1. Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi
Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat
Download 160.37 Kb.
|
Iqtisodiy xavfsizlik kurs ishiKarimovtayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi
1. Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni bajaradilar. Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni ishlab chiqarish, harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlik - bu iqtisodiyotning shunday holatidirki, bunda uning barqaror o'sishi, ijtimoiy ehtiyojlarining maqbul darajada qanoatlantirilishi, boshqaruvning yuksak sifati, iqtisodiy manfaatlarni milliy va xalqaro darajada himoyalash ta'minlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida iqtisodiy xavfsizlik ning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda iqtisodiy xavfsizlik ni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi. “Mintaqa” tushunchasi jahon yoki mamlakat hududining bir qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Mintaqa jahon territoriyasining bir qismi sifatida, o‘z ichiga geografik, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, etnomadaniy, harbiya va boshqa mezonlar hamda yondashuvlar asosida bir necha mamlakatlarni oladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Yevropa, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy, Sharqiy Osiyo va boshqa mamlakatlar turkumi, mintaqalari mavjud. Bir alohida olingan mamlakat o‘z ichida viloyatlar, tuman va shaharlar geografik, iqtisodiy-siyosiy, etnomadaniy, ekologik, axborot va boshqa mezonlar bo‘yicha ma’muriy hududiy birlik sifatida uning mintaqalarini tashkil etadi. Mintaqa iqtisodiyotining shunday tuzilmalari mavjudki, ular har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotida, mustaqil xo‘jalik yuritishda alohida o‘rin tutadi va o‘zining tabiiy iqlim, geografik joylashuvi, tabiiy mineral va xom ashyo resurslarining zaxiralari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish salohiyati, tarmoqlari va sohalarining ham infratuzilmasi miqyosi, aholisining urf-odat va an’analari, mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy mehnat taqsimotidagi hissasi, aholi jon boshiga ishlab chiqargan hududiy yalpi mahsuloti kabilar bilan farqlanadi. Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 1. Mintaqadagi barcha resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat) foydalanib, ishlab chiqarishning jadalligi va mutanosibligini ta’minlash ham shu asosda uning samaradorligini oshirish. 2. Mintaqalarning istiqboldagi rivojlanish sur’atlarini aniqlash. Bunda mahalliy resurslardan to‘liq foydalanishga e’tibor berish. 3. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish. Buning uchun mintaqada ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmni yaratish, rejalashtirishni yanada demokratlashtirish lozim. Iqtisodiyotning globallashuvi jahon iqtisodiyoti subyektlari o‘zaro aloqalarining kuchayishi, iqtisodiy sanksiyalar (savdoda kamsitish, ekspansiya, embargo, qamal), huquqiy asosda xalqaro iqtisodiy xavfsizlik tizimini yaratish vazifalarini qo‘yadi. Bugun xalqaro javobgarlik taqiqlar, boshqa davlat huquqlarini buzish, o‘z huquqlarini suiiste’mol qilish, shuningdek majburiyatlarni bajarmaslikka taalluqlidir. Mamlakatning ichki holati resurs salohiyatidan foydalanish va xalqaro munosabatlardagi obro‘sini saqlashga bog‘liq. Mamlakat hayoti va faoliyatini bashoratlashning iqtisodiy asosini xo‘jalik maqsadlari va rejalari, moddiy xarajatlar va iqtisodiy faoliyat natijalari tashkil qiladi. Xavfsizlikning mohiyatini anglashda ijtimoiy-iqtisodiy yondashuv asosiy o‘rin tutadi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish hodisani obyektivlik va subyektivlik, moddiy va ma’naviy jihatlar dialektikasi,uning jamiyat ijtimoiy-madaniy makoniga taalluqligi nuqtai nazaridan tekshirishga imkon beradi.Xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni, aholining normal hayoti va faoliyatini, jumladan uning ish bilan bandligi, iqtisodiy jihatdan o‘sish imkoniyatini ta’minlovchi rivojlanish darajasida saqlashni bildiradi. Global (texnologik, moliyaviy, informatsion) tizimlarning jadal rivojlanishi barcha darajalarda migratsiya oqimlarining keskin ko‘payishi bilan kechadi. Ushbu hol inson resurslarini boshqarishning yangi vazifalarini qo‘yadi. Mamlakatlar, ularning guruhlari, alohida mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farq davlatlar ichida va o‘rtasidagi munosabatlarda ijtimoiy keskinlik bo‘lishini istisno etmaydi.Jahon taraqqiyotiga xalqaro munosabatlar tizimining jadal o‘zgarishi xosdir. Unda ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 1) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ekologik va axborot omillari asosida xalqaro jarayonlarni ko‘p tomonlama boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida ko‘plab davlatlar va ularning integratsiyaviy birlashmalari iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamlanishi; 2) xalqaro hamjamiyatda AQSH yetakchiligidagi rivojlangan mamlakat-larning ustunlik qilishiga asoslangan tuzilmasi yaratilishi; Xalqaro munosabatlarning rivojlanishi tabiiy, texnologik va axborot resurslaridan foydalanishda, iqtisodiy afzalliklarni ta’minlash, tovarlarni sotish va kapitalni kiritish bozorlari uchun kurash raqobat bilan kechmoqda. Iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi iqtisodiy jinoyatchilik kapitalni noqonuniy olib chiqish va «halollash», soliq va boj manipulyasiyalari, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ni qonunga xilof tarzda muomalaga chiqarish uchun sharoit yaratadi. Bugungi jinoiy vaziyat miqyosi bo‘yicha ham, davlatning faoliyat ko‘rsatishi va xavfsizligiga tahdid solish darajasi bo‘yicha ham sifat jihatdan yangicha hodisa. Bu korrupsiya, jinoiy qatlamlar va davlat apparatining birlashib ketishi, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va narkobiznesni o‘z ichiga oladigan hodisadir. Mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat mintaqaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi mintaqaviy iqtisodiy siyosat hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog’liqdir. Davlatning mintaqaviy iqtisodiyotga bevosita, to‘g’ridan- to‘g’ri aralashishi ma’muriy vositalardan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy (hududiy) takror ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari: Ma’muriy usullar Iqtisodiy usullar Boshqarish qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan aniq manzilli topshiriqlar berish Umumiy iqtisodiy qonunqoidalarga, tamoyillarga Tayanadi Boshqariladigan obyektlarga to‘g’ridan-to‘g’ri ta’sir ko‘rsatishda boshqarish organining manfaatini ustuvor ravishda ko‘zlash Boshqariladigan obyektlarga bilvosita ta’sir ko‘rsatiladi, turli mulkchilik shakllardagi korxonalarning iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi Qabul qilinadigan qarorlar uchun asosiy mas’uliyat boshqarish organi zimmasida bo‘lib, boshqariladigan obyektning huquqlari Cheklangan to‘liq mustaqillikka ega bo‘lishi, o‘z faoliyati va uning oqibatlari uchun yuqori mas’uliyatli bo‘lishi taqozo Etiladi Ma’muriy farmoyishlar, rejalar direktiv xarakterga ega, ularni bajarish majburiy hisoblanib,undan chetlanshga yo‘l qo‘yilmaydi Xo‘jalik subyektlarini o‘zining iqtisodiy manfaati nuqtai nazaridan va iqtisodiy riskni e’tiborga olgan holda muqobil qarorlar tayyorlash va oqilona yechimlar topishga undaydi Ma’muriy usullar o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham ko‘zda tutadi. Ma’muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq masalalarni hal qiladi. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi hamda milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanuvchi murakkab iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi Shu jihatdan ham milliy iqtisodiyotning mustaqilligi, barqarorligi, doimiy yangilanish va o‘zini takomillashtirib borishga intilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar va omillar majmui sifatida e’tirof etiladi. 2. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada ko‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish quyidagilarga yo‘naltiriladi: mamlakat va uning mintaqalarini xalqaro bozorlar bilan integratsiyalshuvini ta’minlash; Ta'lim sohasida Davlatning kuchsizligi Dеmokratik tamoyillar va institutlarning rivojlanmaganligi Qonunchilikning nomukammalligi Korrupsiyaning sabablari Faoliyat sohalarimintaqa va hududlar bo‘yicha oqilona joylashtirish, ularning o‘zaro aloqadorligi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini ta’minlash orqali mamlakat hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishgacha erishish; mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish; - mintaqalarda ishlab chiqarish sohalarining raqobatbardoshligini oshirish; - mintaqalar rivojlanishidagi farqlarni qisqartirish. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda territorial-tarmoq klasterlari muhim rol o‘ynaydi. Klasterlarda ba’zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni xom ashyolarni ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunga Asakadagi yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish tashkil etilganligi misol bo‘ladi. Klaster hudud manfaatini korxona manfaati bilan uyg’unlashtiradi. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasida ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Bu dasturlarni ishlab chiqishda o‘zaro aloqadorlik va davomiylik, resurslarni tejash, infratuzilmaviy ta’minot tamoyillariga asoslaniladi. Bunday dasturlarni ishlab chiqish va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish modellarini yaratishda SWOT tahlilidan foydalaniladi. Ushbu tahlil asosida mintaqaning, kuchsiz va kuchli tomonlari, imkoniyatlari, tahdid va xavf-xatarlar aniqlanadi. Mintaqani rivojlantirishning turli senariylari ishlab chiqiladi. Inertsion rivojlanish senariysida barcha tendensiyalar amalda saqlanadi. Eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish senariysida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar va ularning salohiyatini rivojlantirish hamda mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Mobilizatsion rivojlantirish senariysida ichki zahiralar, resurslar, iqtisodiy o‘sish omillari hisobga olinadi va rivojlantirish maqsadida foydalanishga yo‘natiriladi. Mutanosib o‘sish senariysida eksportga yo‘naltirilgan va ichki resurslarni mobilizatsiya qilish variantlari sintez qilinadi, ya’ni uyg’unlashtiriladi. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini prognozlashtirish va asoslashda mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalarini ham hal etish ko‘zda tutiladi. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi mintaqaning o‘zini o‘zi tashkillashtiruvchi, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi va oqilona boshqariladigan ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy va territorial-ma’muriy birlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Download 160.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling