1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni to‘lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji


Download 1.3 Mb.
bet18/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1531964
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-600 06.01.2020

30. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji:

a) sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati

BHMning 10 baravari

31. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji:

a) giyohvandlik vosi�alari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan, tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish

BHMning 5 baravari

b) tibbiy faoliyat

BHMning 5 baravari

v) dori vositalarini ishlab chiqarishga, tayyorlashga, ulgurji realizatsiya qilishga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) mustasno) doir faoliyati

BHMning 10 baravari

32. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji:

a) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish

BHMning 10 baravari

b) ko‘priklar va tonellarni loyihalashtirish, qurishhamda ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish

BHMning 5 baravari

g) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyiha-lashtirish, qurish, ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish

BHMning 10 baravari

d) O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish

BHMning 50 baravari

e) O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish

BHMning 50 baravari

j) aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish

BHMning 40 baravari

z) aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish

BHMning 40 baravari

i) qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (bundan muhandislik-geodeziya qidiruvlari mustasno) bajarish

BHMning 50 baravari

k) uy-joy fuqarolik maqsadiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 75 baravari

l) sanoatga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 75 baravari

m) suv xo‘jaligiga mo‘ljallanganobyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 50 baravari

n) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 30 baravari

o) energetika qurilishi hamda aloqa obyektlari va komplekslarini ishlab chiqish, loyihalashtirishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 40 baravari

p) transport va yo‘l qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

BHMning 50 baravari

r) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish

BHMning 50 baravari

s) umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

BHMning 50 baravari

t) arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish

BHMning 20 baravar�

u) “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” bo‘limini loyihalashtirish

BHMning 40 baravari

f) “Obyektlarning metall konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish

BHMning 40 baravari

x) “Obyektlarning temir-beton konstruksiyalari” bo‘limini l?yihalashtirish

BHMning 40 baravari

ts) maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish

BHMning 50 baravari

ch) qurilish obyektlarini kapital va joriy ta’mirlash uchun lo�iha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

BHMning 30 baravari

sh) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish

BHMning 50 baravari

sh1) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

BHMning 40 baravari

sh2) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish

BHMning 40 baravari

e) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish

isitish, ventilatsiya, konditsionerlashtirish

BHMning 20 baravari

suv quvuri va kanalizatsiya

BHMning 20 baravari

gaz ta’minoti

BHMning 20 baravari

gaz asbob-uskunalari

BHMning 20 baravari

sovuq havo ta’minoti

BHMning 20 baravari

energiya ta’minoti

BHMning 20 baravari

elektr asbob-uskunalari

BHMning 20 baravari

elektr bilan yoritish

BHMning 20 baravari

elektr bilan isitish

BHMning 20 baravari

avtomatlashtirish va KIP

BHMning 20 baravari

kuchsiz tokli qurilmalar

BHMning 20 bar�vari

vertikal rejalashtirish

BHMning 20 baravari

yu) kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash

BHMning 50 baravari

33. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji:

a) mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 85 baravari

b) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish

BHMning 15 baravari

v) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish

BHMning 15 baravari

g) mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)

BHMning 30 baravari

e) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)

BHMning 30 baravari

z) shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 430 baravari

o) xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 1900 baravari

s) xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 500 baravari

t) xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)

BHMning 800 baravari

u) qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish

BHMning 10 baravari

f) ko‘chma radiotelefon aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

x) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 140000 baravari

ts) trankli, radiotelefon aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 135 baravari

ch) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 200 baravari

sh) trankli, radiotelefon aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish

BHMning 10 baravari

sh1) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 400 baravari

sh2) trankli, radiotelefon aloqa tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 20 baravari

e) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 140000 baravari

yu) trankli, radiotelefon aloqa tarmoqlaridan foydalanish

BHMning 30 baravari

ya) trankli, radiotelefon aloqa tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 80 baravari

aa) ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 40 baravari

bb) ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 2 baravari

vv) ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 4 baravari

gg) ma’lumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 6 baravari

dd) ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga operatorlar va provayderlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 30 baravari

zz) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 340 baravari

ii) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish

BHMning 20 baravari

kk) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish

BHMning 20 baravari

ll) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish

BHMning 150 baravari

mm) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish

BHMning 150 baravari

Izoh. Davlat bojining miqdori davlat boji to‘langan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga ko‘paytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji har yili belgilangan miqdorlarda to‘lanadi.
Navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
Respublikaning cheklangan hududida harakatlanadigan radiotelefon (uyali) aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olingan taqdirda davlat boji miqdori qamrov hududidagi aholi soniga mutanosib ravishda har mingta yashovchiga BHMning 5,85 baravari hisobidan belgilanadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling