3.Vatantuygusidegandanimanitushunasiz?
Vatanimiz erishayotgan natijalarni boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan, o‘zaro suhbatlarda "Prezidentimiz to‘g‘ri qilyapti”, “Adolatli ish bo‘lyapti”, “Shunday bo‘lishi kerak edi” qabilidagi iboralarni tez-tez aytadigan bo‘ldi.Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlash dasturlarini tuzishda real resurslar, aniq omillarga asoslanilmoqda. Real iqtisodiyotni tarkib toptirish, pul-moliya munosabatlarining samarali tizimini yaratish, iqtisodiy hisobotlarda haqqoniylikka asoslangan yondashuv qaror toptirilmoqda.Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimi, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini yechish, hamkorlik va real ko‘mak taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.Sohalarni rivojlantirishda ma'rifat omiliga tayanish tendentsiyasi amal qila boshladi.Bank ma'rifati, fermer ma'rifati, tadbirkor ma'rifati kabi iboralar taomilga kiritildi. Qishloqni rivojlantirish, uni industrlashtirish va har bir hududda xizmat sohalarini tashkil etish siyosati keng ko‘lamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Odamlarda hayotini o‘zi farovon qila olishga rag'bat, jamiyat va Vatan istiqboliga ishonch, o‘z iqbolini Vatan ravnaqi bilan bog'lash harakati yanada kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |