1-modda. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari


Download 160.32 Kb.
bet166/167
Sana09.01.2022
Hajmi160.32 Kb.
#263473
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167
Bog'liq
OILA KODEKSI

237-modda. Farzandlikka olish

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda ham ushbu Kodeks 151 — 167-moddalarining talablariga rioya qilinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda bolaning qonuniy vakili va bola fuqarolikka ega bo‘lgan davlat vakolatli organining roziligi, shuningdek agar o‘sha davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinsa, farzandlikka olish haqida bolaning ham roziligi olinishi lozim.

Agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka olingan bolaning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka oluvchining qaysi fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, farzandlikka olish mumkin emas, farzandlikka olingan taqdirda esa, u sud tartibida bekor qilinishi lozim.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsati oldindan olingan bo‘lsagina O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizom birinchi bo‘limining 29-bandi.

(237-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatning vakolatli organi amalga oshirgan farzandlikka olish, basharti ushbu Kodeksning 152, 157 va 1611-moddalari talablariga rioya etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.



(237-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)


Download 160.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling