13-modda.Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari
Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining operatorlari va provayderlari litsenziya
asosida
barcha
foydalanuvchilarga
cheklanmagan
tarzda
telekommunikatsiyalarning
universal
xizmatlarini belgilangan sifatda ko’rsatadilar.
Universal xizmatlarning ro’yxati va ularning sifatiga doir talablar telekommunikatsiyalar sohasidagi
maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
14-modda.Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar
Telekommunikatsiya xizmatlariga doir tariflar bunday xizmatni ko’rsatish uchun ketgan xarajatlarni
hisobga olgan holda shartnoma asosida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari uchun tariflar foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga
olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli
organ tomonidan tartibga solib turiladi.
LexUZ sharhi
Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: «Telekomunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga
solish tartibi to’g’risida»gi
Nizom
(ro’yxat raqami 959, 18.08.2000 y.).
Favqulodda tezkor xizmatlarni (yong’inga qarshi, militsiya, tez tibbiy yordam, gaz tarmog’ining avariya
xizmati va boshqa xizmatlarni) chaqirish barcha foydalanuvchilar tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Favqulodda tezkor xizmatlarning ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003 yil 19 dekabrdagi
359-son buyrug’i bilan tasdiqlangan «Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog’ida telefon aloqasi
xizmatlarini ko’rsatish»
Qoidalari
(ro’yxat raqami 1323, 15.03.2004 y.)
15-modda.Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so’zlashuvlari, telegraf
Do'stlaringiz bilan baham: |