1. Missionerlik tushunchasi mazmun-mohiyati Prozelitizm tushunchasi mazmun-mohiyati


Download 214.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1399244
Bog'liq
6-mavzu ma\'ruza



6-mavzu Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ‘ibot usullari 
 
1. Missionerlik tushunchasi mazmun-mohiyati 
2. Prozelitizm tushunchasi mazmun-mohiyati 
 
Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va 
do‘stlik g‘oyalariga asoslanadigan, ularni targ‘ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar 
hamkor va hamjihat yashab kelgan. Xususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm 
kabi dinlar yonma-yon mavjud bo‘lib kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagoglar 
faoliyat ko‘rsatgani, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida 
kelishmovchilik va mojarolar bo‘lmagani buning tasdig‘idir. 
Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat 
ko‘rsatmoqda, fuqarolarimiz o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. 
Diniy tashkilotlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok 
etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda 
o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat 
bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. 
Missionerlik – biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish, 
demakdir. 
Missionerlik asosan, xristianlikka xos bo‘lib, bu harakat xristianlik Vizantiya imperiyasida 
davlat dini sifatida e’lon qilinganidan e’tiboran olib boriladi. 
Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi prozelitizmdir. Prozelitizm — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o‘z dinidan voz kechtirib, o‘zga dinni qabul qilishga 
majbur qilishdan iborat. 
Missionerlar mustaqilligimizning ilk yillari demokratiya niqobi ostida, rasmiy tashkilot 
sifatida joylarda o‘nlab ibodatxonalarini qurib, yurtimizni kelgusida har jihatdan notinch qilishga 
qaratilgan qora ishlarini boshlashdi. Shukrki, ularning bu faoliyatlari tez orada barham topdi. 
Albatta, bu harakatlar mablag‘siz, siyosiy quvvatlash va axborot ko‘magisiz amalga 
oshmaydi. Yirik missionerlik tashkilotlari va manfaatdor geosiyosiy doiralar bu harakat uchun 
katta pul tikishdi. Chunki ularning ko‘zlagan natijalari sarf-xarajatlarini tez orada bir necha o‘n, 
yuz, hatto ming barobar qoplab olish edi. 
Missionerlar makkorona uslublardan foydalanib, asosan yashirincha ish olib borishdi. Ular 
diyorimizga til, kompyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yoki 
xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilotlar orasida kirib kelishdi. Ilmga chanqoq 
odamlar, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qilishga shoshdilar. Lekin o‘qish jarayonida 
ba’zi «o‘qituvchi»larning qiyofalari tezda ma’lum bo‘lib qoldi. 
Missionerlar qimmatbaho qog‘ozlarda, jozibali ko‘rinishda nashr etilgan kitoblarini, varaqa 
(buklet)larini bozorlar, kasalxona, sihatgoxlar va ayrim ishxonalarda tarqatishga harakat qilishdi. 
Afsuski, ba’zilar turli sabablar bilan ularning tuzog‘iga ilindi. 
Ularga bizni boshqa dinga kiritishdan ko‘ra Islomdan chiqarish muhimroq edi. Chunki 
da’vat qilayotgan «din» (sekta)lari botil ekanini, Islom bilan hech bir jihatdan bellasha olmasligini 
o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi. 
Missionerlar insonlar axloqini yaxshilash bilan shug‘ullanishmaydi. Aksincha, xulqni 
buzadigan ishlarni yoyishadi. Har xil o‘yinlar, «diskoteka»lar tashkil qilib, restoranlar ochib, 
«tungi ko‘ngilxushlik»lar uyushtirishadi. 
Ularning bundan ko‘zlagan maqsadlari nima? Asosiy masala ayni shu nuqtada mujassam. 
Bu yerda maqsad – g‘oya faqat siyosiydir! Buguncha shunchaki beg‘uborgina xarxasha yoki 
demokratiyaning oddiy bir taqozosi bo‘lib ko‘rinayotgan harakatlarining tagida ertangi kunga 
mo‘ljallangan juda katta siyosiy nayranglari yotibdi. Bu nayranglar ortida qanday qora maqsadlar 
yashiringan? 
Ming yil naridan ajdodlari musulmon bo‘lib kelgan, bugungi avlodi ham butun hayoti 


davomida shu dinga e’tiqod qiladigan, urf-odati, ma’naviy tarixi bir xil xalqimizning yuragini 
parchalash, zaiflashtirish, parokanda qilish, turli-tuman siyosiy va iqtisodiy bosimlar bilan o‘z 
holimizcha yashashga yo‘l qo‘ymaslik. 
Mamlakatni doimiy nizo maydoniga aylantirib, uni hal qilishda o‘zlariga muhtoj qilib 
qo‘yish. Oqibatda esa muhim geosiyosiy nuqtada joylashgan yurtimizning moddiy va ma’naviy 
imkoniyatlaridan erkin foydalanish. Mana ular ko‘zlagan maqsad! 
Asl maqsadlari ba’zi hududlarga alohida ahamiyat berib, u yerlarda o‘zlariga ergashganlar 
sonini ko‘paytirib, kelajakda go‘yo ularning xohish-irodasi va kayfiyatlari sifatida buzg‘unchilik 
g‘alayonlarini chiqarish va oqibatda mamlakatni parchalab tashlash. Bunga tarixdan misollar juda 
ko‘p, missionerlarning bunday «jonkuyarliklari, g‘amxo‘rliklari» ortiga «Inson huquqlarini 
himoya qilish», «Vijdon erkinligini ta’minlash» nomi ostiga berkitilgan hiylalari yashiringan. 
XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o‘ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda Eng 
avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqgisodiy vaziyatdan o‘zlarining g‘arazli 
maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda 
boquvchisini yo‘qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko‘rsatish, aholining nochor 
qatlamlarini moddiy qullab-quvvatlash va muxtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy 
yordamni tashkil etish orqali o‘z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg‘otishga 
intilmokdalar. 
Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib 
borayotgan amaliyoti taxlili xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va 
videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g‘oyalari 
bilan sug‘orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor 
berilayotganini ko‘rsatadi. 
Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikasiya 
vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va 
mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog‘i orqali o‘z faoliyatlarini 
muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag‘larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga 
o‘tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan missionerlar 
va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta 
insonparvarlik yordami ko‘rsatish bahonasida o‘z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmokdalar. 
Missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o‘z harakatlarini tashkil 
qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy 
tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy 
adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo‘lidagi harakatlar batamom 
to‘xtadi, deb bo‘lmaydi. Xususan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iyegov 
guvohlari» diniy gashkiloti vakillari o‘z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom 
ettirishga urinmokdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy 
nashrlaridan biri bo‘lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo‘riqchi minorasi» nomi ostida ilk 
marta o‘zbek tilida bosmadan chikdi va turli noqonuniy yo‘llar bilan respublkkamizga olib 
kirishga xarakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochikdan-ochiq o‘z dinlariga da’vat 
qilishga, go‘yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g‘oyani 
singdirishga harakat qilmoqdalar. 
Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari 
hech bir dinga e’tiqod qilmagan og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, 
axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj 
kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga 
harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqsa. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari — 
o‘qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ‘ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini 
ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ‘ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo‘lgan 
fuqarolar ham kam bo‘lsada borligini qayd etish lozim. 
Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: bir qancha vaqt islom 


dinida yurib, keyin xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda, jasadlarini musulmon 
qabristoniga qo‘yish muammo tug‘dirmoqda. Sababi, mayitning musulmon ota-onalari o‘z 
farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaydilar. Musulmonlar esa, xristian dini vakili 
jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga dafn etilishini haqorat deb biladilar. Natijada 
kelishmovchiliklar kelib chiqadi. 
Shunday ekan, xushyor bo‘lishimiz, loqaydlikka berilmasligimiz kerak bo‘ladi, chunki 
«Vatan», «Millat», «Imon-e’tiqod» muqaddas tushunchalardir. Uni xech narsaga almashtirib 
bo‘lmaydi. Missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun taxdid ekanini 
chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo‘yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib 
borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. 

Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling