1. Menejment nazariyalarining evolyutsion tarixi va rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari. Bоshqaruvning turli yo’nalishlari


Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 75.58 Kb.
bet3/16
Sana21.02.2023
Hajmi75.58 Kb.
#1217387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
menejment.

Menejment rivojlanishining asosiy bosqichlari
Menejment u yoki bu shaklda odamlar guruh bo‘lib ishlab yurgan joyda va odatda jamiyatning uchta sohasida bo‘lgan:
1.siyosiy — guruhlarda tartibni qo‘llash va o‘rnatish zarur- ligi;
2. iqtisodiy — resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish zarur- ligi
3. mudofaa — dushmanlardan va yovvoyi hayvonlardan hi- moya qilish.
Boshqaruv nazariyasini va amaliyotining rivojini ko‘rib chiq- qanimizda, bir necha taraqqiy davrlarni ajratishimiz mumkin. I davr — qadimgi davr.
Boshqaruvning uzun rivojlanish davri 9—7 ming avval eramizdan taxminan XVII asrgacha bo‘lgan davr menejmentni mustaqil ilm sohasiga ajralishidan oldin, odamzod mingyillar davomida boshqarish tajribasini orttirib kelgan.
Ilk tartib va boshqaruvning eng oddiy shakllari ibtidoiy jamoa bosqichida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda boshqaruv birga- likda, qabilaning hamma a’zolari boshqarishda ishtirok etardi. Qabilaning qariyalarini boshqaruvning dastlabki ko‘rinishlari deb hisoblasak ham bo‘ladi.
Taxminan eramizdan 9—7 ming yillar oldin yaqin Sharqdagi joylarda ekish xo‘jaligidan (ov, hosil yig‘ish va boshqalar) yangi hosil olish shakliga o‘tdi (ya’ni ishlab chiqarishga). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish menejmentni vujudga kelganidan dalolat bergan edi.
Qadimgi Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish tajribasi ortti- rildi. O‘sha davrda yetarli darajada davlat boshqaruv apparati va xizmatkorlar safi shakllandi.
Boshqaruvga ilk faoliyat turi deb ta’rif bergan Sokratdir. (470—399-yy. eramizdan avval). U boshqaruvning turli shaklla- rini tahlil qildi. Ular asosida boshqaruvning universal tamoyilini e’lon qildi.
Platon (428—348 eramizdan avvalgi yil) davlat boshqaruvi- ning tasniflanishini aniqlab, boshqaruv organlarining funksiya- larini aniq belgilab berdi.
Iskandar Zulqarnayn (356—323 eramizdan avvalgi yy.) qo‘shinlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini rivojlantirdi.
II davr — sanoat davri (1776—1890)
Davlat boshqaruvi tushunchasining rivojida A.Smitning hissasi kattadir. U nafaqat klassik siyosiy iqtisodning vakili, balki boshqaruv sohasining mutaxassisidir. U mehnat bo‘linishini turli shakllarini tahlil qildi, davlat va davlat boshqaruvchisining maj- buriyatlariga ta’rif berdi.
R.Ouen ta’limoti menejmentning maktab va ilmiy yo‘nalish- larining shakllanishiga katta ahamiyat kashf etdi. Uning guma- nitar g‘oyalari, ishlab chiqarishni boshqaruv, xizmatchilarning ishlash sharoiti va hayotini yaxshilash, o‘qitish zaruriyati bugun- gi kunda ham dolzarb mavzular bo‘lib kelmoqda.
Hisoblash mashinasining yaratilishi va qo‘llanilishi boshqa- ruvni nazariyasi va amaliyotida ilk to‘ntarishga olib keldi. 1833- yilda angliyalik matematik Ch. Bebbidj «Tahlil mashinasi»ning loyihasini ishlab chiqdi. Bu esa hozirgi zamonaviy raqamli hi- soblash texnikasining dastlabki ko‘rinishi, o‘sha davrdayoq bosh- qaruv masalalarining yechimini tezkorlik bilan bajarishga olib keladi.
III davr — tizimlashtirish davri (1856—1960).
Boshqaruv to‘g‘risidagi ilm doimiy harakatda. Yangi yo‘na- lishlar, maktablar, oqimlar shakllanmoqda, ilmiy apparat o‘zgar- moqda va mukammallashmoqda, qolaversa tadqiqotchilar va ularning qarashlari o‘zgardi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar iste’- mol mo‘ljallarini boshqaruv kuchlarini o‘rganishga qaratdilar. Ayrimlari boshqaruv muammolarini o‘tgan davri usullari bilan yechishga harakat qiladilar, boshqalar esa zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalandi. Ularning individual muvaffaqiyatlari, yutqizishlari hozirgi zamon menejerlari uchun ham ibratli dars- liklar bo‘lib qolishi mumkin. Ilk menejerni asosan ishlab chiqarishning samarasi masalasi qiziqtirgan edi (texnikaviy yondoshuv). Ular o‘z faoliyatlarini ishchilarni moslashishiga qaratgan edilar. Shu maqsadda ish joylarni dizayni ishlab chiqilgan har xil turdagi operatsiyalarga vaqt sarflanishi o‘rganilgan edi.
O‘sha davrning ko‘pgina tadqiqotchilari menejmentni san’at deb hisoblashgan. Bundan kelib chiqadiki, har qanday ishchi ham rahbarlik lavozimiga to‘g‘ri kelavermaydi. Yetuk menejer bo‘lish uchun ma’lum fazilatlar va qobiliyatlarga ega bo‘lish kerak. Shuning uchun ko‘pgina tadqiqotchilar shaxsning xarak- terini o‘rgana boshladilar, ya’ni menejerlikka xos bo‘lgan, shu- ningdek shunday fazilatlarga ega bo‘lgan odamlarni topish kerak edi. Lekin tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bunday toifali odamlarni aniqlash oson emas.
Ilmiy boshqaruv maktabi menejmentni ilmiy maktabi ekan. XIX asrning 80—90-yillarida AQSHda vujudga kelgan. Menej- mentni ilm tariqasida ilk bor amerikalik mutaxassis F. Teylor (1856—1915) ko‘rib chiqdi, u ilmiy boshqaruvning harakatiga rahbarlik qildi. U inson samadorligi bilan emas, tashkilot faoli- yatining samaradorligi bilan qiziqdi. Ilmiy boshqaruv konsep- siyasini yaratish bilan menejment mustaqil ilmiy tadqiqot sohasi deb tan olindi. Teylor tizimning mohiyati quydagi uchta muhum shartga bo‘ysunib, ular keyinchalik boshqaruv nazariyasining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi:
—ratsional tashkilot mehnati, «ish o‘rganishi»ni asosida, ya’ni alohida operatsiya hisobga olish va o‘lchash, ishchilarini o‘qishiga va mashg‘ulotiga qarab, to‘g‘ri qo‘yib chiqish;
— tashkilotini rasmiy tuzilmasini ishlab chiqish, ya’ni mehnat ijro va taqsim mehnatlariga ajratish;
— ishchi va boshqaruvchi hamkorligi bo‘yicha me’yorlarni belgilash. Bu antogonistik munosabatlar o‘zaro yordamga asos- langan.
F.Teylor o‘zining ishlarida mehnatni ilmiy tashkillashtirish- ning xronometraj, qabul qilish standartlari va mehnat qurolla- rini o‘rganib chiqishga asoslangan bir qator usullarini ishlab chiqdi.
Uning asosiy tamoyillari quydagilardan iborat: agar men ilmga asoslanib odamlarni tanlab, ularni tayyorlasam, qiziqtir- sam va ish bilan odamni bir-biriga muvofiqlashtirsam yagona ish kuchi tomonidan qilingan ishdan ortiqroq ishlab chiqarishning hamkorligiga erishishimiz mumkin. U ishlab chiqarishning aso- siy mehnat normalarini, ish, operatsiya, standartlashtirilish, sa- ralashning ilmiy yondoshuvini amaliyotda tadbiq etdi va ularni mehnatga qiziqtirdi.
Boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni rivojlanishi F.Djilbert va L.Djilbert ismlar bilan bog‘liq. Ular mehnat harakati sohasida tadqiqotlar olib bordilar, xronometraj usullarini mukammalash- tirdilar, ish joyini tashkillashtirishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqishdi. Shuningdek, 1916-yilga kelganda ushbu tadqiqotlar- da bir butun yo‘nalish shakllandi: bir necha nom bilan ataladi- gan — «ilmiy menejment», «klassik», «traditsion» birinchi ilmiy maktab.
«Ma’muriy maktab» klassik maktabning yuqori pog‘onasi hisoblanadi. U menejmentning roli va funksiyalariga bo‘lgan savollar bilan shug‘ullanadi. Boshqaruvchining ish ma’nosi aniqlangach, boshqaruvning samarali usullarini aniqlab olishimiz mumkin edi.
Yevropa ilmiy menejment maktabi yo‘nalishida XIX asr oxiri — XX asrning 20-yillarida eng mashhur shaxs A.Fayol (1841—1925) bo‘lgan. A.Fayol ilmiy menejment konsepsiyalari- ni rivojlantirdi va chuqur o‘rganib chiqdi.
Ulardan birinchishi — boshqaruv funksiyalarga tegishli masala, ularni 6 guruhga ajratdi:
1.Ma’muruy faoliyat: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik va muvofiqlashtirish.
2.Tadbirkorlik bilan bog‘liq faoliyat: sotib olish, sotish, almashish.
3.Texnik-ishlab chiqarish faoliyati.
4.Moliya faoliyati.
5.Muhofaza qilish bilan bog‘liq faoliyat ya’ni, havfsizlik texnikasi.
Nazorat faoliyati.
Ikkinchisi — ishchilarda ijtimoiy, texnik, tashkiliy optimal bog‘lanish to‘g‘risida vaziyat.
Uchinchi — menejmentni tashkiliy va ijtimoiy-psixologik funksiyalarini aniqlovchi 14 ta ketma-ketlikdagi tamoyillarni ishlab chiqarish.
To‘rtinchi — u ishlab chiqarishda ijtimoiy masala va ma’- muriyatning shaxsiy fazilatlariga katta ahamiyat berar edi. Bu g‘oyani ishlab chiqarishda A.Fayolni (1841—1925) hissasi kat- tadir. U butun boshqaruv jarayonini 5 ta asosiy funksiyalarga bo‘ldi, ulardan biz hanuzgacha tashkilotni boshqarishda foy- dalanib kelamiz: rejalashtirish, tashkil etish, saralash, kadrlarni tanlash, rahbarlik va nazorat.
A.Fayol ta’limoti asosida 20-yillarda firmani tashkiliy tuzilma tushunchasi shakllandi. O‘zaro bog‘langan tizim elementlari aro o‘zaro bog‘langan harakatlar majmui boshqaruv funk- siyalaridan iborat.
Ishlab chiqilgan tamoyillar boshqaruvining mohiyati quyidagi- lardan iborat: mehnat — bo‘linishi; obro‘ va hokimlik mas’uliyati; tartib; rahbariyat birligi; ehtiyotkorlik birligi; alohida qiziqishni umumiyga bo‘ysundirish; mehnatga mukofot; markazlashtirish va markazlashtirilmaganlik o‘rtasidagi balans; bir pog‘onadagi mene- jerlarni muvofiqlashtiruvchi tartib; adolat; mehr va tartib; perso- nal muqimligi; tashabbus.
Menejmentga ilmiy yondoshuvda yo‘l qo‘yilgan kamchilik- lar bo‘lgani bois insoniy munosabatlar maktabi vujudga keldi. (30—50-yy. XX asr). Bu maktabning asoschisi amerikalik psixolog E.Mayo (1880—1949-y.) bo‘lgan. Uni konsepsiyasining mazmuni shundan iborat: ish, ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun ishlab chiqarishda ijtimoiy va psixologik o‘rniga nisbatan kamroq ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqadiki barcha ishlab chiqarish va boshqaruv muammolari odamlar munosabatlari pozitsiyasidan ko‘rib chiqilishi lozim.
«Xulq-atvor ilm maktabining» faoliyati 50—60-yillarga to‘g‘ri keladi. Ushbu maktab o‘z nomini psixologik atamalar bixeyvia, bixeyviorizm (xulq-atvor) orqali topdi. Bu nazariya- ning mohiyati shundan iborat: menejment va ishchi o‘rtasidagi munosabat, ishlovchi ishlagani uchun mukofot olib va sama- radorli ish bilan javob qaytarish munosabatidir.
«Inson munosabatlari maktabi»ning asoschisi E. Mayo ishchilar guruhini — ijtimoiy tizimi deb aniqladi, ular o‘zining nazorat tizimiga ega. Bunday tizimga ta’sir qilib, mehnat nati- jalarini yaxshilasa bo‘ladi.
40—60-yillarda «Inson munosabatlari maktabi»ga bixeyvio- ristlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ular bir qator dalillar nazariyasini ishlab chiqdilar. Ulardan biri A. Maslouning iye- rarxik iste’mol nazariyasi hisoblanadi.
U quyidagi shaxsiy iste’mol tasnifini tavsiya qildi:
1.Fiziologik.
2.Mavjudlik xavfsizligi.
3.Ijtimoiy (kollektivga tegishli, muloqot, o‘ziga e’tibor, boshqalar to‘g‘risida qayg‘urish va boshqalar).
4.Prestij (obro‘, xizmat statusi, izzat-hurmat).
5.O‘z fikrini bildirish, maqsadlarga erishish va shaxsiy o‘sishda o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish.

A.Maslouning iste’mollarga bergan bahosi asosida ishchi- larning ishlab chiqarish faoliyatini qondirish mumkin. Shu mak- tabning faol vakillaridan biri amerikalik olim D. Makgregorni (1906—1964) aytib o‘tishimiz lozim. Uning ta’limoti «Inson munosabatlari» maktabida mashhur. Uning nazariyasi (X va Y) asosida ishchilarning quyidagi tasniflari yotadi:


X nazariyasi — o‘rtacha shaxs befahm ishdan qochadi, shuning uchun uni doimo majburlab, nazorat qilib va yo‘naltirib turish kerak. Bunday toifadagi odamlar rag‘batlantirishni xohlaydilar, mas’uliyatdan qochadilar, o‘z xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘uradilar.
Y nazariyasi — tabiatan passiv odamlar emas. Ular tashki- lotdagi ish natijasida shunday bo‘lib qolganlar. Bunday toifada- gi odamlarda xuddi dam olish zarur bo‘lganidek o‘z jismoniy va aql mehnatini tabiiy sarflaydilar. Shunday odam nafaqat mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, balki unga intiladi. U nazo- ratga muhtoj emas, chunki u o‘zini nazorat qila oladi.
IV davr — axborot davri (1960-yildan hozirgi vaqtgacha (40—60-yillar). MENEJMENTNING SHAKLLANISHI TARIXI.
Boshqaruvning paydo bo’lishi, kelib chiqishi tarixini Yevropalik tadqiqotchilar ham, MDH tadqiqotchilari ham bir necha ming yilliklar bilan bog’lashadi. Boshqaruvning boshlanishi inson mehnati faoliyatini boshlanishi bilan tengdir degan olimlar ham katta guruhlarni tashkil qiladi.
Shuning uchun ham, menejmentning rivojlanishi – evolyutsion jarayon hisoblanadi. Dastlabki aqlli insonlar paydo bo’lganidan boshlab boshqaruv yuzaga kelganligini jahonning
mashhur olimlari mukammal tadqiqotlari natijasida isbotlashgan. Ibtidoiy odamlar jamiyatidagi oila yoki oilalar boshlig’i, dastlabki qabilalar va urug’larning “dohiylari”, keyinchalik “oqsoqollar kengashi” faoliyatlari boshqaruvning dastlabki kurtaklari hisoblanadi. Jamiyatda davlatlarning paydo bo’lishi bilan boshqarish muammolari birinchi o’ringa chiqdi. Birinchi yozuvning paydo bo’lishi bilan menejerlarning boshqaruv muammolari, ish hujjatlari, adabiyotlar haqidagi yozuvlari bizgacha yetib kelgan (papirus yozuvlari, toshtaxta yozuvlari). Qadimgi Gretsiyalik faylasuf Aflotun (miloddan oldingi 428-347 yillar) ko’plab asarlarida menejmentning masalalarini muhokama qilgan. Uning “Davlat”, “Siyosatdon”, “Qonunlar” kabi asarlari davlatni bashqarishga bag’ishlangan
bo’lib, hozirda ham qiziqib o’qiladi.
Jamiyat hayotining o’zgarishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va muhim rol o’ynagan menejmentdagi (boshqaruvdagi) vaqtni menejment tadqiqotchilarining birinchi guruhi 5 davrlarga, ikkinchi guruhi 5 bosqichlarga, uchinchi guruhi 6 ta boshqaruv
inqiloblariga (revolyutsiyalariga) ajratishadi. Boshqaruvda birinchi inqilob. Boshlanishi eramizdan 5 ming yil oldin qadimgi Shumerda ixtiro qilingan yozuvning yuzaga kelishi deb hisoblanadi.
Bu davrda savdo jarayonlaridagi xat almashunuvlar va savdodagi hisob-kitoblar insoniyat
hayotidagi dastlabki qohin14-biznesmenlar qatlamini yuzaga keltirdi. Bu sharoitlar albatta menejmentning yangi jarayonlari va qirralari yuzaga chiqishining zaruriy holatlardan edi. Boshqaruvdagi ikkinchi inqilob aholining turli-tuman ijtimoiy guruhlari o’rtasidagi munosabatlarni davlat tomonidan boshqarish haqida qonunlar majmuasini ishlab chiqqan va e’lon qilgan Vavilon podshohi Xammurapi (eramizdan oldingi 1792-1750 yy.) ning davlatni boshqarish faoliyatlari bilan bog’liq. Bu qonunlar asosida “oq suyaklar”ning boshqaruv usullari tashkil qilindi, ishning bajarilishi bo’yicha mas’uliyat, javobgarlik va nazorat kuchaytirildi. Shuning uchun ham tadqiqotchilar ba’zida bu davrni – ma’muriy – oq suyaklar boshqaruvi davri deb ham nomlashadi.
Boshqaruvdagi uchinchi inqilob ishlab chiqarish va qurilishning muvaffaqiyatlari boshqaruvga bog’liq ekanligi bilan bizga ma’lum. Bu boshqaruv ishlab chiqarish sohalari va
qurilishni nazorat qilish davlatning boshqaruv usullari bilan qo’shilgan va olib borilganligi bilan menejment tarixida alohida ajralib turadi. Bu davr Novuxodonosora II (eramizdan oldingi 605-562 yy.) ning davlat boshqaruvidan kelib chiqdi.
Boshqaruvdagi to’rtinchi inqilob. Yevropa sivilizatsiyasida sanoatlashgan taraqqiyotning boshlanishi va kapitalizmning paydo (tug’ilishi) bo’lishi – menejmentdagi
to’rtinchi davrning (XVII-XVIII) bosh omillari hisoblanadi. Uning natijasida-menejment
xususiylikdan (kapitaldan) va professional boshqaruvning tug’ilishidan ajralib chiqdi. Bu
sharoitlarning kelib chiqishi natijasida menejmentning tadqiqot faoliyatlari keskin ravishda kengayib ko’p tarmoqlarga aylandi.
Boshqaruvdagi beshinchi inqilob. Menejmentning tarixiy taraqqiyoti va shakllanishidagi beshinchi davr (XIX asrning oxirlari XX asrning boshlanishi) “byurokratik
menejment” nomi bilan yuritilishi ham ma’lum (byurokrat-to’ra) va nazariy asoslari – “tejamli byurokratlar” kontseptsiyasiga xizmat qiladi. Uning asosiy natijalari:
– yirik ieriarxik tarkiblarni shakllantirish;
-boshqaruv mehnatlarini ajratish;
– me’yorlar va standartlarni kiritish;
-boshqaruvchilarga majburiyat va mas’uliyatlarni belgilash.
Natijada boshqaruvga yondoshishda quyidagilar shakllandi:
– boshqaruv shakllari va usullari, nazariyalari,tamoyillari ko’rinishidagi bilimlarni tartiblashtirish tizimi – boshqaruv-fan-tizim;
-boshqaruv-san’at – aniq vaziyatlarda fan natijalarini, ma’lumotlarini qo’llashning samarali usullari;
– boshqaruv–funktsiya – kutiladigan natijalarni olish va ularni faollashtirish maqsadlari yuzasidan iqtisodiy ob’ektlar va odamlarga (xodimlarga) maqsadli axborotlar bilan ta’sir qilish;
– boshqaruv-jarayon – resurlarni “kirish”ida, mahsulotning “chiqish”ida qayta o’zgartirish uchun qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyatining yig’imlari;
– boshqaruv-apparat – hamkorlikdagi maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy tizimlardagi barcha resurslarni muvofiqlashtirish va foydalanishni ta’minlovchi odamlar va yig’ma tarkibni shakllantirish.
Boshqaruvdagi oltinchi inqilob. Boshqaruvga yangi qarashlar tizimi ilmiy adabiyotlarda oltinchi davr – «tinch boshqaruv inqilobi» nomi bilan ma’lum. Bunday nomlanishning tavsiflari bor. Bu davrdagi menejmentning rivojlanishi o’zigacha bo’lgan boshqaruv
tizimini, uning usullari va tizimlarini sindirmasdan yoki qo’llanilib kelinayotgan boshqaruvdan birdaniga voz kechmasdan ularni to’ldirib, takomillashib bordi. Endi menejmentda ko’proq egiluvchan va tezkor qarorlarni qabul qilishni talab qiluvchi
tizimlar rivojlana boshladi.
Bu tizimlar tadbirkorlik yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lib, deyarli kelgusida rivojlanish xususiyatlariga ega. Tashkilotlar tez-tez strategik rejalashtirish va boshqarish
usullariga murojaat qila boshladi. Chunki, tashqi muhitda, texnologiyalarda, bozorlardagi raqobatlarda, zamonaviy iqtisodiy hayotdagi realliklarning kutilmaganda va keskin
o’zgarishi boshqaruvda yangi usullarni talab qiluvchi yangi boshqaruv tizimlariga ehtiyojni keltirib chiqarmoqda edi.
Boshqaruvning markazlashtiruvdan chegaralanuvchi tarkiblari o’zgara boshladi. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolarni yuzaga keltirish va bu muammolarni yechish uchun
yangi qarorlar qabul qilishning zaruratini anglab yetdi. Resurslarni taqsimlashdagi qarorlarga, ularning xarajatlari bo’yicha qabul qilingan qarorlarga nisbatan jiddiy e’tibor
berila boshlandi. Boshqaruv yangi vaqt talablariga muvofiq yana takomillashish yo’lini davom ettirdi.
Demak-ki, menejment iqtisodiyotda ro’y beradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning butun tizimlarida tinimsiz o’zgaruvchanligi bilan xususiyatlanadi. Boshqaruvdagi
juda katta inqilobiy o’zgarishlarga qaramasdan, boshqaruvni rivojlantirish – bu asosan evolyutsion jarayon hisoblanadi.
Shuning uchun ham, boshqaruvning tashkil bo’lish yo’llari va boshqaruvning nazariyasi, amaliyotining rivojlanishi bosqichlari bilan shug’ullanuvchi ko’plab tadqiqotchilar bu evolyutsion jarayonda bir necha muhim tarixiy davrlarni ajratishgan.
I. Birinchi – qadimiy yoki tarixiy davr. Boshqaruvning hosil bo’lishi va rivojlanishidagi eng uzoq davr. Bu davr eramizdan oldingi 9-7 ming yilliklardan boshlanib, taxminan, eramizning XVIII asrining to ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu davrdagi boshqaruv insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzimidag faoliyatlaridan iborat deb hisoblashishadi. Bu jamoalar, to’dalar va qabilalarni barcha a’zolar yig’ini boshqargan.
Keyinchalik qabilalar tuzimidagi jamoani dohiylar, urug’ boshliqlari – tajribali qariyalar boshqarishgan va h.k. Eramizdan taxminan 9-7 ming yilliklar oldin yaqin Sharqda «ov» va «hosil yig’ish» kabi xo’jaliklar paydo bo’la boshladi. Aynan ana shu vaqtdan boshlab insoniyat jamoasida yuzaga kelgan dastlabki xo’jaliklarning yashab qolishi uchun
boshqarish zarurati kelib chiqdi va ibtidoiy jamoaning ishlab chiqaruvchi iqtisodga o’tishi boshqaruvda ma’lum bilimlarning hosil bo’lganligini bildiradi. Aynan ana shu vaqtdan boshlab menejment o’z rivojlanish evolyutsiyasini boshladi.
II. Ikkinchi – industrlashgan davr. Bu – sanoatlashgan kapitalizm davridir (1776-1890yy.). Bu davrda yuzaga kelib chiqqan va takomillashgan bozor iqtisodiyoti hayotga
tashkilotlarni boshqarish uchun bilimli, iqtidorli boshqaruvchilar kerak ekanligi ehtiyojini ko’ndalang qilib qo’ydi. O’zgaruvchan tashqi muhit va raqobat bilan to’qnashgan
boshqaruvchilar chegaralangan resurslar va odamlarning hamkorlikdagi mehnatlarini qanday qilib yaxshi darajalarda muvofiqlashtirish savollari bo’yicha o’z bilimlarini
oshirishga o’tdi.
III. Uchinchi – tizimlashgan davr. Boshqaruvning rivojlanishidagi bu davrini tadqiqotchilar menejmentning tizimlashgan davri deb atashadi (1856-1990 yy.). Boshqaruv haqida yuzaga kelgan fan bu davrda doimiy ravishda takomillasha boshladi. Menejmentning yangi yo’nalishlari, maktablari, kontseptsiyalari, oqimlari shakllandi, menejmentning ilmiy apparatlari o’zgardi va takomillashib bordi. Vaqt o’tishi bilan rahbarlar o’z maqsadlarini o’zgartirib, o’z atroflarida faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarning boshqaruv usullarini, ehtiyojlarini, raqobatchilarini, faoliyatlarini o’rgana boshladi. Ba’zi boshqaruvchilar boshqarish muammolarini o’rganishga, hatto o’tilgan vaqtlarda qaysi boshqaruv usullari samaraliroq bo’lganliklarigacha tahlil qilishga o’tda. Boshqalari boshqaruvda qandaydir tizimlashgan yondoshish usullarini izlay boshladi.
IV. To’rtinchi – zamonaviy boshqaruv davri. Menejment rivojlanishining zamonaviy davri XIX asrning oxiri XX asrning boshlanishiga to’g’ri keladi. Menejmentga barcha ishlab
chiqarish boshqaruvlariga ilmiy predmet nuqtai-nazaridan qarash davri boshlandi. Biznes-jarayonlar, shu jumladan, barcha texnologik jarayonlar va odamlarning mehnat jarayonlarida harakat qilishlari diqqat bilan, puxtalik bilan tahlil qilish odat tusiga kirib bordi. Bu kabi tahlillarning maqsadi-mehnat jarayonlarini ratsionallashtirish (ixchamlashtirish) yo’li bilan ishlab chiqarishni oshirish edi. XX asr boshlarida sanoatning shiddat bilan o’sishi ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha bajariladigan ishlarni faollashtirdi. Bu yo’nalishda Moskva imperatorlik texnik-hunar bilim yurti (hozirgi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti) – «hunarni o’rgatishdagi rus metodi»
dunyodagi birinchi ilmiy-amaliy tadqiqotlardan hisoblanadi. Bu o’quv-o’rgatuv jarayoni u yoki bu texnik jarayonlarni bajarish va konstruktsiyalashni eng ratsional ish muddatlarida amalga oshirishni tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat edi.
«Hunarni o’rgatishdagi rus metodi» Venada (1873 y.), Filadel`fiyada (1876 y.) va Parijda (1878 y.)gi xalqaro ko’rgazmalarda eng yuqori mukofotlarni olib, jahon miqyosida
tan olindi. «Rus tizimi» bo’yicha Vashingtonda, Chikagoda, Toledo, Baltimor va Filadel`fiyada qo’l mehnati maktablaritashkil qilindi. Tizim Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Shvetsiyada keng tarqaldi. Tizimning keyingi rivojlanishi natijasida bir butun – Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT) ruscha (NOT) yo’nalishi yaratildi. Ishlab chiqarish menejmentidagi bu muhim yo’nalishga Amerikalik F.U.Teylor (1856-1915), Rossiyalik A.K.Gostev (1882-1941) lar va boshqa tadqiqotchilar munosib hissa qo’shishdi.
Menejmentda Amerikalik sanoatchi va muhandis Genri Ford (1863-1947) jahonshumul inqiloblar yaratdi. U eng yuqori 34 malakalarga va ixtisoslashgan ishchilarga asoslangan ishlab chiqarish tizimini, texnologik jarayonlarni maksimal maydalashtirish, texnologik asbob-uskunalarni ratsional va qulay joylashtirish va ishchilarning ishlarni bajarishida
qattiq intizomiy ketma-ketlikka muvofiq faoliyat ko’rsatish tizimlarini yaratdi.
Genri Ford boshqaruv amaliyotida birinchi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish shaklini oldin umuman qo’llanilmagan – uzluksiz, ketma-ketlik-konveyr (usulini) qatorlarini (potochnaya liniya) kashf qildi. 1913–yilda birinchi marotaba qo’llanilgan konveyr usuli katta hajmdagi mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitlarida o’ta samarali ekanligini isbot qildi. Bu usullar va tizimlar avtomobillar ishlab chiqarish sikllari va ularni ishlab chiqarish
xarajatlarini keskin kamaytirdi. Bu davrga kelib menejmentning ma’muriy maktablari
ilmiy maktablar bilan tutasha boshladi. Menejmentga frantsiyalik olim va amaliyotchi Anri Fayol (1841-1925 yy.) menejment tamoyillariga asosan muhim hissa qo’shdi. U 1888 yilda Frantsiyaning bankrot yoqasida turgan yirik kompaniyalaridan birini boshqardi va qisqa
muddatlarda kompaniyani inqirozdan olib chiqib, samarali daromad keltiruvchi korxonaga aylantirdi. Bu yutuqga u menejment uchun o’zi yaratgan tamoyillarga asoslanib erishdi.
Anri Fayol` 1916 yilda menejmentning kun tartibiga boshqaruv intizomi masalasini qo’ydi va bu fanni o’quv yurtlarida o’qitish zarurligini isbotlab berdi. Shuning uchun ham, Anri Fayol menejment tarixida ilmiy boshqaruv maktabining mumtoz (klassik) asoschisi bo’lib qoldi.XX asrdagi davlat rahbarlarining (menejmentning lug’atiga binoan) faoliyatida ham menejmentning rivojiga katta hissa qo’shganlarini albatta keltirib o’tish zarur.
Ularning orasida iqtisodiy inqiroz, urushlardan keyingi vayronagarchiliklar va iqtisodiy tanazzuldan muvaffaqiyat bilan chiqishda mukammal davlat boshqaruvlarini tashkil
qilganlar ham anchagina. Buyuk Britaniyani juda ko’p yillar boshqargan Uinston
Cherchil (1874-1965 yy.)ning muvaffaqiyatli davlat boshqaruvini qisqacha, lekin juda katta
hajmli izoh qilishgan -«U Rossiyani omoch bilan qabul qildi va zamonaviy asbob-uskunali atom quroli bilan ta’minladi»
AQSH Prezidenti Franklin Delano Ruzvel`t (1882-1945yy.) to’rt marotaba prezidentlikga saylandi. U o’z mamlakati tarixida XX asrning 20-30 yillarida yuz bergan eng kuchli
iqtisodiy inqiroz – «buyuk turg’unlik» davridan AQShni muvaffaqiyat bilan chiqarib oldi. Buning uchun F.Ruzvel`t «bozor iqtisodiyoti sharoitlaridagi amerika tarixida»-
«zafarli davlat boshqaruvi» nomi bilan taqdirlangan edi.
XX asrning 30-50 yillaridagi menejmentning rivojlanishida inson munosabatlari maktabi muhim rol o’ynadi. Bu yo’nalishning eng taniqli vakillaridan biri Avstraliyalik El`ton Meyo (1880-1949) edi. Unga eng katta mashhurlikni Chikagodagi Western Electric Compani da o’tkazgan besh yillik ilmiy tadqiqotlarining natijalari keltirdi. Bu tadqiqotlar ishlab chiqarishda «inson omili»ni anglash va tushunishga, «norasmiy guruhlar»dagi ishchilarning
kibernetika-boshqaruv asosiga intilayotganligi natijalarini bergandi. Menejmentdagi bu dastlabki ilmiy xulosalar kelgusida boshqaruvga kibernetikaning kirib kelishiga asos
soldi.
Boshqaruv sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga 1948 yilda Amerikalik matematik Nobert Vinerning (1894-1964 yy.) «Kibernetika, yoki boshqaruv va hayvonlarda aloqa va
mashina» kitobi katta ta’sir ko’rsatdi. Ikki yildan keyin uning «Kibernetika va jamiyat» nomli ikkinchi kitobi nashrdan chiqdi.
Kalit so’zi – kibernetikaga asoslangan jarayonlarni tadqiq qilish, tizimli tahlil, matematik modellashtirish, optimal boshqaruv va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kuchli ilmiy
tadqiqotlar boshlandi. Bu tadqiqotlar boshqaruvdagi hozirgi zamonaviy fanlarda ham o’zining o’rniga ega. Rossiyada akademik,admiral-muhandis Aksel` Ivanovich Berg(1893-1979 yy.)ning 1950 yillardan umrining oxirigacha boshqaruv bo’yicha «Kibernetika» muammolariga bag’ishlangan va olgan natijalari dunyoda tan olindi. XX asrning 50 yillari oxirida inson munosabatlari maktabi «axloqiy» fanlar maktabiga o’tdi. Bu yo’nalishning
yorqin iste’dodlari – amerikalik ijtimoiy ruhshunoslar Rensis Laykert (1903-1981yy.), Duglas Mak Gregor (1906-1964 yy.) va Abraxim Maslou (1908-1970 yy.) lar edi. Ularning
xulosalari bo’yicha, firmani samarali boshqarishda har bir ishchiga rag’batlantirish yo’llari bilan ta’sir qilishni oshirish lozim. Bu maktab vakillarining ishlari natijasida menejmentning mustaqil yo’nalishi yoki bo’limi – personalni boshqarish kelib chiqdi.
Bu maktabning asoschilari nomi bilan bog’liq bo’lgan «Maslouning ehtiyojlar piramidasi» o’sha davr uchun juda mashhur edi. Bu piramidaning tavsiyalari bo’yicha insonning
quyidagi ehtiyojlari qondirilishi kerak:
– fiziologik ehtiyojlari;
– xavfsizlik ehtiyojlari;
– ijtimoiy ehtiyojlari;
– hurmattalab ehtiyojlari;
– o’zini namoyish etish, ehtiyojlari;
Bu maktab namoyandalarining xulosalari bo’yicha insonlar faqatgina pul uchun mehnat qilmaydilar, ularni ishlatish uchun moddiy rahbatlantirish asos ham, davo ham emas, shuning uchun faqatgina bunday tadbirlar hamisha ham ishlarning samaradorligini oshiravermaydi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda menejmentga asosan uch nuqtai-nazardan qaralmoqda:
1.Professional faoliyat yo’nalishi sifatida-uni bajaruvchi odamlar, ijtimoiy va vazifaviy holatlari ko’rsatiladi;
2. Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi sifatida. Menejment fan sifatida uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– boshqaruvning maqsadi va vazifalarini belgilash;
– maqsad va vazifalarga erishish bo’yicha aniq tadbirlar va usullarni ishlab chiqish;
– jarayonlarning turlari bo’yicha vazifalarni ajratish,
ishlarni taqsimlash, tashkilot ichidagi turli bo’limlarning o’zaro hamkorligini muvofiqlashtirish, rasmiy ierarxik tarkibni takomillashtirish, qarorlar va
kommunikatsiyalarni qabul qilishni optimallashtirish, shuningdek, faoliyatdagi
motivatsiyalar, tashkillashtirish madaniyati, boshqaruv stilining samaradorliklarini izlash.
3. O’quv fani sifatida. Menejment ilmiy fan sifatida o’z maqsadini belgilashda har qanday tashkilotlarga yaroqli bo’lgan boshqaruvning umumiy tamoyillarini shakllantiradi. Menejmentning rivojlanish tarixi va nazariyasi asoslari

Download 75.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling