1. Missionerlik tushunchasi mazmun-mohiyati Prozelitizm tushunchasi mazmun-mohiyati
Download 214.78 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu ma\'ruza
6-mavzu Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ‘ibot usullari 1. Missionerlik tushunchasi mazmun-mohiyati 2. Prozelitizm tushunchasi mazmun-mohiyati Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va do‘stlik g‘oyalariga asoslanadigan, ularni targ‘ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar hamkor va hamjihat yashab kelgan. Xususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon mavjud bo‘lib kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagoglar faoliyat ko‘rsatgani, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida kelishmovchilik va mojarolar bo‘lmagani buning tasdig‘idir. Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, fuqarolarimiz o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. Diniy tashkilotlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Missionerlik – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish, demakdir. Missionerlik asosan, xristianlikka xos bo‘lib, bu harakat xristianlik Vizantiya imperiyasida davlat dini sifatida e’lon qilinganidan e’tiboran olib boriladi. Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi prozelitizmdir. Prozelitizm — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o‘z dinidan voz kechtirib, o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat. Missionerlar mustaqilligimizning ilk yillari demokratiya niqobi ostida, rasmiy tashkilot sifatida joylarda o‘nlab ibodatxonalarini qurib, yurtimizni kelgusida har jihatdan notinch qilishga qaratilgan qora ishlarini boshlashdi. Shukrki, ularning bu faoliyatlari tez orada barham topdi. Albatta, bu harakatlar mablag‘siz, siyosiy quvvatlash va axborot ko‘magisiz amalga oshmaydi. Yirik missionerlik tashkilotlari va manfaatdor geosiyosiy doiralar bu harakat uchun katta pul tikishdi. Chunki ularning ko‘zlagan natijalari sarf-xarajatlarini tez orada bir necha o‘n, yuz, hatto ming barobar qoplab olish edi. Missionerlar makkorona uslublardan foydalanib, asosan yashirincha ish olib borishdi. Ular diyorimizga til, kompyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yoki xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilotlar orasida kirib kelishdi. Ilmga chanqoq odamlar, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qilishga shoshdilar. Lekin o‘qish jarayonida ba’zi «o‘qituvchi»larning qiyofalari tezda ma’lum bo‘lib qoldi. Missionerlar qimmatbaho qog‘ozlarda, jozibali ko‘rinishda nashr etilgan kitoblarini, varaqa (buklet)larini bozorlar, kasalxona, sihatgoxlar va ayrim ishxonalarda tarqatishga harakat qilishdi. Afsuski, ba’zilar turli sabablar bilan ularning tuzog‘iga ilindi. Ularga bizni boshqa dinga kiritishdan ko‘ra Islomdan chiqarish muhimroq edi. Chunki da’vat qilayotgan «din» (sekta)lari botil ekanini, Islom bilan hech bir jihatdan bellasha olmasligini o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi. Missionerlar insonlar axloqini yaxshilash bilan shug‘ullanishmaydi. Aksincha, xulqni buzadigan ishlarni yoyishadi. Har xil o‘yinlar, «diskoteka»lar tashkil qilib, restoranlar ochib, «tungi ko‘ngilxushlik»lar uyushtirishadi. Ularning bundan ko‘zlagan maqsadlari nima? Asosiy masala ayni shu nuqtada mujassam. Bu yerda maqsad – g‘oya faqat siyosiydir! Buguncha shunchaki beg‘uborgina xarxasha yoki demokratiyaning oddiy bir taqozosi bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga mo‘ljallangan juda katta siyosiy nayranglari yotibdi. Bu nayranglar ortida qanday qora maqsadlar yashiringan? Ming yil naridan ajdodlari musulmon bo‘lib kelgan, bugungi avlodi ham butun hayoti davomida shu dinga e’tiqod qiladigan, urf-odati, ma’naviy tarixi bir xil xalqimizning yuragini parchalash, zaiflashtirish, parokanda qilish, turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik. Mamlakatni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda o‘zlariga muhtoj qilib qo‘yish. Oqibatda esa muhim geosiyosiy nuqtada joylashgan yurtimizning moddiy va ma’naviy imkoniyatlaridan erkin foydalanish. Mana ular ko‘zlagan maqsad! Asl maqsadlari ba’zi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda o‘zlariga ergashganlar sonini ko‘paytirib, kelajakda go‘yo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida buzg‘unchilik g‘alayonlarini chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. Bunga tarixdan misollar juda ko‘p, missionerlarning bunday «jonkuyarliklari, g‘amxo‘rliklari» ortiga «Inson huquqlarini himoya qilish», «Vijdon erkinligini ta’minlash» nomi ostiga berkitilgan hiylalari yashiringan. XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o‘ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqgisodiy vaziyatdan o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo‘qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko‘rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qullab-quvvatlash va muxtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o‘z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg‘otishga intilmokdalar. Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti taxlili xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g‘oyalari bilan sug‘orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikasiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog‘i orqali o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag‘larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o‘tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko‘rsatish bahonasida o‘z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmokdalar. Missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o‘z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo‘lidagi harakatlar batamom to‘xtadi, deb bo‘lmaydi. Xususan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iyegov guvohlari» diniy gashkiloti vakillari o‘z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom ettirishga urinmokdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo‘lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo‘riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o‘zbek tilida bosmadan chikdi va turli noqonuniy yo‘llar bilan respublkkamizga olib kirishga xarakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochikdan-ochiq o‘z dinlariga da’vat qilishga, go‘yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g‘oyani singdirishga harakat qilmoqdalar. Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqsa. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari — o‘qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ‘ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ‘ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo‘lgan fuqarolar ham kam bo‘lsada borligini qayd etish lozim. Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: bir qancha vaqt islom dinida yurib, keyin xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda, jasadlarini musulmon qabristoniga qo‘yish muammo tug‘dirmoqda. Sababi, mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaydilar. Musulmonlar esa, xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga dafn etilishini haqorat deb biladilar. Natijada kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Shunday ekan, xushyor bo‘lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo‘ladi, chunki «Vatan», «Millat», «Imon-e’tiqod» muqaddas tushunchalardir. Uni xech narsaga almashtirib bo‘lmaydi. Missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun taxdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo‘yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling