar ro‘yxati
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O‘zbekiston 2009 y.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidagi «2012yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi» nomli ma’ruza. T, “O‘zbekiston” 2012 y

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda 4.O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruza. T, “O‘zbekiston” 2010 y

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishni yo‘llari va choralari” nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. T, “Iqtisodiyot” 2009 y.

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘g‘risida. 2010 yil 27 yanvar.

7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 2009 yil 20 yanvar, PQ-1041-son.

8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida. 2008 yil 28 noyabr, PF-4058-son.

9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2008 yil 18 noyabr, PF-4053-son.

10.Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O‘zbekiston, 2009. – 24 b.

11.Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Oliy o‘quv yurti studentlari uchun darslik – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008 y. .- 656 b.

12.ErgashevF., Raximova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov Sh. Innovatsion menejment. Darslik.T.: «Akademiya», 2005y
Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling