1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari


Download 30.95 Kb.
bet2/4
Sana27.10.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1727749
1   2   3   4
Bog'liq
қурилиш иқтисодиёти 6-амалий

YAlpi mahsulot narxi bo‘yicha ko‘rsatkich. Bu korsatkich asosida ko‘p yillar mobaynida mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilda va hisobga olindi, bu shunisi bilan ajablanarliki, turli korxonalarda va turli yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar qandaydir vaqt holati bo‘yicha korxonalarning yagona ko‘tara narxlari bilan hisoblandi. Bu esa turli yillarda narxlarning o‘zgarishini belgilash imkonini berdi va bu kreteriy bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqqoslash (qiyoslash)ga erishildi. Biroq mahsulot narxi nafaqat jonli mehnat sarfini o‘zida aks ettiradi, balki oldindan kooperatsiya bo‘yicha olingan xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, detallar va uzellarni ham o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Ancha qimmat bo‘lgan xom-ashyoning qayta ishlashga yo‘naltirilishi yalpi mahsulot narxini oshirib yuboradi va shunga mos ravishda korxona mehnat unumdorligi ishchilarining qandaydir ishtirokisiz ham oshib ketadi. YAlpi mahsulot narxiga shuningdek, tugallanmagan (yakunlanmagan) mahsulot narxining farqi ham kiradi. Bu esa korxonalarga yalpi mahsulot narxini oshirish imkoniyatini beradi, shu bilan bir qatorda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlarini oshirish evaziga mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi ham oshadi.
Tovarli mahsulot narxining ko‘rsatkichi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari ta’siridan holidir, lekin bu ko‘rsatkich yalpi mahsulot ko‘ratkichiga tegishli bo‘lgan boshqa kamchiliklardan holi emas.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi – yangidan yaratilgan narx korxonaning mahsulot yaratishdagi hissasi to‘g‘risida to‘liq taasurotni beradi, chunki uning qiymatiga xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar va uzellarga sraflangan mablag‘lar ta’sir ko‘rsatmaydi, u amortizatsiya chegirmalaridan ozoddir.

P = Z + Pr, (7.1)


bu erda Z – korxona ishchilarining (chegirmalarsiz) to‘liq maoshi; Pr – korxonaning foydasi.

Sof mahsulot yangidan yaratilgan narxni aniq tavsiflaydi, agar qachonki, mahsulot bozor narxlarida ayriboshlansa (sotilsa). Lekin bizning sharoitda monomol narxlarning ta’siri katta bo‘lib, ular yangi narxlar qo‘yilishida korxonaning real hissasini aniq ko‘rsatmaydi va sof mahsulot uchun narxning o‘rnatilishi muammoli holatga aylanib qoladi.


SHartli – sof mahsulot ko‘rsatkichi o‘ziga to‘liq ish haqini va foydani, shuningdek, asosiy vositalarning amortizatsion chegirmalarining yig‘indisini, ya’ni qilingan mehnat qismini ham kiritadi:
P = Z + Pr + A, (7.2)

bu erda Z – korxona hamma ishchilarining (chegirmalarsiz) to‘liq maoshi (ish haqi); Pr – korxonaning foydasi; A – amortizatsiya chegirmalarining yig‘indsi.


Bu ko‘rsatkichning ijobiy tomoni shundaki, yangidan yaratiladigan narxni tavsiflash bilan u taqqoslash imkonini beradi.


Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarishning materialli sig‘imiga bog‘liq emas, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning «qulay» va «noqulay» mahsulotga ajratilishi inkor etiladi. Bundan tashqari kooperativ etkazib berish hajmining hamda mahsulotni qaytadan hisobga olishning mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga ko‘rsatadigan ta’siri bartaraf etiladi. Ulardan oxirgisi ishlab chiqarishni kombinaziyalashtirishda va ishlab chiqarish hamda sanoat birlashmalarini yaratishda (tuzishda) kam bo‘lmagan muhim ahamiyatga egadir. Lekin ishlab chiqarish hajmini o‘lchashning bunday o‘lchamidan foydalanish amaliyoti turli buyumlarning ancha ahamiyatli tarzdagi rentabelligi va ko‘tara narx orqali olinadigan foydadagi korxona ulushlarining katta farqlari mahsulot ishlab chiqarishda korxonaning real hissasini taqqoslashda va foydani tegishli miqdorlardagi ko‘rinishda aks ettirishda ishonchli natijalarni bermadi.
Mehnat sarflari bajarilgan kishi – soatlar soni bilan ancha aniq ifodalanadi. Lekin ularni hisoblash juda ko‘p mehnatni talab qiladi.
Kishi – kunlar mehnat sarflarining kishi – soatlarda o‘lchangandagiga qaraganda kamroq bo‘lgan natijani beradi, chunki kishi – kunlar ichki smenali to‘xtab qolishlarni hisobga olmaydi.
Ishchi xodimlarning o‘rtacha oylik soni kishi – kunlariga qaraganda kun mobaynidagi to‘xtalishlarni hisobga olmaydi, shunga qaramasdan aynan ishchi-xodimlarning o‘rtacha oylik sonidan yillik mehnat unumdorligini hisoblashda foydalaniladi, chunki bu turli korxonalarning, tarmoqlarning va umuman mamlakat bo‘yicha ko‘rsatkichlarning qiyoslanishini ta’minlaydi. Korxona xo‘jalik faoliyatini ichki ishlab chiqarish bo‘yicha tahlil qilishda soatli va kunlik mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. SHunday qilib, unumdorlikni aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflarining tegishli ko‘rsatkichlari tanlanadi va birinchi ko‘rsatkichlar ikkinchi ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarflari ko‘rsatkichlarining ustunligi va kmachiliklarini tahlil qilish asosida shuni ta’kidlash joizki, ularni mumkin bo‘lgan har qanday uyg‘unlashtirish ma’lum bir iqtisodiy mazmunni kasb etadi, ularni tanlash esa mehnat unumdorligi darajasini o‘lchashning konkret masalalari bilan aniqlanadi. Kornxonada unumdorlikni aniqlashning eng keng qo‘llaniladigan (universal) usuli yil davomida o‘rtacha ro‘yxat bo‘yicha shu korxona bitta ishchisiga to‘g‘ri keladigan korxona tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan sof mahsulotning miqdorini hisoblashdan iboratdir.
Mehnat unumdorligining boshqa ko‘rsatkichi – mehnat sig‘imi - mahsulot birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan jonli mehnat sarfining yig‘indisini belgilaydi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bo‘yicha mehnat sig‘imini aniqlash uchun hamma ishlab chiqarishga sarflangan sarf – xarajatlarni ma’lum vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi qaralayotgan qurilishga aloqador bo‘lmagan boshqa omillarning ta’siriga uchramaydi. SHuning uchun mahsulot (ish)ning faktli mehnat sig‘imi narxli ishlab chiqarish ko‘rsatkichiga nisbatan ancha to‘g‘ri bo‘lib, mehnat unumdorligining darajasi va dinamikasini tavsiflab beradi.
Mehnatni rejalashtirish va tahlil qilish maqsadida alohida operatsiyalar, buyumlar, ishlarning mehnat sig‘imi hisoblanadi.
Texnologik mehnat sig‘imi (T1) asosiy ishchi-bajaruvchilar va vaqtbay ishlaydiganlarning mehnat sarflari bilan aniqlanadi. U ishlab chiqarish operatsiyalari, detallar, tugunlar va tayyor mahsulotlar bo‘yicha hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mehnat sig‘imi (T2) asosiy sexlarning yordamchi ishchilarining hamda yordamchi sexlar va bo‘limlardagi ishchilarning, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatayotgan hamma ishchilarining mehnat sig‘imini namoyon etadi. Uni har bir operatsiya, buyum bo‘yicha yoki buyumning texnologik mehnat sig‘imiga proporsional hisoblash mumkin.
Ishlab chiqarish bo‘yicha mehnat sig‘imi (T3) texnologik va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mehnat sig‘imlari yig‘indisidan tashkil topadi, ya’ni bu asosiy va yordamchi ishchilarning ish birligini bajarishga sarflagan mehnatini ifodalaydi.
Boshqarish bo‘yicha mehnat sig‘imi (T3) rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar tomonidan sarflangan mehnat yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Bunday sarflarning bir qismi bevosita buyumlarning tayyorlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu buyumlarga bevosita (bevosita) tegishli bo‘ladi, mehnat sarflarining boshqa qismi esa buyumlarning tayyorlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, ishlab chiqarish mehnat sig‘imiga proporsional bo‘lgan holatda bumlarning tayyorlanishiga tegishli bo‘ladi.
Eng yaxshisi, mahsulotning to‘liq mehnat sig‘imi ko‘rsatkichidan foydalanish juda qulay bo‘lib, bu ko‘rsatkich barcha kategoriyalardagi ishchilarning mehnat sarflar (kishi-soatlar)ini o‘z ichiga oladi va u quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi

 (7.3)


Mehnat sig‘imi hisoblash usuliga bog‘liq ravishda me’yoriy, faktli, rejali mehnat sig‘imlariga ajratiladi.


Mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari mehnat unumdorligining darajasini hisoblash, yangi konstruksiyalar, materiallar va texnologik jarayonlarni qo‘llashning samaradorligini hamda qurilish–montaj ishlarining mexanizatsiyalashganligini baholash uchun zururdir. Mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlaridan qurilishda mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni hisoblashda foydalaniladi.

Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling