1. Metrologiya, yunoncha: "metron"


Download 15.34 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi15.34 Kb.
#1465737
Bog'liq
Aslbek krossvord savollari


1. Metrologiya, yunoncha: "metron" - miqdor va "logos" ya'ni o'rganish so'zlaridan tashkil topgan.
2. Respublikamizda hozirgi kunda QAYSI "O'zstandart" Agentligi standartlash, metrologiya va sertifikatlash yo'nalishida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
3. Yuqoridagi mulohazalar asosida o'lchashlarda yuz beradigan xatoliklarni quyidagi sinflarga bo'lib qarash qabul qilingan: 1) doimiy takrorlanadigan xatoliklar; 2) to'satdan yuz beruvchi xatoliklar; 3) qanday qo'pol xatoliklar.
4. Mezon … deb, o'lchov vositasi hisoblangan, fizik kattaliklar birliklarining alohida, maxsus sharoitlarda saqlanib va kerak bo'lgan vaqtda boshqa ishlar (o'lchov birliklari, mahsulotlar, namunalar ulardan ishchi o'lchov vositalariga o'tish) uchun solishtirish qobiliyatiga ega bo'lgan kattaliklarga aytiladi.
5. qanday Mezon-nusxa birliklarni asrash va uning o'lchamlarini ishchi mezonlarga o'tkazish uchun xizmat qiladi.
6. qanday Guvoh-mezon Davlat mezonlari yo'qolganda yoki ishdan chiqqan vaqtda ularni boshqasiga almashtirish va mezonlarni asrash uchun mo'ljallangan.
7. qanday Namunaviy o'lchov vositalari miqdorlar, o'lchov asboblari yoki o'zgartirkichlar bo'lib, ular orqali boshqa, belgilangan tartibda qabul qilingan o'lchov asboblarini tekshiruv va "graduirovka"sini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
8. Fizik kattaliklarni o'lchash ikkiga bo'linadi: texnik va laboratoriya usulidagi o'lchash
9. qaysi Kontaktli o'lchash usuli tekshirilayotgan obyekt yuzasi bilan tekshiruv asbobi bevosita kontaktda bo'lishiga asoslangan.
10. qaysi Kontaktsiz o'lchash usuli tekshirilayotgan obyekt yuzasi tekshiruv asbobi bilan bevosita mexanikaviy kontaktda bolmay amal bajarilishiga asoslangan va fotografik, pnevmatik kabi usullarga tayanadi.
11. qaysi Differensial usul, qismlar bo'ylab (masalan, murakkab sanaluvchi bolt qaralganda, uning to'liq o'lcham tavsifini olish uchun: diametrni, qadamni, rezbaning profilini va h.k.) o'lchash ishlarini bajarishga va oxirida natijalar summasiga qarab fikr yurgizishga asoslangan.
12. qaysi Kompleks usul, qismlar bo'ylab o'lchash ishlarini olib borishda mahsulotdan foydalanishlik ko'rsatkichlarga qarab, qismlar orasidagi uzviy bog'liqlikka asoslanadi.
13. O'lchov natijasiga ta'sir ko'rsatuvchi, ammo o'lchov vositasi yordamida aniqlab bo'lmaydigan kattalikka ta'sir etuvchi qanday fizik kattalik deyiladi.
14. qanday namunaviy o'lchov vositalari - o'lchov majmuasi (yoki yakka o'lchov vositasi) bo'lib, asosan boshqa o'lchov vositalarini tekshirish (nazorat qilish) uchun xizmat qilishi maqsadida tasdiqlangan vositalarni tushiniladi
15. qanday ishchi o'lchov vositalari - faqatgina ish jarayonida o'lchash amallarini bajarishga mo'ljallangan bo'lib, o'lchov birligini kuzatishga tatbiq etilmaydi.
16. haroratni o'lchash uchun - termometr va pirometrlar … ishlatiladi.
17. gazning tarkibini o'lchash uchun – gazoanalizatorlar ishlatiladi
18. bosimni o'lchash uchun - manometrlar, vaakuummetr va barometrlar ishlatiladi
19. gazning quyuqligini o'lchash uchun - o'lchagichlar ishlatiladi
20. Ushbu holatlarda asbob ko'rsatgan (bir o'lchanadigan kattalikni va o'zgarmagan tashqi muhit holatini saqlagan holda) eng katta farq uning ko'rsatish "variatsiyasi" …deyiladi.
Download 15.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling