1. Mobil texnologiya haqida tushuncha
-Mobil ta’limda bulut texnologiyasi
Download 195.42 Kb.
|
1. Mobil texnologiya haqida tushuncha-fayllar.org
85-Mobil ta’limda bulut texnologiyasi. Bulut texnologiyasi foydalanuvchining axborot ustida bajariladigan barcha amallarni virtual olamda amalga oshirishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiya hisoblanadi. Bulut foydalanuvchiga ma’lumotlarini saqlash, axborot ustida mantiqiy hisoblash va virtual dasturlash imkoniyati kabi qulayliklarni yaratadi. Mobil bulutli ta’lim nisbatan yangi va yetakchi ilmiy tadqiqotlar va yangilikdir bo‘lib, bu atama ta’limning yangi imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ikkita asosiy tadqiqot sohalarining, ya’ni bulutli o‘rganish va mobil ta’limning yangi birlashuvini anglatadi. Birinchisi, bulutli kompyuterlarni ta’limga joriy etish, o‘rganish uchun maqsadga muvofiq bulut tarkibini, xizmatlari va dasturlarini yetkazib berish bo‘lsa, ikkinchisi aksincha, qurilmalarning aqlli kontekstli imkoniyatlaridan foydalangan holda mobil, planshet va noutbuk kabi ko‘chma qurilmalar orqali har qanday joyda kontekstni bilishga, o‘rganishga e’tibor beradi.[8]. Mobil bulutli o‘rganish, mobil ta’lim va bulutli hisoblashning kombinatsiyasi - bu nisbatan yangi kontseptsiya bo‘lib, kelajakda ta’lim sohasining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bulutli mobil ta’lim bo‘yicha yangi tadqiqot takliflari bir nechta muammolarni hal qilishda foydalanilishi mumkin. Bular fanlararo va axborotlarning integratsiyasi, bilimni baholash va tahlil qilish, xavfsizlik va maxfiylik kabi masofali va mabil ta’limning doimiy va dolzarb muammolaridir[9]. Mobil ta’limda bulut texnologiyasi asosida bilbimni baholash. Ta'lim tizimida bilim samaradorligini oshirish uchun mobil qurilmalardan foydalanish zamonaviy talab ekanligini har bir o‘qituvchi bilishi kerak va ushbu mavzular bo‘yicha mobil ilovalar, turli xil virtual laboratoriyalar va multimediya darsliklarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mobil ilovalarni ishlab chiqishda ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘rtasida turli xil so‘rovnomalar o‘tkazish va eng muhimi, mobil ilova yordamida tashkil etilgan darsda o‘quvchilar topshiriqlarni bajarishi va ularni baholashda o‘qituvchi ham faol bo‘lishi lozim[10]. Download 195.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling