1. Mobil texnologiya haqida tushuncha


Download 195.42 Kb.
bet6/26
Sana03.06.2024
Hajmi195.42 Kb.
#1841892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1. Mobil texnologiya haqida tushuncha-fayllar.org

Axborot almashish yoki ma'lumot almashish odamlar yoki boshqa shaxslar ma'lumotni boshqasidan boshqasiga o'tkazishini anglatadi. Bu elektron yoki ma'lum tizimlar orqali amalga oshirilishi mumkin.[1] Bu ikki yo'nalishli bo'lishi mumkin bo'lgan atamalar ma'lumot uzatish yilda telekommunikatsiya va Kompyuter fanlari yoki aloqa a dan ko'rinadi tizim-nazariy yoki axborot-nazariy nazar. "Axborot" sifatida, ushbu kontekstda doimo (elektronma'lumotlar kodlaydigan va ifodalaydigan[2] ma'lumotni kengroq davolash ostida topish mumkin ma'lumotlar almashinuvi.
Axborot almashish uzoq tarixga ega axborot texnologiyalari.[3] An'anaviy ma'lumot almashish jo'natuvchi va qabul qiluvchi o'rtasida ma'lumotlarning birma-bir almashinishini nazarda tutgan. Onlayn ma'lumot almashish korxonalarga onlayn almashish asosida bo'lajak strategiyalar uchun foydali ma'lumotlarni beradi.[4] Bular axborot almashinuvilar o'nlab ochiq va xususiy mulk orqali amalga oshiriladi protokollar, xabar va fayl formatlari. Elektron ma'lumotlar almashinuvi (EDI) bu 1970-yillarning oxirlarida boshlangan va hozirgi kunga qadar ishlatib kelinayotgan tijorat ma'lumotlar almashinuvini muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.[5]
Ba'zi tortishuvlar ma'lumot almashish bilan bog'liq qoidalarni muhokama qilishda yuzaga keladi.[6] Axborot almashish protokollarini standartlashtirish bo'yicha tashabbuslar kengaytiriladigan belgilash tilini o'z ichiga oladi (XML), oddiy ob'ektga kirish protokoli (SABUN) va veb-xizmatlarning tavsiflash tili (WSDL).
Kompyuter olimi nuqtai nazaridan to'rtta asosiy ma'lumot almashish dizayn naqshlari ma'lumot almashishmoqda bittadanbirdan ko'pgako'p-ko'pva bir-biriga. Ushbu to'rtta dizayn naqshlarini qondirish uchun texnologiyalar rivojlanib bormoqda bloglarvikilarjuda oddiy sindikatyorliqlashva suhbat.
Amerika Qo'shma Shtatlari hukumatining ushbu dizayn naqshlaridan birini (bittadan bittasini) amalga oshirishga urinishining bir misoli Milliy ma'lumot almashish modeli (NIEM).[7][8] Birma-bir almashinuv modellari ma'lumotlarni ekspluatatsiya qilish texnologiyasini to'liq amalga oshirish uchun zarur bo'lgan barcha dizayn namunalarini qo'llab-quvvatlamaydi.
Ilg'or ma'lumot almashish platformalari taqdim etadi boshqariladigan so'z boyliklarima'lumotlarni uyg'unlashtirishma'lumotlarni boshqarish tegishli ma'lumotlar uchun qoidalar va ko'rsatmalar, standartlar maxfiylikxavfsizlikva ma'lumotlar sifati.
17.Mobil texnologiyalarda axborot xavfsizligi.
Mobil texnologilar jamiyatning barcha sohalarini shiddat bilan qamrab olmoqda. Bugungi kunda mobil qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ularning xavfsizligiga yetarlicha e‟tibor qaratish- mayapti. Bu esa mobil qurilmalarda axborotni himoyalashda ishlab chiqaruvchilarga ham anchagina muammolarni keltirib chiqarmoqda. Smartfonlar tarmoqqa (Internet) kirish uchun turli xil kanallar (Bluetooth, SMS, Wi-Fi, NFC) orqali bog„lanadilar, bu kanallar ochiq va himoyalanmagan bo„lib, boshqa mobil qurilmalar bilan ham birgalikda aloqa qilish imkonini beradi. Shunday qilib, bitta zararlangan smartfon orqali boshqa mobil qurilmalarni zararlash uchun foydalanish mumkin. Shaxsiy kompyuterlar va noutbuklarga qaraganda mobil qurilmalarning apparat platformasi anchagina turli tuman bo„lib, OS ko„pincha ochiq kodli bo„ladi. Ko„pincha foydalanuvchilar mobil qurilmalaridagi ilovalarni bilibbilmay o„zlari yangilab turadilar, bu esa sistema xavfsizligining beqarorligiga olib keladi. Bundan tashqari planshetlarning ham xavsizlik bilan ta‟minlash algoritmi mukammal emas. Xavfsizlikni nazorat qilish, diskni butunlay shifrlash, tarmoqlararo ekran, tarmoqqa kirishni nazorat qilish, ayg„oqchi (shpion) va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalanish tizimlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko„pincha inobatga olinmagan. Mobil qurilmalarda turli aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, operatsion sistemalarning turli-tumanligi, shaxsiy va ishdagi ma‟lumotlarning aralashib ketganligi va doimo tarmoqda (Internet) bo„lishi kiber hujum uchun zamin yaratib beradi. Xodimlar tomonidan xizmat vazifasida ishlatadigan ko„pgina mobil qurilmalar o„zlarining shaxsiy mulki bo„lganligi sababli, texnik xizmat ko„rsatish va ish ustida bu qurilmalarni nazorat qilish imkoniyitini cheklab qo„yadi va qiyinlashtiradi. Axborot xavfsizligiga ko‘pdarajali yondoshuv. Mobil qurilmalarda oddiy shifrlash va eski xavfsizlik siyosatini qo„llash orqali axborot xavfsizligini kafolatlab bo„lmaydi. Mobil qurilmalarda samarali himoya strategiyasini yaratish uchun uning tarmoqlar, qurilmalar, ilovalar, back-endtizimlar darajasida xavfsizlikni ta‟minlash ustida ishlash zarur.
18.Mobil texnologiyalarda Elektron pochtada xavfsizlik
E-maildan xavfsiz foydalanish. Elektron pochta – Internetning eng qulay, eng kerakli va barcha Internet foydalanuvchilari ishlatadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Internetning boshqa har qanday xizmatidan foydalanish uchun, masalan, ijtimoiy tarmoqqa a‟zo bo„lish, onlayn savdoni amalga oshirish kabi faoliyatlar uchun, avvalo, elektron pochta manziliga ega bo„lishingiz kerak. Elektron pochta orqali keladigan xavf turlari. E-mail orqali keladigan tahdidlarni bir necha turga bo„lish mumkin: Spam – Elektron pochtangizga kelgan va siz olishni istamagan har qanday maktubni
“spam” deyish mumkin. Odatda, turli yo„llar bilan odamlarning elektron pochta manzillarini yig„gan guruhlar ulkan emaillar jamlanmasiga ommaviy maktublar yuborishadi. Spam shaklida kelgan maktublar zararsiz bo„lishi va ulardagi ma‟lumotlar faqat qaysidir mahsulotning oddiy reklamasi bo„lishi ham mumkin. Ammo siz bu kompaniya mahsuloti haqida reklama olishni istamagansiz va sizning rozili- gingizsiz email manzilingizni qayerdandir olishib, sizga bu ma‟lumotlarni yuborishayotganlari bois, bunday maktublar “spam” hisoblanadi. Unutmang, “spam” maktublarda shaxsiy ma‟lumotlarni o„g„irlashni maqsad qilgan dasturlar joylangan Phishing – Bunday tahdid turi email orqali keladigan eng katta xavflardan biri bo„lib, odamlarning shaxsiy ma‟lumotini o„g„irlashga qaratilgan bo„ladi.
“Phishing” maktublar sizga tanish bo„lgan tashkilot yoki muassasa nomidan yuborilgandek tasavvur uyg„otadi. Masalan, siz biror bank yoki moliyaviy tashkilot bilan ishlayotgan bo„lsangiz, sizga shu bank nomidan maktub yozib, shaxsiy bank ma‟lumotlaringizni so„rashlari yoki havola orqali saytlariga kirib qo„shimcha ma‟lumot berish yoki olishni iltimos qilishlari mumkin. Agar maktubdagi havolaga bossangiz, kompyuteringizga ma‟lumot o„g„irlovchi zararli dastur o„rnatilishi hech gap emas. Bunday maktublarning professional tarzda yozilishi, ularda haqiqiy tashkilotlarnning logo rasmlari va jismoniy manzillari qo„yilgani sizni aldab qo„ymasligi kerak.
Spoofing – Siz taniydigan kimdandir kelgan, lekin aslida u odam jo„natmagan maktublar “spoofing” deyiladi. Xakerlar yoki zararli dasturlar tanishingizning elektron manzili ustidan nazorat o„rnatib, uning nomidan sizga zararli maktublar jo„natayotgan bo„lishi mumkin. Yoki aksincha, sizning elektron manzilingiz zararli dasturlar ixtiyoriga o„tib, sizning nomingizdan boshqalarga shunday maktublar ketishi ham mumkin. Bu nafaqat elektron pochta orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi maktub yuborish yoki xabar chop etish xizmatlari orqali ham yuz berishi mumkin
19.Mobil qurilmalarni himoyalash yo‘llari.

Bugungi kunda yangi avlod vakillari Internetga borgan sari mobil qurilmalar orqali kirishga odatlanmoqda. Savdo qilish, bank xizmatlaridan foydalanish, ijtimoy tarmoqlarga kirish, do„stlar bilan muloqot qilish kabi faoliyatlarning barchasini hozir maxsus dastur-ilovalar yordamida smartfonlar yoki planshetlar orqali amalga oshirish mumkin. Sunday ekan, mobil qurilmalarni ham himoyalashga ehtiyoj borgan sari oshib bormoqda. Mobil qurilmalarni himoya qilish bo„yicha quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:  smartfon yoki planshetingiz ekranini doim parol bilan qulflashga odatlaning. Parolingiz murak- kab bo„lishiga diqqat qarating. Ishlatmayotgan paytingiz, qurilma ekrani avtomatik qulflanadigan bo„lsin;  smartfoningizni yoki planshetingizni begonalarga bermang;  mobil qurilmalardagi ma‟lumotlarni kompyuterga yoki onlayn axborot saqlash saytlariga ko„chirib boring. Masalan, Apple iOS mobil qurilmalarida iCloud xizmati orqali ma‟lumotlaringizni onlayn serverlarga ko„chirib o„tkazish va ularni maxsus kodlar yordamida shifrlab qo„yish (encryption) mumkin. Android platformasidagi mobil qurilmalari uchun esa Google Drive yoki boshqa axborot saqlovchi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.  maxfiy va shaxsiy ma‟lumotlar mavjud sms - xatlari yoki elektron maktublarni mobil qurilma- larda saqlamang, ularni o„chirib tashlang, bunday xat yuborganlarni bloklab qo„yishingiz hammumkin;  shubhali va notanish bo„lgan dastur-ilovalarni ko„chirib olmang. Shubhali va notanish saytlarga kirmang;  maxsus dastur yordamida mobil qurilmangizdan o„chib ketgan fotosuratlar, maktublar, telefon raqamlari kabi ma‟lumotlarni maxsus dastur yordamida qayta tiklashingiz mumkin;  Telegram, Whatsapp kabi dasturlardan yoki Facebook, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlar- dan ro„yxatdan o„tishda faqat o„z telefon raqamingizdan foydalaning. Chunki boshqa birovning raqami- dan foydalansangiz, ular shu raqam orqali sizning parolingizni qo„lga kiritishi yoki siz bexabar bu dastur va tarmoqlardagi sizning profilingizga kirib, faoliyatingizni kuzatishi mumkin. Agar smartfon yoki boshqa mobil qurilmangiz yo„qolib qolsa, avvalo, qurilmangiz mana shunday holatlarda ko„rish lozim bo„lgan choralarga tayyor turishi kerak. Ya‟ni, oldindan uni yo„qolib qolganda amalga oshirish lozim bo„lgan ishlarga tayyorlab qo„yishingiz kerak. Android va Apple telefonlari uchun bu borada alohida maslahatlar: Android: “Google”ning “Android Device Manager” xizmati yoki boshqa yo„qolgan telefonni topishga xizmat qiluvchi dasturlar yordamida yo„qolgan telefoningizni topishingiz, uni qulflab qo„yishingiz yoki undagi ma‟lumotlarni o„chirib tashlashingiz mumkin.  Android qurilmangizdagi ma‟lumotlarni ham vaqti-vaqti bilan boshqa joyga saqlab turishni unutmang. Uni komputeringizga yoki yordamchi dastur-ilovalar yordamida onlayn axborot saqlash saytlariga ko„chirib o„tkazib qo„yishingiz mumkin. Androidning ichki sozlamalar (Settings) paneli orqali ham “Google”da ochilgan profilingiz bilan bog„liq barcha ma‟lumotlarni saqlab qo„yishingiz mumkin. Apple: “Telefonimni top” (Find my iPhone) xizmatini ishga tushiring. Bu xizmat orqali yo„qolgan telefonning qayerdaligini Internet orqali topishingiz mumkin. Shuningdek, ekranini avtomatik qulflab, topib olgan odam sizga bog„lanishi uchun ekranda sizning tel. raqamingiz yoki email manzilingiz ko„rinadigan qilish mumkin. Bundan tashqari, Internet orqali telefoningiz ichidagi barcha ma‟lumot- larni butunlay o„chirib tashlashingiz ham mumkin.  iCloud xizmati orqali barcha ma‟lumotlaringizni saqlab boring. Telefoningiz yo„qolgan va qayta topilmagan taqdirda, uning ichidagi barcha ma‟lumotlarni iCloud orqali boshqa telefoningizga ko„chirib olishingiz mumkin
20.Mobil texnologiyalarda Ijtimoiy tarmoqlar xavfsizligi
Ijtimoiy tarmoqlar bugun ko„pchilik uchun Internetning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. Ya‟ni ko„plab foydalanuvchilar bugun Internetga, asosan, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o„tkazish uchun kiradi: yangiliklarni ham, video va boshqa ko„ngilochar ma‟lumotlarni ham shu tarmoqlardan oladi; do„stlari bilan gaplashadi, suhbat quradi va hokazo. Ommaviy ijtimoiy tarmoqlarga misol sifatida Facebook, Twitter, Odnoklassniki, Vkontakte va Muloqot kabi saytlarni keltirish mumkin. Internet foydalanuvchilarining shaxsiy daxlsizligiga eng katta tahdid hozir ana shu tarmoqlardan kelishi mumkin. Chunki eng ko„p shaxsiy ma‟lumotlaringiz, surat- laringiz va hatto kredit karta va bank ma‟lumotlaringizni shu saytlarga kiritgan bo„lishingiz mumkin. Demak, bu ma‟lumotlar pand bermasligi uchun ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur:  Ijtimoiy tarmoqlarga, imkoni boricha, shaxsiy ma‟lumotlaringizni kamroq joylashtiring. Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizlik choralarini qanchalik kuchaytirmasin, u yerga joylashtirilgan ma‟lumotlaringiz hech qachon to„la xavfsiz bo„la olmaydi. Eng yomon holatda sayt xakerlar hujumiga uchrab, undagi yashirin suratlaringiz, yashirin yozishmalaringiz bir kunda butun dunyoga oshkor bo„lib ketishi hech gap emas.  Bu yerning ommaviy maydon ekanini unutmang. U yerga biror surat yoki gap yozib qoldirdingizmi, u endi Internet serverlariga muhrlanib qoladi va bu gap-ma‟lumotlarni sahifangizdan o„chirib yuborgan taqdiringizda ham, u server xotiralaridan o„chmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday gap-so„zni yozishdan oldin yetti o„lchab bir kesing.  Saytda ro„yxatdan o„tishdan oldin tarmoqdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Uzundan uzoq bu qoidalarni ko„pchilik o„qimaydi, ammo bunday saytlar, odatda, mas‟uliyatni zimmalaridan soqit qilish uchun ko„p masalalarda to„liq mas‟uliyatni foydalanuvchi zimmasiga yuklaydi. Masalan, tarmoqqa qo„yilgan har bir surat saytning mulkiga aylanadi, degan shart bo„lishi mumkin. Agar bu kabi shartlarga rozi bo„lmasangiz, saytga a‟zo bo„lmang.  Saytning sozlamalar panelidan (Settings) xavfsizlik bo„yicha mavjud imkoniyatlarni o„rganib chiqing. Yozayotganlaringiz yoki sahifangiz kimlarga ko„rinadi, kimlar sizga xat yoza oladi kabi masalalarda shu paneldan o„zingizga mos holatni tanlab olishingiz mumkin.  Shubhali havolalarni ochmang. Ular tarmoqdagi profilingizga kirishni ko„zlovchi zararli dasturlar bo„lishi mumkin. Bu esa sizning nomingizdan do„stlaringizga istalmagan xat va havolalar ketishiga sabab bo„lishi mumkin.  Do„slaringiz bilan qiladigan maxfiy chatlaringiz ham, aslida, kuzatuvdan xoli emas. Sayt ma‟muriyati yoki hukumat idoralari, xohlasa, bu ma‟lumotlarni ochib ko„ra olishlari mumkin. Mobil Internetning insoniyat uchun foydasi va imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik borasida ham muammolar kamaygani yo„q. Barcha kerakli avtiviris va boshqa axborot xavfsizligini ta‟minlovchi dasturlarga ega bo„lsangiz ham, sizning Internetdagi faoliyatingiz hech qachon yuz foiz xavfsiz bo„lmaydi. Parolni murakkab tanlash yoki zararli saytlarga kirmaslik orqali sizga bo„ladigan xavf darajasini minimumga tushirishingiz mumkin, ammo agar xakerlar shaxsan sizini hujumga olishni qasd qilsa, ular tahdididan omon chiqishingiz ehtimoli juda kam. Albatta, oddiy odamlarning qasddan qilingan xakerlar hujumiga duch kelishi deyarli uchramaydi. Shuning uchun xulosa sifatida sizga mobil Internetdan xavfsiz foydalanish bo„yicha tavsiyalarimizni taqdim etamiz.  Imkoni boricha shaxsiy ma‟lumotlaringizni Internet saytlariga va tarmoqlariga kamroq kiriting.  Notanish odamlar bilan muloqot qilmang va ulardan kelgan elektron pochta maktublaridagi sayt manzillarini va ilova qilingan fayllarni aslo ochmang. So„nggi paytlarda hatto o„zbek tilida ham spam va zararli emaillar kelmoqda.
21.Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimi
Jahon tajribasi elektron hisob-kitoblar tizimlari sohasida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish va uning ko„lamlarini kengaytirish yo„llaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Bunday turdagi innovatsiyalarga elektron to„lov tizimini, ya‟ni elektron pullarni kiritish mumkin. Elektron to„lov tizimi – bu umumiy to„lov tizimlarining bir ko„rinishi bo„lib, elektron to„lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya (ingl - transaction, lotincha transactio - kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to„lovlarning asosi sifatida pul, tovar va xizmatlar muomalasini faollashtirilishiga katta ta‟sir o„tkazadi. Dastlab, 1980-yillarda muomalaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o„tkazila boshlandi. 1990-yillardan boshlab elektron to„lov umumiy to„lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o„zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to„liq almashtirmagan bo„lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko„paya boshladi. Elektron to„lovlar pul muomalasidagi xarajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta‟minlashda katta ahamiyat kasb etdi. 2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslahat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o„tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya instituti- ning kafolatiga ega bo„ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllana boshlagan. Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo„lgan elektron pul muomala- si bilan bog„liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu: VISA, MasterCard, VISA Electron va Maestrodir. Qo„shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo„yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to„lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% ni tashkil qiladi. MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to„lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan. Internet-banking tizimida ishlaydigan to„lov tizimlari ishlatish doirasi, hududlarni qamrab olishi va to„lov imkoniyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ularning ayrimlari MDH davlatlari hududida amal qilsa, ba‟zilari xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi. Shulardan eng mashhuri va ommalashgani elektron tizimlardan biri Webmoney hisoblanadi. Bu tizim aksariyat Internet-do„konlarning elektron to„lovlarida ishlatiladi va o„zining o„ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda Webmoney tizimidan foydlanuvchilarning qariyb 70 foizi rossiyaliklardir. O„zbekistonda ham mazkur to„lov tarmog„i oxirgi 2 yil ichida keng ishlatila boshlandi va hattoki, uning WMZ-belgilarini milliy valyuta - so„mga almashtiradigan saytlar paydo bo„ldi. Rossiyada ommabop bo„lgan to„lov tizimlaridan yana boshqalari Yandex. Dengi va QIWIkosheleklardir. Tadqiqotlarga ko„ra 12 millionga yaqin rossiyaliklar “Yandex. Dengi”, 13 milliondan ortig„i “QIWI koshelek” akkaunt (hisob-raqam)lariga ega
22.Mobil elektron tijorat

elektron to„lov tizimlarni boshqacha qilib fiatsiz (naqd bo`lmagan) elektron pullar deb ham atashadi. Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin: EasyPay, OKPAY, RBK Money, Dengi@Mail.Ru (QIWI- 100% sotib olgan), SKRILL, Kripto valyutalar, Bitcoin, Litecoin, Eleksnet, PayQR, Perfect Money, PayPal, Moneybookers va boshqalar. Shular ichidan dunyo miqyosida amal qiladigan, hammabop tizimlardan OKPAY va Perfect Money larni alohida ajratish mumkin. Bu ikkala tizimdagi elektron pullarning himoyalanganlik (xavfsizlik) darajasi o„ta yuqori bo„lib, verifikatsiya (shaxsni to„liq tasdiqlash) operatsiyalarini amalga oshirgandan keyingina kerakli darajaga erishish mumkin. Bundan tashqari xalqaro tranzaksiyalar tezkorlik bilan, minimal foizlarda amalga oshiriladi. O„zbekistonda ham elektron to„lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo„yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va qonun-osti hujjatlari bank va to„lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan. Internet-banking texnologiyasi bank uchun ham, mijozlar uchun ham qo„shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o„z hisobvarag„i bo„yicha bank amallarini bajarish uchun bankka bormasdan, Internet orqali istagan joyidan, istagan vaqtida bajarish imkoniyatiga ega bo„lib, hisobvarag„ining holati, mablag„ning kelib tushishi, to„lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma‟lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijoz uchun o„z vaqti va mablag„ini tejash, manzilning uzoqyaqinligiga qaramasdan bankni ixtiyoriy ravishda tanlash va o„z mablag„larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi. Shuningdek, “Uzkart” banklararo to„lov tizimi ishtirokchilari bo„lgan tijorat banklari bilan hamkorlikda “on-line” rejimida ishlaydigan milliy texnologik platformani yaratilishi Internetbanking xizmatlari orqali real vaqt ichida mijoz o„z kartochka hisobvaraqlarini boshqarishi, kommunal va boshqa to„lovlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatini beradi. Bu borada 2013 yil 1 sentabridan boshlab Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi va “CLICK” kompaniyasining UZCARD-CLICK qo„shma loyihasi hayotga tatbiq etildi. Mazkur loyiha doirasida O„zbekistondagi istalgan bankning barcha UZCARD onlayn plastik kartalari foydalanuv- chilari istalgan bank yoki infokioskda UZCARD SMS-axborot berish xizmatini mobil qurilmalariga ulashlari mumkin. So„ngra SMS-axborot berish xizmati ulangan mobil qurilmadan bepul USSD so„rovini jo„natib, o„z UZCARD onlayn plastik kartasini tizimga bog„lash zarur. Shundan keyin foyda- lanuvchi mobil qurilma orqali plastik kartadan to„lovni amalga oshira oladi. Barcha to„lovlar vositachilik haqisiz amalga oshirilishi mazkur loyihaning farqlanuvchi xususiyati hisoblanadi. Onlayn plastik kartalar foydalanuvchilariga innovatsion xizmatlarni taqdim etayotgan bunday zamonaviy loyihalarni joriy etish ko„p jihatdan mamlakatimizda naqd pulsiz hisob- kitoblar tizimining rivojlanishiga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga, “Uzpaynet” chakana to„lovlar tizimini yanada rivojlantirish va respublikaning barcha hududlarida aholidan to„lovlarni qabul qilish bo„yicha xizmat turlarini kengaytirish, joylarda kommunal xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarning ulanishini ta‟minlash bo„yicha ishlar olib borilmoqda. O„z navbatida, “National Engineering Technologies” MChJ tomonidan joriy qilingan MBANK tizimi foydalanuvchilarga kompyuter yoki mobil qurilmalar orqali aloqa, Internet, televideniya, kommunal xizmatlar, soliq va jarimalar hamda boshqa to„lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) tomonidan UzCard “on-line” bank kartalari foydalanuvchilariga Internet hamda mobil aloqa orqali masofadan elektron to„lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Internet-bank” va “e-commerce” modullari ishga tushirilishi natijasida bank kartalari orqali masofadan onlayn rejimda to„lovlarni amalga oshirishning imkoniyatlari yaratildi: - YaUPM serverida bank kartasi egasining shaxsiy kabineti tashkil etilib, mobil aloqa va Internet operatorlari, IP-telefoniya, shahar telefon aloqasi, kommunal xizmatlar uchun to„lovlarni amalga oshirish; - elektron tijorat sohasiga mo„ljallangan “e-commerce” moduli orqali bevosita Internet do„koni- dan xarid qilingan tovarlar, xizmatlar, avia va temir yo„l chiptalari, mehmonxonalar xizmati, o„qish kontraktlari bo„yicha to„lovlarni amalga oshirish. O„zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan joriy qilingan “SMS-TO„LOV” (UPAY) elektron to„lov tizimi naqd pulsiz to„lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish uchun mo„ljallangan bo„lib, hozirgi kunda tijorat banklari (20 ga yaqin) ushbu tizimga ulangan bo„lib, tizimdan keng foydalanilmoqda. Mazkur tizimda foydalanuvchilar mobil aloqa va Internet operatorlari xizmati, kommunal xizmatlar uchun, soliq va boshqa to„lovlarini mobil telefoni yoki Internet orqali bank depozit yoki bank kartasi hisobvaraqlaridan to„lash imkoniyatiga ega.
23.Mobil elektron tijoratning afzalliklari
Bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan mobil to„lov tizimi ilovalari quyidagilardir: Uzcard tizimida ishlovchi, juda ko„p xizmat va narsalarga to„lov qilish mumkin bo„lgan, oddiy Nokia telefonlaridan tortib, Anroid va Apple iOS platformasida ham qulay tarzda foydalansa bo„ladigan, birinchilardan bo„lib mobil Internet to„lov tizimi yaratilgan ajoyib ilova. Click orqali uyali aloqa operatoridan tortib, kommunal to„lov, gaz, elektr energiyasi to„lovlar qilsa bo„ladi, hammasi o„zingizni plastik kartangizdan yechib olinadi va real vaqt rejimida cheklar va ma‟lumot berib boriladi. Tizim hech qanday to„lovni o„chirib yubormaydi, hammasini siz uchun saqlab hisoblab boradi. Afzalliklari oddiy telefonlarda ham USSD komandalar orqali boshqarsa bo„ladi. Payme. UzCARD to„lov tizimida ishlovchi va ilk bor plastik kartadan, plastik kartaga pul ko„chirish xizmatini taqdim qilgan to„lov tizimi hisoblanadi. Siz saytga kirishingiz bilan ajoyib dizayn va qulay servisga e‟tirbor berasiz. Android va Apple iOS foydalanuvchilari uchun ham mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Qiwi to„lov tizimi, o„zining sodda va tushunarligi bilan ajralib turadi. Saytdan ro„yxatdan o„tish ham ishlatish ham juda sodda, bunga atigi telefon raqami bo„lsa kifoya. O„z telefon raqamingizni terasiz va kelgan SMSni kiritasiz. Hisob raqam sifatida ham shu telefon raqamingiz o„tadi, kimdir pul tashlamoqchi bo„lsa ham raqamingizni yozishi kifoya. Juda ko„p sayt va xizmatlarga to„lov qilishingiz mumkin, sizga qiwi o„zidan virtual plastik karta ham taqdim etadi va u orqali plastik karta o„tadigan butun dunyoda ishlataverasiz hammasi juda qulay va oddiy, kamchiligi ayrim vaqtda SMS kelmay qoladi va siz pullaringizni ishlatolmaysiz, shuning uchun ro„yxatdan o„tishingiz bilan SMS tasdiqlashni o„chirib qo„yishingizni tavsiya etamiz. Websum. Uz O„zbekistonda eng birinchi bo„lib tashkil topgan Internet to„lov tizimidir. 2010- yilda tashkil topgan bu saytda bir paytlar Webmoney.ru dan WMZ tashlab keyin darxol telefonga tashlasa bo„lardi, xohlagan vaqtda banka borib to„lov qilib keyin xuddi shaxsiy paynetday telefonlarga pul tashlash va xostinglarga, turli xil o„zbek saytlarga to„lovni amalga oshirsa bo„ladigan sayt. UzCARD lar chiqach biroz tizim ommabopligi va zarurligini yo„qotganday, lekin hali ham juda ko„p xizmat va mahsulotlarga bu sayt orqali bir zumda to„lov qilishingiz, hisobingizga pul tashlab xohlagan vaqtda ishlatishingiz mumkin. Sayt sizga hisobni to„ldirish uchun blanka beradi siz o„z hisob raqamingiz va imzoyingizni qo„yib xohlagan bankizdan naqd yoki plastikda to„lov qilasiz. Elеktron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xaraktеrli xususiyatlari bilan farqlanadi:  xaridor o„ziga qulay vaqt, joy va tеzlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;  savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallеl ravishda, ya‟ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;  ko„p sonli xaridorlarning bir vaqtning o„zida bir nеchta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko„p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo„lish imkoniyati;  kеrakli mahsulotlarni tеzlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda tеxnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig„ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;  xaridorning yashash joyi, sog„lig„i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat‟iy nazar hamma qatori tеng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;  hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob bеradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;  elеktron tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kеngaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tеzlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma harakatini tеzlashtirishi kеrak bo„ladi. Elеktron tijoratda savdoni tashkil qilish firmalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini bеradi. Xaridorlar kundalik hayotida kеrakli mahsulotlar ichida sifatlilarini tanlashi mumkin
24.Webmoney tizimidan foydalanish
WebMoney - MDH mamlakatlaridagi eng mashhur elektron to'lov tizimi. U har bir a'zosining o'z hisobiga ega ekanligini va u erda bir yoki bir nechta pulni (turli valyutada) mavjud deb hisoblaydi. Aslida, bu pul hamyonlari yordamida hisob-kitob amalga oshiriladi. WebMoney sizning uyingizdan chiqmasdan Internetda xaridlar uchun to'lovlarni, kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlarni to'lashga imkon beradi.

Ro'yxatga olish

Ro'yxatdan o'tishdan oldin darhol quyidagilarni tayyorlang:


  • pasport (uning seriyasiga, raqamiga, qachon va kim tomonidan berilganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz kerak);


  • identifikatsiya raqami;


  • mobil telefoningiz (ro'yxatga olish paytida ham ko'rsatilishi kerak).


Kelgusida siz telefondan tizimga kirish uchun foydalanasiz. Hech bo'lmaganda, bu avvalgiday bo'ladi. Keyin E-raqamni tasdiqlash tizimiga o'ting. Ushbu tizimdan foydalanish haqida ko'proq ma'lumotni WebMoney Wiki-da topishingiz mumkin.


Ro'yxatdan o'tish WebMoney tizimi rasmiy saytida bo'ladi. Boshlash uchun "Ro'yxatga olish"ochiq sahifaning yuqori o'ng burchagida.
25.NFC texnologiya atamasi haqida tushuncha
26.Mobil texnologiyalarda NFC aloqa xarakteristikalari
Yildan yilga turli xildagi mobil qurilmalar orasida bog„lanishlarning turli texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalari rivojlanadigan bir paytda NFC bog„lanish texnologiyasi paydo bo„ldi. NFC (Near Field Connection-yaqin maydonda bog„lanish) texnologiyasi RFID (Radio Frequency Identification-radio chastotasini aniqlash) texnologiyasiga asoslan- gan bo„lib, yaqin masofada (10 santimetrgacha) bog„lanishni ta‟minlaydi. Bu texnologiya kontaktsiz kartalar standarti (ISO 14443) ning kengayishidir. NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini ta‟minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo„lib, 424 Kbit/s tezlikda ma‟lumotni uzatadi. Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalarida ma‟lumotlarni uzatish tezligi doimo oshib bormoqda. Bugungi kunda fotoapparatlarda ham Wi-Fi mavjud bo„lib, tasvirga olingan fotografiyalarni tezkorlik bilan ijtimoiy tarmoqlarga yoki mobil qurilmalarga uzatish imkoniyati mavjud. NFC texnologiyasi boshqa texnologiyalardan (Bluetooth, Wi-Fi) farqli ravishda bog„lanishni nihoyatda tez (0,1 sekunddan kam) amalga oshiradi. Bu esa axborot xavfsizligining yuqori darajada bo„lishini ta‟minlaydi. Smart-kartalarda, NFC-nishonlari eng kichik operasion sistemalar yordamida ishlaydi. Bu qurilmalarning protsessori bo`lib, operatsion sistema protsessorning quvvati va xotiraning hajmidan kelib chiqib qattiq cheklovlar asosida o‟rnatiladi. Bu qurilmalar quvvatni elektron terminaldan yoki smartfondan oladi. Ba‟zi smart kartalar va NFC-nishonlari Java tilini qo`llashga mo‟ljallangan, ya‟ni bu qurilmalarning doimiy xotirasi Java Virtual Machine (JVM - Java virtual mashinasi) interpretatori- dan tashkil topgan. Smart-karta, NFC-nishoniga JVM-interpretatori yordamida (kichik dasturchalar) yuklanadi. Bu qurilmalar bir vaqtning o‟zida bir necha Java-appletlari bilan ishlay oladi. NFC texnologiyasining ishlash prinsipi – bog„lanuvchi qurilmalardagi ramkali antennalar orasida elektromagnit induksiyali bog„lanish hosil bo„lishida.
Shuning uchun bog„lanishda ro„yxatdan o„tish jarayoniga hojat qolmaydi. Qurilmalarni bog„lash uchun ularni yaqin masofaga olib kelish kerak. NFC texnologiyasida ma‟lumotlarni uzatish tezligi Bluetooth texnologiyasidagiga qaraganda ancha kam bo„lsada, NFC tez bog„lanish imkoniyati va keng qo„llanilish imkoniyatlari bilan Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalaridan ustun turadi.
28.NFC texnologiyasining qo‘llanilish sohalari
NFC ning qo‘llanilish sohalari juda ko„p bo„lishi mumkin. Masalan, hozirgi kunda ikki smartfon yoki planshet orasida axborot almashinishida foydalanilmoqda. Bundan tashqari NFC orqali zamonaviy fotoapparatlardan axborotlarni (fotorasm, video) smartfon, planshet yoki noutbuklarga jo„natish mumkin.
NFC texnologiyasida aloqa ikki qurilmadan bittasi elektr manbasiga ulanmagan bo„lsa ham o„rnatilishi mumkin. Ba‟zi Sony smartfonlari bilan birgalikda maxsus nishon beriladi, bu nishonni aniq ishni bajarishga programmalashtirib qo„yish mumkin, bu ish masalan, GPS navigator yoki MP4 pleyerni ishga qo„shish bo„lishi mumkin. Nishonni smartfonga yaqinlashtirilganda NFC li telefon programmalashtirilgan ishni amalga oshiradi (GPS navigatorini ishga qo„shadi yoki MP4 pleyrni ishga qo„shib musiqani eshittiradi, klipni namoyish etadi). NFC nishoni kam miqdordagi ma‟lumotlarni yuklaydigan chipdir. NFC nishonlari posterlar, biletlar, biznes kartalar, etiketka va bilak uzuklar kabi ko„p obyektlarni o„z ichiga oladi.
NFC aloqa yordamida NFC li smartfonda yozib qo„yilgan filmni NFC aloqali televizor ekranida ham ko„rish mumkin. Buning uchun smartfonni televizor pultiga yaqinlashtirish kifoya. Sony televizor- larida bu funksiya One Touch Mirroring deb ataladi. NFC sistemalari elektron doskalardan axborotlarni o„qib olish uchun (supermarketlarda mahsulotning narxini kassa apparatiga avtomatik tarzda o„qib olish), turli elektron to„lovlarni, jamoat transportlarida chipta to„lovlarni amalga oshirish uchun ishlatilmoqda. NFC li nishonlardan uy, avtomobil, mehmonxona, ofislar uchun elektron kalit, hattoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ham ishlatish mumkin.
NFC texnologiyasining ishlashi asosan uch rejimda ishlaydi: - passiv rejim. Bunda passiv qurilma axborotni aktiv (faol) qurilmaga uzatadi. - teng huquqli qurilmalar rejimi. Bunda ikki qurilma orasida axborotlar almashinadi. - aktiv rejim. Bunda aktiv qurilma axborotni passiv qurilmadan o„qib oladi. NFC texnologiyasini O„zbekistonda tadbiq etishni jadallashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. O„zbekistonda elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida 2016-yil 30- iyundan 4-iyulga qadar O„zbekiston Savdo-sanoat palatasi taklifiga ko„ra Toshkent shahriga fransuz tadbirkorlari delegatsiyasining tashrifi tashkil qilindi. Mazkur tashrif O„zbekistonda «NFC» texnolo- giyasini tadbiq etishga bag„ishlangan. Tasdiqlangan tashrif dasturiga asosan joriy yilning 30-iyun kuni O„zSSP binosida “AKT sohasida “NFC” texnologiyalarini rivojlantirish”ga bag„ishlangan o„zbek-fransuz biznes forumi o„tkazildi. Unda tijorat banklari, mobil aloqa kompaniyalari, shahar yo„lovchi transport, chakana savdo sohasi va OAV vakillari ishtirok etishdi. Bugungi kunda NFC texnologiyasini rivojlantirishda 130 dan ortiq kompaniyalar o„z hissalarini qo„shishmoqda «American Express», «Visa», «MasterCard» kabi kompaniyalari shular jumlasidandir.
28.Mobil texnologiyalarda Masofaviy ta’lim tushunchasi
Hozirda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi bilim oluvchilar (o„quvchi, talaba, katta yoshdagilar va h.k.) uchun eng rivojlangan davlatlardagi yetakchi mutaxassis- laridan ta‟lim olish imkoniyatini vujudga keltirdi. Bunday ta‟lim shakli masofaviy ta‟lim deb nomlanadi. Ta‟lim olishni xohlaganlar o„zining mobil qurilmasi yoki shaxsiy kompyuteri yordamida xohlagan vaqtda ta‟lim oluvchi uchun zarur bo„lgan kurslarda o„qishi mumkin. Zamonaviy mobil qurilmalarning texnik xarakteristikalari, ya‟ni qurilmalar uchun yaratilgan maxsus ilovalar va veb-saytlar yordamida ta`lim oluvchilar uchun masofaviy ta‟lim olish imkoniyatini yaratadi. Bugungi kunda insonlar uchun quyidagi ta‟lim shakllari taklif etilmoqda: 1. Kunduzgi ta‟lim. 2. Distansion ta‟lim. Onlayin ta‟lim. 3. Ochiq ommaviy onlayn kurslar (OOOK). Masofaviy ta‟lim an‟anaviy ta‟limdan o„zining ayrim ijobiy tomonlari bilan keskin ajralib turadi. Masofaviy ta‟lim an‟anaviy ta‟lim turlaridan farqli ravishda keng aholi ommasini qamrab oladi. Masofaviy ta‟limning quyidagi imkoniyatlari mavjud: • ikkinchi oliy yoki qo„shimcha ta‟lim; • ixtiyoriy yoshdagi insonlarning ta‟lim olishi; • jismoniy va oilaviy holatidan qat`iy nazar ta‟lim olish; • ishdan ajralmagan holda ta‟lim olish; • mustaqil ta‟lim olish imkoniyatining ko„pligi; • geografik manzildan qat‟iy nazar ta‟lim olish; • tezkorlik imkoniyatlari va boshqalar. Masofaviy ta‟lim – eng yaxshi an‟anaviy va innovatsion metodlar, o„qitish vositalari va shakllari- ni o„z ichiga olgan, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta‟limdir. U ta‟lim oluvchiga ma‟lum standartlar va ta‟lim qonun-qoidalari asosida o„quv shartsharoitlari va o„qituv- chi bilan muloqotni ta‟minlab berib, o„quvchidan ko„proq mustaqil ravishda shug„ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o„qish jarayoni ta‟lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo„lishiga bog„liq emas. Masofaviy ta‟lim tizimi - masofaviy ta‟lim shartlari asosida tashkil etiladigan o„qitish tizimi. Barcha ta‟lim tizimlari singari masofaviy ta‟lim tizimi o„zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini ta‟lim jarayonida (xususan, masofaviy ta‟lim jarayonini) qo„llash asosan ikki asosga tayanadi: Hardware (texnik jihozlar) va Software (dasturiy ta‟minot). Texnik jihozlar kompyuterlar, mobil qurilmalar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlari, videokonferensiya jihozlari va hokazolardan iborat bo„ladi. Dasturiy ta‟minotga mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta‟minotlardan tortib shu soha uchun mo„ljallangan dasturlar to„plami kiradi. So„nggi yillarda Yevropa davlatlarida ta‟lim tizimini boshqarishda qo„llanib kelinayotgan Internet yoki Intranet tarmog„i orqali elektron shakldagi ta‟lim turi “Electronic Learning” (qichqacha E-learning- elektron ta`lim-E-ta`lim) atamasi bilan kirib keldi. E–ta‟lim – axborotkommunikatsiya va elektron texnologiyalari asosidagi ta‟lim tizimi bo„lib, masofaviy ta`limning bir ko„rinishidir. YUNESKO mutaxassislarining fikricha: “e-learning – Internet va multimediali ta‟lim ” . E- ta‟limni tashkillashtirishning ko„pgina manbalari orasidan quyidagilarni ko„rsatish mumkin: Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools), Virtual ta‟lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems), Ichki kontentni boshqaruvchi CMS (Content Management Systems) tizimlaridir.
29.Mobil texnologiyalarda Elektron ta`lim haqida
Elektron ta‟lim quyidagi imkoniyatlarga ega:  shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar, MP4-pleyerlar, DVD-pleyerlar, televizorlardan foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;  masofaviy hamkorlik imkoniyati, ya‟ni olisdagi ekspertdan (o„qituvchi) konsultatsiya, maslahat, baho olish;  fikrlari bir-biriga mos keledigan foydalanuvchilar jamiyatini (ijtimoiy tarmoqlar) yaratish;  masofaviy ta‟lim vositalari, elektron o„quv materiallari va texnologiyalarining standartlari hamda ilovalarini o„z vaqtida kechayu-kunduz yetkazish;  tashkilotdagi rahbar va xodimlarning axborot madaniyatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash;  innavatsion pedagogik texnologiyalarni o„zlashtirish va ommaviylashtirish;  o„quv veb-resurslarni rivojlantirish imkoniyat;  dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan vaqtda va istalgan joydan zamonaviy bilim olish; Elektron ta‟limga elektron kitoblar, ta‟lim texnologiyalari va xizmatlari kiradi. Aslida elektron ta`lim – ta‟limda kompyuterlardan foydalanishdan boshlangan. Elektron ta‟limning shakllanishini uch etapga bo„lish mumkin: 1. CD-ROM disklardagi kurslar; 2. Mutaxassis o„qituvchilarning masofaviy ta‟limi; 3. Maxsus interaktiv dasturlardan, elektron kitoblardan foydalaniladigan elektron ta‟lim. 2010-yilga kelib E-ta‟limning yana bir shakli - ochiq ommaviy onlayn kurslar paydo bo„ldiki, bu esa bir vaqtning o„zida bir necha minglab talabalarning ta‟lim olish imkonini beradi. Bugungi kunda bu ta‟lim shakli ommalshib bormoqda. Eng ommalashgan bepul ochiq ommaviy onlayn kurslarga Udacity (https://www.udacity.com/), Coursera (https://www.coursera.org/), Edx (https://www.edx.org/) platformasidagi kurslarni aytish mumkin. Ochiq ommaviy onlayn kurslar formati bo„yicha universitetning yetakchi mutaxassislari tomonidan o„qiladigan klassik o„quv kurslariga o„xshaydi, o„quv kurslar videoga yozib olinadi va Internetga joylashtiriladi. Bu o„quv kurslaridan ta`lim oluvchilar Internetda ochiq va bepul onlayn tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo„ladilar. Dunyoning yetakchi Stenford, Garvard, Berkli va boshqa o„quv muassasalari o„zlarining o„quv kurslaridan millionlab ta‟lim oluvchilar bahramand bo„lishlari uchun bepul ochiq ommaviy onlayn kurslariga taqdim etmoqda. Ochiq ommaviy onlayn kurslar o„zaro o„xshash formati va g„oyalarning bir xilligi asosida birlashgan, ya‟ni:  kursning davometish muddati 5-10 hafta;  talabaga haftalik yuklama 2-10soat;  bir yoki ikki haftada bir marta uy vazifalarini deadline (oxirgi muddat) olib bajarish zarur;  butun kurs davomida o„qituvchiga savol berish vamaslahat olish imkoniyati;  kurs oxirida imtihontopshiriladi; Bu format ta‟lim oluvchilar uchun juda qulay va samaralidir. E-ta’limning afzalliklari. Elektron ta‟lim an‟anaviy ta‟limga qaraganda bir qator afzalliklarga 1. Foydalanish erkinligi - o„quvchining xohlagan joydan turib shug„ullanishi. Yoshi kattalarning asosiy ishidan ajralmagan holda ta`lim olishi. 2. Ta‟limda xarajatlarning kamayishi - o„quvchi axborot tashuvchi qurilmalarga (USB-disk, Flashka, DVD-disk) xarajat qilishi mumkin. Metodik adabiyotlarga, transportlarga, o„quv binolariga va h.k.larga xarajat qilmaydi. Elektron o„quv materiallarni ishlab chiqaruvchilarning xomashyoga (qog„oz va h.k) ehtiyoji yo„q. 3. Ta‟limning moslashuvchanlik - tinglovchi elektron materiallarni o„rganish, uning davomiyligi va ketma-ketliklarini o„qish jarayoniga moslashgunga qadar o„z imkoniyatidan va talabidan kelib chiqib tanlaydi. 4. Vaqt o„tishiga monand rivojlanish imkoniyati - elektron kursni taqdim etuvchilar va undan foydalanuvchilar o„zlarining bilim va malakalarini yangi zamonaviy texnologiyalar va standartlarga mos ravishda rivojlantirib boradilar. Elektron kurslar ham o„z vaqtida va tezkor o„quv materiallarini yangilashga imkon beradi. 5. Ta‟lim imkoniyatlarining potensial tengligi - barcha ta‟lim muassasalari teng imkoniyatlarga ega bo„ladi. 6. Bilimni baholash mezonlarining tanlash imkoniyati - elektron ta‟limda talabaning o„qish jarayonida olgan bilimini baholashning turli usullaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi. Mobil ta‟lim elektron va masofaviy ta‟lim bilan chambarchas bog„liq bo„lib, mobil ta‟limda mobil qurilmalardan foydalaniladi.
30.Mobil ta’lim haqida
Mobil ta‟lim (M-learning) atamasi bundan o„n besh yillar oldin ingliz tilidagi pedagogik adabiyotlarda, hozirgi kunda esa bizning mamlakatimizda ham bu atama ko„proq foydalana boshlandi. Mobil ta`lim (m-ta‟lim) mobil va portativ qurilmalardan foydalanib, o„qishni va ta`limni tashkillashtirish imkonini beradi. Ko„pgina olimlar va pedagoglarning fikricha kelajakda ta‟lim - axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan, ya‟ni mobil aloqa muhiti jamiyatning barcha sohalariga shiddat bilan tarqalishi va kirib borishi, ayfonlar va smartfonlarning ommalashishi, o„quv dasturlar va ilovalarning juda ko„p miqdorda yaratilishi, mobil aloqa xizmatlarining va simsiz Internet tarmog„ining arzonlashishi mobil ta‟limning sifatiga va kengayishiga imkoniyat yaratadi. Mobil aloqa va mobil Internetdan ommaviy hamda bemalol foydalanish muhiti shakllanmoqda. Zamonaviy Internet texnologiyalar o„z o„rnini ta‟lim tizimida mustahkam egallab, bo„lajak mutaxassislarni tayyorlashda birinchi omillardan biri hisoblanmoqda. Yildan yilga mobil qurilmalardan foydalanish ixcham, oson, samarali va oddiylashib bormoqda. Bu esa turli xildagi axborotlarni o‟zlashtirishda cheksiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda. “Mobil fikrlash” xalqaro fundamental tadqiqotlar institutining ma‟lumotlariga ko„ra: 2013-yilda dunyodagi 6,8 milliard insonlar (dunyo aholisining 96%) mobil telefonlardan foydalanishi, hamda 1,9 milliard insonlar yuqori tezlikdagi (4G) mobil Internetga ulanganligi aniqlandi. Yevropa va AQSH davlatlarida 2002-yildan buyon mobil texnologiyalarning ta‟limdagi o„rni va ahamiyati, simsiz qurilmalarning nazariy va amaliy qo‟llanishi haqida xalqaro konferensiyalar, semi- narlar, davra suhbatlari o`tkazilib kelinmoqda. 2005-yildan buyon Yevropada har yili Mobil ta‟lim bo„yicha xalqaro konferensiya (International Conference Mobile Learning) o„tkaziladi. 2002-yildan buyon MLearnCon xalqaro konferensiyasi, 2007-yildan buyon Buyuk Britaniyada MoLeNET xalqaro konferensiyasi o„tkazilib kelinmoqda. Bu konferensiyalarning maqsadi ta‟limda mobil qurilmalarni joriy etilishini tadqiq qilishdan iborat. Mobil qurilmalar yordamida nazariy va amaliy ta‟lim berishga bag„ishlangan xorijdagi yirik loyihalardan quyidagilarini alohida ta‟kidlash joiz: “Mobil ta‟lim tizimi” (The Mobile Learning Network Project-MoLeNET) (Buyuk Britaniya), “Mobil ta‟lim muhiti” (Mobile Learning Environment Project - The MoLE) (AQSH), “ Butun hayot davomida ta‟limda mobil texnologiyalar” (Mobile Technologies in Lifelong Learning: best practices - MOTILL) (Yevropa ittifoqi), “Mobil ta‟lim konsorsiumi” (Mlearning Consortium) (Kanada). “Mobil ta‟lim tizimi” (MoLeNET) loyihasi ta‟lim oluvchilar auditoriyasining ko„pligi bilan dunyoda yagona hisoblanadi. Bu loyihaning maqsadi mobil ta‟lim uchun yagona virtual tizimni yaratish hamda Buyuk Britaniyadagi 115t ta kollej va 29 ta maktabni virtual tizimga birlashtirishdan iborat edi. Bugungi kunga kelib turli xildagi mobil qurilmalarning, ya‟ni smartfonlar, MP4 pleyerlari, planshetlar, GPS tizimining didaktik imkoniyatlaridan foydalanib, o‟n mingdan ortiq ta‟lim oluvchilar va yetti mingdan ortiq o‟qituvchilar tahsil olmoqdalar. “Mobil ta‟lim muhiti” (The MoLE) xalqaro loyihasi AQSH federal hukumati tomonidan homiylik qilinib, bu loyihada 22 ta davlat ishtirok etishadi. Turli davlatlardan qatnashayatgan loyiha ishtirokchilari mobil qurilmalarni ta‟limga mustaqil ravishda joriy etmoqdalar, mobil o‟quv resurslari uchun platformalar yaratmoqdalar va mobil ta‟limning uslubiy asosini ishlab chiqmoqdalar. Yevropa ittifoqining “Butun hayot davomida ta‟limda mobil texnologiyalar” (MOTILL) loyihasining maqsadi mobil qurilmalarning didaktik imkoniyatlarini hamda ta‟lim oluvchi guruhlar imkoniyatiga (potensiali) ta‟sirini tadqiq etishdan iborat. Yevropada mobil texnologiyalardan aholining katta yoshdagi va barcha qatlamlarining keng foydalanishi mobil ta‟lim siyosatini ishlab chiqish zarurligini isbotladi. 2002-yilda Kanada davlatida “Mobil ta‟lim konsorsiumi” (Mlearning Consortium) loyihasi ishlab chiqild. Bu loyihaga Seneca College va Northern Alberta Institute of Technology universitetlari hamda bir necha yirik kompaniyalar kirishdi. Konsorsiumning maqsadi joyga va vaqtga bog„liq bo‟lmagan yangi ta‟lim muhitini yaratishdan iborat edi. Mobil ta‟lim uchun quyidagi mobil aloqa muhiti va qurilmalaridan foydalaniladi:  smartfonlar, ayfonlar, planshetlar;  MP4 pleyerlari, Netkitoblar, elektron o„yinlar uchun qurilma (Nintendo DS), iPodlar, GPSnavigatorlar va h.k.;  portativ kompyuterlar (noutbuklar, netbuklar, ultrabuklar, transformerlar).
31.Mobil ta’limning boshqa ta’lim turlaridan farqli jihatlari
i. Rivojlangan davlatlarda mobil qurilma va telefon egalarining soni jadal tarzda ortib bormoqda. Ko„pgina ta‟lim muassasalari ta‟lim- ning BYOD (Bring Your Own Device-O„z qurilmangni olib kel) uslubiga o„tmoqda. Mazkur uslub ta‟lim muassasasini kompyuter qurilmalari bilan jihozlash xarajatlarini kamaytirishga sabab bo„ladi, chunki mobil qurilma egalari o„z qurilmalarini, muassasa kompyuter jihozlarini yangilashiga nisbatan tezroq yangi modelga almashtiradi. M-learning shunday ta‟lim turiki, ushbu ta‟lim mobil qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Bu birinchi navbatda mobillik prinsipiga asoslangan bo„lib, boshqa ta‟lim turlari va e-learningga nisbatan m- learning aniq qayd etilgan joyda amalga oshirilmaydi. Lekin bugungi kunda mobillik prinsipi uchta darajada qo„llaniladi va ta‟limning har bir yangi darajasida ahamiyati oshib bormoqda. Birinchi darajada faqat qurilmalar mobil hisoblanadi, (aslida ular joyidan qo„zg„ala oladigan qurilmalar xolos) va bu jarayon ishtirokchilar, ta‟lim oluvchilar va ta‟lim mazmuni statik hisoblanadi. Misol uchun, maktab yoki ta‟lim muassasasi bitta sinfga mo„ljallan- gan noutbuklarni sotib oldi, mazkur qurilmalar sinfdan – sinfga ko„cha oladi, lekin ta‟lim beruvchi pedagog ularni xuddi statsionar kompyuter oldida o„tirgan o„quvchiday qayd etadigan tizim orqali boshqaradi. Mobil qurilmalarni bu tarzda ishlatilishi ma‟lumotni uzatishning iyerarxik prinsipiga asoslanadi. Lekin bunday ish prinsipini ba‟zi aloqa operatorlari qo„llab quvvatlamaydi. Ikkinchi darajada esa, qurilma va ishtirokchilar mobil bo„lib, lekin ta‟lim mazmuni statik hisoblanadi. Masalan o„qituvchi, jarayon ishtirokchilaridan veb brauzer yordamida Internetdan ma‟lumot qidirishni iltimos qildi, ular ma‟lum axborotni topishganidan keyin xona bo„ylab harakatlanib topilgan axborotni jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan fikr almashadi. Mobillikning mazkur turi hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, lekin ta‟lim mazmuni mobil tarzda emas, shu holat istalgan tizimda yoki istalgan muhitda xuddi shu trazda kechishi mumkin va bunda hech bir element o„zgarmas bo„ladi. Uchinchi darajada qurilma, ta‟lim jarayoni ishtirokchilari va ta‟lim mazmuni mobil hisoblanadi. Masalan, o„qituvchi ishtirokchilardan xonani tark etib yaqin atrofda joylashgan tarixiy obidalarni aniqlash va ularni tasvirga olish, ular haqida ma‟lumot to„plash va Internet orqali fikr almashish, ma‟lumotlar bilan bo„lishishga topshiriq beradi. Bu holatda ta‟lim mazmuni mobil hisoblanadi. Shunday qilib mobil ta‟limning birinchi darajasi odatda ma‟lumot uzatish yoki iyerarxik uslubga bo„ysunadi, ikkinchi daraja esa birinchi darajani to„ldiradi va qo„shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Uchinchi daraja esa ikkinchi darajani to„liq qoplaydi va pedagogik faoliyatda ta‟lim maqsadiga eriishishning eng muhim va mukammal uslublaridan biriga aylanadi
32.M-Learning va uning iqtisodiy samaradorligi
M-Learning evolyutsiyasini tahlil qiladigan bo„lsak, uchta asosiy jihatga ahamiyat berish zarur (Pegrum, 2014): birinchi jihati ta‟limni rivojlantirish uchun ta‟lim berish va ta‟lim olish jarayonini o„zgartiradi. Buning mazmuni, ta‟lim jarayonida ta‟lim oluvchiga yuklama ortadi, asosiy e‟tibor mustaqil ta‟lim olish va amaliy ko„nikmalarni rivojlantirishga yo„naltirilgan bo„ladi. Ushbu dastur doirasida ta‟lim oluvchi, ishtirokchilar va ta‟lim mazmuni va barcha tashkil etuvchilar mobil hisoblanadi. Natijada, birinchi jihat, keng imkoniyatga ega murakkab mobil qurilmalardan foydalanish darajasiga bog„liq. Bu ta‟lim texnologiyalarini rivojlantirishning eng ilg„or texnologiyalaridan biri bo„lib, to„ldirilgan borliq (augmented reality) loyihasi misol bo„la oladi. Ikkinchi jihat esa XXI - asr ko„nikmalarini rivojlantirish masalasini qamrab oladi. XXI - asr ko„nikmalari globallashuv davridagi yangi texnologiyalarni qo„llash bilan bog„liq hayotiy ko„nikma- larni shakllantirishga qaratilgan. Bu esa ijodkorlik, innovatsiya va aksariyat hollarda tadbirkorlik (Zhao, 2012); tanqidiy fikrlash, hamkorlik kommunikatsiya ko„nikmalari(Mishra & Kereluik, 2011); raqamli kompetentlikning keng jihatlari (Dudeney, Hockly & Pegrum, 2013) bilan bog„liq. Ikkinchi jihat ta‟lim oluvchilardan mobillikni talab etadi hamda mobil qurilmalarning texnik va texnologik jihatlarini hisobga olib to„ldirilgan borliq texnologiyalari bilan maksimal tarzda foydalana olish imkoniyatlarini qamrab oladi. Uchinchi jihati aholining kam ta‟minlangan qatlami, imkoniyati cheklangan, markazdan uzoqda yashovchi ta‟lim oluvchilarga yetarli darajada ta‟lim olish imkoniyatini beradi
33.Mobil ta’limni qo‘llanilishi
Mobil ta‟limning barcha jihatlari qarab chiqilgandan so„ng, o„qituvchi ta‟lim jarayonini loyihalashtirishda ma‟lum talablarni bajarishi shart sifatida qabul qilinadi. Bunda o„qituvchi tomonidan mobillik darajasi tanlaniladi va shu darajada qo„llash mumkin bo„lgan raqamli axborot ta‟lim resurslari ajratib olinadi. Ushbu jarayonda elektron darslik, dasturiy ilova va so„rov- nomalar kabi ta‟lim berish imkoniyatlarini oshiruvchi vositalar o„rganiladi va tizimlashtiriladi. Elektron darslik. Elektron darslik bu nashr etilgan kitobning PDF versiyasidan hajm jihatidan bir muncha katta hamda qidiruv va lug„at kabi funksiyalar qo„shilib yaxshilangan ko„rinishi. Lekin zamonaviy elektron darslik - raqamli-birinchi yoki raqamli-yagona ko„rinishda loyihalangan bo„lib, o„z ichiga multimedia materiallari (mualliflik ilovalari va video ilovalar), interaktivlik (masalan, avtomatik tarzda viktorinalarni baholash yoki simulyatorlarni qo„lda boshqarish) va eng birinchi navbatda tarmoq imkoniyatlari(ta‟lim oluvchilar va pedagoglar uchun xabarlar kanali, ijtimoiy media platform orqali ma‟lumot almashuvi)ni qamrab oladi. Dasturiy ilovalar (dasturiy ta‟minot). Dasturiy ilovalar bu oddiy ilovalardan tortib to multimediali interaktiv elektron darsliklargacha bo„lgan dasturiy ilovalarni qamrab oladi. Dasturiy ilovalar Internetdan yuklab olingan dasturiy ta‟minotning bir qismi bo„lib, mobil operatsion tizimlarda ishlash uchun mo„ljallangan. Dasturiy ilovalar oddiy o„yin formatida yoki biror bir predmetni o„qitish uchun mo„ljallangan, masalan matematika, ximiya va tillarni o„rgatuvchi ilovalar ham bo„lishi mumkin. So‘rovnomalar. Pedagoglar noformal ko„rinishdagi so„rovnomalarni sinflarda oldindan o„tkazib kelishadi. Faqatgina bu so„rovnomalarga ta‟lim oluvchilar qo„l ko„tarib javobni berishadi. So„rovnoma- larni raqamli uskunalar yordamida o„tkazish bu jarayonni samaradorligini oshiradi. Veb-sayt, dasturiy ilovalar yoki ijtimoiy tarmoqlar yordamida ta‟lim oluvchilar o„rtasida so„rovnomalar o„tkazish mumkin. O„qituvchilar ushbu so„rovnomalar yordamida ta‟lim oluvchilar yoki tinglovchilarning qiziqishlarini aniqlashlari va shu asosda ta‟lim yo„nalishlari va metodlarini o„zgartirishlari mumkin. Multimediani yozish. Smart qurilmalar real muhitni anglash yoki ta‟lim jarayonida qo„llash uchun multimedialarni yaratish yoki yozish uchun qo„llaniladi. Matnli izohlar, olingan tasvirlar, audioyozuvlar va videoyozuvlar ta‟lim oluvchilar uchun ta‟lim olish boshqacha qilib aytganda o„tilayotgan mavzuni o„zlashtirish imkoniyatini beradi. Ta‟lim oluvchilar biror bir dars jarayonini smart qurilma orqali tasvirga olib ularni ijtimoiy media tarmoqlar (Instagram yoki Twitter, Foursquare yoki Yelp) yordamida boshqa tanishlariga jo„natishlari, ular ham ushbu darsni ko„rib chiqishlari va ushbu mavzu bo„yicha o„qituvchi va boshqa a‟zolar bilan turli xil munozaralar o„tkazishi mumkin. QR-код. QR-kod (angl. quick response - tez javob) - matrichniy kod (ikki o„lchamli shtrixkod), 1994-yilda Denso -Wave nomli yapon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan. Ular saytlarda, reklamalar va xattoki tashrif kartochkalarida uchrashi mumkin. Ushbu ikki o„lchamli shtrix kod OR skaner orqali skaner qilinishi va kod joylashgan sayt, buyum, reklama yoki biror bir narsa haqidagi ma‟lumotni gipermurojaat orqali smart qurilma yordamida qidirib topish mumkin. Ular real dunyo (qayerda joylashishidan qat‟iy nazar masalan, plakatlar yoki biror bir tekis yuza) bilan raqamli axborot va kommunikatsiya kanallarini (ijtimoiy tarmoq yoki forumlarda matn yoki video ko„rinishda muzokara qilinadi) bog„lab turadi. AR-brauzerlar. Junaio, Layar va Wikitude kabi AR brauzerlar mobil qurilma va to„ldirilgan borliq ko„zoynaklar yordamida real dunyo bilan virtual dunyoni bog„lashni yanada avtomatlashgan uslubini taqdim etadi. Ular QR kod kabi raqamli axborot va kommunikatsiya kanallari qatlami bo„lib, faqatgina GPS (Global Positioning System) va Bluetooth texnologiyalariga suyanib ishlaydi. Ushbu texnologiyalar bugungi kunda rivojlanmoqda va keng tarqalmoqda hamda o„qituvchilar va ta‟lim oluvchilar uchun QR-kodlar yordamida o„quv jarayoni bilan bog„liq muammolarni yechishga va turli topshiriqlarni hal etishga yordam bermoqda. Xulosa qilib aytganda: - Mobil ta‟limning kamchlik va nuqsonlarini hisobga olgan holda o„qituvchilar ta‟lim jarayonini amalga oshirishda jarayonning pedaogik dizayneri sifatida faolroq bo„lishlari zarur; - Pedagoglar ta‟lim jarayonini loyihlashtirish davrida mobillik darajasi va jihatlarini tanlash va mazkur darajada qo„llash mumkin bo„lgan barcha dastur va vositalar imkoniyatlarini shu bilan birga ta‟lim oluvchilarning tayyorlik darajalarini ham hisobga olishi va jarayonni sinfda yoki sinfdan tashqaridagi shaklini tanlashi zarur; Bu esa o„z navbatida ta‟lim maqsadlariga erishishga yordam beradi.
34.Mobil ta’limda bilimni baholash usullari
Ta'lim tizimida bilim samaradorligini oshirish uchun mobil qurilmalardan foydalanish zamonaviy talab ekanligini har bir o‘qituvchi bilishi kerak va ushbu mavzular bo‘yicha mobil ilovalar, turli xil virtual laboratoriyalar va multimediya darsliklarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mobil ilovalarni ishlab chiqishda ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘rtasida turli xil so‘rovnomalar o‘tkazish va eng muhimi, mobil ilova yordamida tashkil etilgan darsda o‘quvchilar topshiriqlarni bajarishi va ularni baholashda o‘qituvchi ham faol bo‘lishi lozim. Baholash ta’limning eng muhim bosqichi bo‘lib mobil ta’limda bu jarayonni bulut texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshirish qurilmaning doimiy xotirasidagi joyni tejash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun google formada bilimni baholash uchun test savollarini o‘qituvchi o‘zining virtual diskida yaratadi va foydalanuvchilarga chegaralangan foydalanish huquqi asosida taqdim etadi. Tadqiqotlar natijasida “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli mobil ta’lim ilovasi kodular virtual algoritmlash asosida ishlovchi veb muhitda ishlab chiqildi. Yuqorida taklif etilgan mobil ta’lim ilovasida dars jarayonida qo‘llaniladigan va qisqa muddatda bilimni baholash bulutli texnologiya misolida ko‘rsatib berilgan. Dars mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan mobil ta’lim talaba va o‘qituvchi o‘rtasida bo‘ladigan interfaol muloqatni jadallashtiradi hamda ta’lim tizimidagi asosiy maqsadni amalga oshirishda muhum ahamiyat kasb etadi.
35.Mobil ilovalar tayyorlash usullari

Download 195.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling