1. Mirtemir she'riyati. Zulfiya she'riyati


Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham


Download 7.54 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi7.54 Kb.
#1417998
1   2   3
Bog'liq
1. Mirtemir she\'riyati. Zulfiya she\'riyati-fayllar.org

Kerakmas shaddod ham sensiz, daqiq ham,

Hayot ham men uchun sensiz bema’ni,

Sensiz o’tmasin-da hatto daqiqam.

Roziman, rizoman, o’la-o’lguncha

Xalqim deb o’ldim.

Xalqim nima bo’lsa, men o’sha bo’ldim,

Yuragim, bo’g’ilma, o’rtanma buncha!

O’zimga xiyonat qildimu aksar,

Xalqimga xiyonat o’ylagani yo’q.

Mening yuragimni teshib o’tdilar

Xalqimga otilgan talay-talay o’q.

Qancha yo’llar bosdim, gohida toldim,

Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.

Faryod solar chog’da jim bo’la oldim,

Xalqim dardi edi dil o’rtagan dard.

Xalqim etagida yetdim voyaga,

Xalq bilan kuldim.

Bardoshim so’z bermas, deyman, qoyaga…

Roziman, o’lguncha xalqim deb o’ldim.



Zulfiya Mo‘minova 15 iyul kuni Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. O‘zining tarjimai xolida yozishicha, Horatov tog‘ining yon bag‘rida joylashgan so‘lim qishlog‘i go‘zal tabiati bilan mahliyo qiladi. Bu yerda xalq ijodini juda yaxshi tushunadigan va ijro etib bera oladigan insonlar yashaydi. Bolaligimdan Mo‘min oqin bobom bir necha soatlab dostonlar kuylashlarini eshitardim. Yillar o‘tdi, ko‘p suvlar oqib ketdi, ammo xalq og‘zaki ijodi hanuz she’rlarimda jaranglaydi.

Ilk she’riy to‘plami “Vatan tashlab ketmaydi” 1988 yil chop etilgan. Shundan so‘ng, 1988 yil “Beshiklarni asragin”, 1993 yil “Yonayotgan ayol”, 1997 yil “Azizim, baxtiyorman” kabi she’riy to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ayniqsa, “Yonayotgan ayol” to‘plami kitobxonlarga manzur keldi.

2000 yil Zulfiya “Do‘stlik” sharafli ordeni bilan mukofotlanadi.

Ayol qalbi… Jamiki ko’ngillarni mehru muhabbatining tafti ila isita oladigan muhabbat quyoshi. Uning go’zal sifatlari ham shu qadar serobki, ularning barchasini sanab sanog’iga yetib bo’lmasa kerak.



Ayolning qalb boyliklaridan birinchi navbatda fidoiylikka diqqatni qaratgan bo’lardim. Aslida, bu fazilat – ayol ko’nglining nafaqat boyligi, balki uning ustunidir. E’tibor bersangiz, ayol umri davomida o’zgalarning tashvishlari bilan ovora yashaydi, yon-atrofdagilariga g’amxo’rlik qiladi-yu, o’zini o’ylamaydi. Oilasi, farzandlari deb yashaydi. O’z manfaatlarini o’zgalarnikidan ustun qo’yishni xayoliga ham keltirmasa kerak.


Download 7.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling