u-konveyer) ixtiyoriy komandalarni bajara olgan. Ikkinchi konveyer (v-konveyer) faqat butun sonli oddiy komandalarni, shuningdek suzib yuruvchi nuqtali bitta oddiy komanda (FXCh)ni bajara olgan.
Komandalarni chaqiruvchi umumiy boʻlimga ega besh bosqichdan iborat ikkitalik konveyer Komandalar jufti parallel bajara olinishi uchun bir-biriga mos yoki mos emasligini aniqlovchi murakkab qoidalar mavjud. Agar juftlikka kiruvchi komandalar murakkab boʻlgan yoki bir-biriga mos kelmagan boʻlsa, ulardan faqat bittasi (u-konveyerdagisi) bajarilgan. Qolgan ikkinchi komanda keyingi komanda bilan juftlikni tashkil qilgan. Komandalar har doim tartib boʻyicha bajarilgan. Shu tariqa, Pentium bir-biriga mos boʻlgan komandalarni juftlikka birlashtirgan va avvalgi versiyalarga qaraganda tezroq bajariladigan dasturlarni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan alohida kompilyatorlarga ega boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |