1. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xususiyatlari
Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar
Download 64.5 Kb.
|
aaa
Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar.
Mehnat nizolari protsessual xususiyatga ega bo`lib, sub`ektlar, ya`ni xodimlar bilan ish beruvchilar o`rtasida amaldagi mehnat to`g’risidagi qonunlar va normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo`llash yuzasidan kelib chiqadi (MKning 259-moddasi). Bunday yakka nizolar mehnat nizolari komissiyasida, tuman (shahar) sudlarida, ba`zi hollarda, xo`jalik sudlarida ko`rib hal etiladi. Mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o`zgartirishga doir nizolarni hal qilishga tegishli huquqiy munosabatlar ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida yuzaga keladi. Jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilishga taalluqli huquqiy munosabatlar ish beruvchi va xodimlar jamoasi o`rtasida mehnatning yangi shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o`zgartirish, jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzish, ularga o`zgartirishlar kiritish hamda bajarish bilan bog’liq kelishmovchiliklar natijasida vujudga keladi (MKning 281-moddasi). Bunday huquqiy munosabatlar sub`ektlari, bir tomondan, mehnat nizosini hal qiluvchi yuridiktsion organlari: mehnat nizolari komissiyalari, sud organlari, yuqori turuvchi organlar, kasaba uyushmalari organlari hisoblansa, ikkinchi tomondan, xodim, kasabalar uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari, mehnat huquq inspektsiyalari, ish beruvchi va prokuror bo`ladi. Huquqiy munosabatlar yuridiktsion organlarga nizoni hal qilish xususida berilgan ariza asosida kelib chiqadi. Mehnat nizolarini hal qilish va protsessual huquqiy munosabatlarning mazmuni, aksariyat hollarda, mehnat qonunchiligi, ba`zan esa fuqarolik protsessual qonunchiligi bilan belgilanadi. Protsessual huquqiy munosabatlar yuridiktsion organlar tomonidan ushbu mehnat nizosi yuzasidan chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirishi yohud taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. adabiyotlar ro`yxati: Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling