1-modul. Fanga kirish, predmeti, O’qitish maqsadi va uslublari. Kinematikaning fizik asoslari. Reja: 1


Download 346.9 Kb.
bet5/9
Sana20.12.2022
Hajmi346.9 Kb.
#1038956
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul Fanga kirish Kinematikaning fizik asoslari (2)

1.2 – rasm.

Ixtiyoriy trayektoriya bo‘ylab harakatlanayotgan moddiy nuqtani kuzataylik. Kuzatishni moddiy nuqta
A nuqtadagi holatidan boshlaymiz.
Biror t vaqtdan keyin moddiy nuqta V nuqtaga kelib qolsin, u S yo‘lni o‘tadi (1.2-rasm). Moddiy nuqtaning boshlang‘ich (A) va oxirgi (V) vaziyatlarini ifodalovchi r va r0 radius vektorlar ayirmasi
(1.3)
vektor moddiy nuqta ko‘chishini xarakterlaydi. Moddiy nuqta ko‘chishining shu ko‘chishni o‘tilgandagi vaqt oralig‘iga nisbati harakatning o‘rtacha tezligi o‘r deyiladi. (1.4)
Vaqt oralig‘ini cheksiz kichraytira borsak, ya’ni t0 deb olsak, (2.4) ifoda intilgan limitni moddiy nuqtaning oniy tezligi yoki haqiqiy tezligi deb ataladi.
(1.5)
To‘g‘ri chiziqli harakatda ko‘chish va bosib o‘tilgan yo‘l S bir xildir, u holda:
(1.6)
Shunday qilib, moddiy nuqtaning tezligi vektor kattalik bo‘lib, u radius vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida, moduli esa yo‘ldan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida ham aniqlanishi mumkin.
Moddiy nuqtaning harakat tezligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, uning harakati tekis harakat deyiladi; aks holda harakat o‘zgaruvchan harakat deyiladi. O‘zgaruvchan harakatda tezlik o‘zgarishini xarakterlash uchun tezlanish deb ataluvchi fizik kattalik kiritiladi. Moddiy nuqtaning tezligi t vaqtda  = 2 - 1 ga o‘zgarsa, uning tezlanishi
(1.7)
ifoda bilan aniqlanadi. Demak, tezlanish - moddiy nuqta tezligining vaqt birligi davomida o‘zgarishini xarakterlaydigan vektor kattalik bo‘lib, u tezlik vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila yoki radius vektoridan vaqt bo‘yicha olingan ikkinchi tartibli hosila tarzida ifodalanadi.

Download 346.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling