1. Menejment nazariyalarining evolyutsion tarixi va rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari. Bоshqaruvning turli yo’nalishlari
Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi
Download 75.58 Kb.
|
menejment.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda menejment nazariyasining shakllanishi.
4. Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi.
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag’ishlangan o’nlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo’jalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy mehnat instituti tashkil etildi. Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa qo’shgan taniqli olim - Aleksey Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat me’yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo’llanmalari», «Madaniyat qo’zg’oloni», «Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o’rganish, loyixalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o’qitishva malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi. A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjentsev (1881-1940). P.M. Korjentsev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a’zosi bo’lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu fil- davomida u «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «O’zingni o’zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjentsev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni standartlash, mehnat sharoiti, moddiy vositalardan to’g’ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi. Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo’yicha tadqiqot olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo’shganlar. 5. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda menejment nazariyasining shakllanishi. O’zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo’llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo’lganki, ularni o’rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo’llanma bo’ladigan ko’rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg’i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 27 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O’zbekiston iqtisodiyotini Birinchi Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o’tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O’zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukumronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo’la oladi. “Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Frantsiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. “Tuzuklar” muallifining fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur “Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, o’z faoliyatida quyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan1: Hazrat Payg’abarimiz Muhammad Sallollohu Alayhissalomning aziz va mukarram avlodi bo’lmish sayidlar, ulamo va shayxlar. Hayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar. Duogo’y taqvodorlar. Amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar, ya’ni lashkar va qo’shin boshliqlari. Sipoh bilan raiyat, ya’ni qora xalq. Saltanat ishlari, uning siru asrorini bilgan, kengashsa bo’la-digan dono va ishonchli kishilar. Vazirlar, sarkitob va devon bitiklari. Hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar. Hadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix-shunoslar). So’fiy va oriflar. Hunar va san’at ahli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar. Har turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli. Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart: Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik. Aqlu farosatlik. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo’lish. Sabru bardoshlilik, muloyimlik. “Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan mamlakatni bor-yo’g’i yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular quyidagilar (7-jadval). Download 75.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling