Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |