1 Milliy g’oya targ’bot texnologiyasining mazmun mohiyati nimalardan iborat?
Download 14.33 Kb.
|
Document (1)
1-topshiriq 1 Milliy g’oya targ’bot texnologiyasining mazmun mohiyati nimalardan iborat? 2 Qanday pedagogic texnologiyalarn bilasiz? 1 Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular jamiyat ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy mafkuraviy sohalarida shakllangan turli xil tushunchalardir. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarida quyidagi tushunchalarni hisobga olish zarur, ular turli halqlar va jamiyatlar hayotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning mazmun-mohiyatini targ‘ibot texnologiyalarini amalga oshirishda xolisona hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ular: birinchidan, turli jamiyatlar xalqlar hayoti milliy madaniy qadriyatlari, maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil ma’no-mazmunga ega umumiy tushunchalar “g‘oya”, “mafkura”, “milliy g‘oyalar”, “umumbashariy g‘oyalar”, “texnologiya”, “targ‘ibot-tashviqot”, “targ‘ibotchi”, “targ‘ibot texnologiyalari”; Ikkinchidan, turli jamiyatlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti va faoliyati bilan bog‘liq maqsad va intilishlarni ifoda etadigan turli xil siyosiy mafkuralari ko‘rinishlar bilan bog‘liq tushunchalar. Uchinchidan, O‘zbekiston jamiyati va xalqining xayoti, uning tarixi milliy-madaniy merosi va qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, uni o‘zida aks ettiradigan va unga xizmat qiladigan: “milliy istiqlol g‘oyasi”, “milliy istiqlol mafkurasi”, “Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari”, “Milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi”, “Milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti asoslari va yo‘nalishlari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti vositalari” va boshqa tushunchalardir. 2 “Texnologiya” yunoncha, techne- mahorat, san’at; logos-ta’limot ma’nosini bildiradi. U keng ma’noga ega, masalan, ishlab chiqarishning biror sohasiga ishlov berish, qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar majmuini anglatadi. Uni milliy g‘oya targ‘ibotiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. SHu nuqtai nazardan yondashganda, uni milliy g‘oya targ‘ibotini tashkil etish mahorati, san’atida qo‘llaniladigan usullar majmui sifatida talqin etish mumkin. Demak, “milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari” tushunchasi o‘ziga xos mazmun va xususiyatlarga ega. U ishlab chiqarish sohasida 13 qo‘llaniladigan “texnologiya” tushunchasidan farq qiladi. U insonlar ongi va tafakkuriga yo‘naltirilgan o‘ziga xos xususiyatga ega. Buni milliy g‘oya targ‘ibotida alohida hisobga olish zarur. “Targ‘ibot” tushunchasi arabcha “targ‘ib” so‘zidan olingan bo‘lib, xoxishni, qiziqishni kuchaytirish, rag‘batlantirish ma’nolarini anglatadi. Bu, biror g‘oya, ta’limotni yoyishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini bildiradi. “Targ‘ibotchi” – targ‘ibot ishlarini olib boruvchi shaxsni, “targ‘ibotchilik” esa targ‘ibot olib borishni, targ‘ibot ishini anglatadi6. Milliy g‘oya va milliy istiqlol g‘oyasi keng, murakkab serqirradir. Bu Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning ma’no- mazmunini teran anglab olishga xizmat qiladi. Bu g‘oya xalqni-xalq, millatni- millat etadigan, uning sha’nu sharafi, ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda mutassil rivojlanib boruvchi qarashlar tizimidir. Ko‘rinib turibdiki, milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini o‘rganishni taqazo etadigan umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Bu inson va jamiyat hayotini rivojlanishining muayyan g‘oya bilan o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Jamiyatni rivojlanishi ana shu g‘oyaning ko‘rinishiga, maqsad va vazifalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda g‘oyalar xilma-xilligini, ezgu, bunyodkor, vayronkor va tajavvuzkor g‘oyalar mavjudligini, ularni jamiyat taraqqiyotiga har xil ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish lozim. Milliy g‘oya – bunyodkor g‘oyadir. Jamiyat mafkurasiz va maqsadsiz yashay olmaydi. Savollarni echishda talabalarda tinglash, muloqot olib borish, turli fikrlarni taqqoslash, o‘zgalar fikriga befarq qaramaslik kabi odatlar shakllana boradi. Masalani echish va hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyati rivojlanadi, munozara yuritish, echimlarni to‘g‘ri topish madaniyati o‘zlashtiriladi. Baxs-munozara jarayonida quyidagilarga: bahs madaniyatiga; har bir fikrni hurmat qilishga; fikrlarni asoslash va dalillashga; fikrdagi mushtarak maqsadlarni ko‘ra bilish va uni e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Download 14.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling