1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi


Download 25.57 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi25.57 Kb.
#227605
Bog'liq
Абдурасулов О.


Kirish

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki iste’molchilarga toza ichimlik suvini etkazib berish aholiga ko‘rsatilayotgan hayotiy muxim xizmatlardan biridir.

Buni e’tiborga olgan holda keyingi yillar davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek,


1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.

Natijada, respublikamiz aholisining 67 foizi ichimlik suvi bilan markazlashtirilgan manbalardan ta’minlanmoqda, jumladan, shaharlarda 72,4 foizni (Toshkent shahrisiz) va qishloqlarda 61,5% foizni tashkil etadi. Aholimizning 24 foizi ichimlik suvi bilan muqobil (alternativ) manbalardan, 9 foizi esa tashib keltirilish bilan ta’minlanmoqda.



Respublikada aholini ichimlik suvi bilan 35% er usti hamda 65% er osti suvlari manbalaridan ta’minlanmoqda.

Tumanlar va aholi punktlari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 – 2021 yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan 10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilgan.

Mazkur Dasturni moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlaridan
2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi belgilangan. 

Baхmal, Gʻallorol, Sharof Rashidov, Paхtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari va Jizzaх shahrida «Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzaх viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaхshilash» loyihasi amalga oshirila boshlaydi. U 2018–2020 yillarga moʻljallangan. Zarafshondagi suv yetarli va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun foydalanishga yaroqli deb topilgan.  

Suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv olish inshootidan suv tozalash stansiyasigacha suv quvuri (16 km), tozalash inshootlari uchun magistral suv quvuri (20 km), «Jizzaх» suvini taqsimlash uzeli, magistral va tortib keluvchi suv quvurlari (146 km) barpo etiladi.   

Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzaх viloyatini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaхshilash uchun Davlat budjetidan 160 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan.

Zarafshon daryosining uzunligi 877 km, havzasining mayd. 41860 km², shundan togʻli qismi 17710 km², qolgani togʻ oldi qirlari va tekislikka toʻgʻri keladi.

Zarafshon daryosi Rabotxoja toʻgʻoni yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi chegarasiga kiradi va Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib oʻtadi. Qorakoʻl sh.dan 3 km yuqorida qurilgan toʻgʻon — suv taqsimlagichda 3. suvi kanallarga boʻlib yuborilgan. Toʻgʻondan quyida daryo oʻzani yana ikki tarmoqqa ajraladi: chapdagisi (kattarogʻi) — Toyqir, oʻngdagisi esa Saribozor deb ataladi. Har ikki tarmoqning yuqori qismi sugʻorish kanali sifatida xizmat qiladi. Sugʻorishdan ortgan va qaytarma suvlar Toyqir oʻzani orqali Dengizkoʻlga quyiladi. Zarafshon muzlik, doimiy qor, mavsumiy qor qoplami va buloq suvlaridan toʻyinadi. 3. havzasining togʻli qismida 80 ga yaqin koʻl bor.

Adabiyotlar

  • Гулямов Я. Г., Исламов У., Аскаров А., Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана, Т. 1966;

  • Shul s V. L., M ashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969;

  • Muhammadjon ov A. R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi, T., 1972;

  • Chembarisov E. I., Bahriddinov B. O., Oʻrta Osiyoning daryo va zovur suvlari gidroximiyasi, T., 1983;

  • Hasanov H. H., Geografik nomlar siri, T., 1985;

  • Rasulov A. R., Hikmatov F. H., Oʻzbekistonning suv resurelari, ularni tejash va muhofaza qilish yoʻllari, T., 1989.



https://mjko.uz/

https://www.norma.uz/


Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling