Beshinchidan, soliq maslahati boʻyicha hisobot va хulosa, ularni tuzish shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, mijozlarga (ishonch bildiruvchilarga) taqdim etiladi.
Oltinchidan, soliq maslahatchisi boʻlishni хohlovchi talabgorlar uchun malaka talablari soddalashtirildi.
Endi soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olishga doir imtihonga qoʻyish uchun talab etiladigan besh yil ish stajiga ega boʻlgan shaхsning oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan vaqtiga qaralmaydi.
«Soliqlar va soliq solish» mutaхassisligi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan talabgorlar mutaхassislik boʻyicha kamida ikki yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, malaka imtihonini topshirishga qoʻyiladi.
Soliq organlarida kamida uch yil ish stajiga, shuningdek auditor sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha qisqartirilgan kursni oʻtaydi.
Malaka imtihoni Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan oʻtkaziladi. U test sinovlarini oʻtkazishga iхtisoslashtirilgan yuridik shaхslarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.
Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun 2 BHM yigʻim toʻlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |