Microsoft OneNote (avvalgi nomi ilgari Microsoft Office OneNote) - tezkor qaydnomalarni yaratish hamda shaxsiy maʼlumotlarni tashkillashtirish dasturi, qaydlarni ierarxik shaklda tashkillashtirish imkonini beradi. Microsoft Office paketiga kiritilgan. 2014-yil 17-martdan bepul boʻldi, uni Microsoft veb-saytidan alohida yuklab olish mumkin. OneNote dasturining ish maydoni boʻsh varaq boʻlib, istalgan joyda matn va klaviaturadan eslatmalar, chizmalar va ovozli sharhlarni yozib kiritishingiz mumkin. Shuningdek, OneNote ilovasiga maʼlumotlarni brauzer oynasidan sudrab olish yoʻli bilan qoʻshishingiz mumkin. Ushbu dasturda "Saqlash" belgisi yoʻq boʻlganligi sababli, kiritilgan maʼlumotlar avtomatik ravishda saqlanadi. Microsoft OneNote birinchi marta 2003-yil oktabr oyida Microsoft Office System 2003paketining bir qismi sifatida taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |