Dinamik moment mexanizmning harakatdagi massalari tufayli yiilgan kinetik energiyani aniqlaydi.
Aylanayotgan massalarning, elektr yuritmani tezlanishi natijasida olayotgan yoki uning to„xtatilishi natijasida
berayotgan quvvati
P
din
= dA/dt = J
(d
/dt)
Ifodani
bo„lish orqali, dinamik moment uchun ifoda olinadi
M
din
= P
din
/
= J(d
/dt)
Dinamik moment, elektr yuritma harakatini tezlashishi yoki sekinlashishi natijasida xosil bo„ladi va taosir
qiladi. Burchak tezligining o„zgarishi xam shu moment xisobiga amalga oshiriladi.
Elektr yuritma mexanik qismining strukturaviy sxemasi.
Elektr yuritma ishlab chiqarayotgan mexanik energiya, ishchi mashina va mexanizmlarning turli ijro organlariga
uzatiladi (konveyer yoki transorter lentasi, tokarlik dastgoxining valiki, lift kabinasi, radioteleskop antennasi va
boshqalar) va zarur bo„lganda esa ijro organini ish rejimga qo„yiladigan texnologik talablarga muvofiq ravishda
rostlanadi. Olingan energiya xisobiga ijro organi, kerakli mexanik xarakatni amalga oshiradi, shu bilan birga ishlab
chiqarish va texnologik operatsiyalarni bajarishni taominlaydi; yuklarni tashish, detallarni qayta ishlash, suyuqlik
yoki gazlarni uzatish, samoviy jismlarni kuzatish va boshqalar.
Har qanday elektr yuritmaning (EYu) asosiy elementi elektr dvigateli (ED) xisoblanadi, u elektr energiyani
(EE) mexanik energiyaga (ME) o„zgartirishni taominlaydi.
ED va ijro organining (IO) harakatlarini moslashtirish uchun mexanik uzatuvchi qurilma (MUQ) xizmat qiladi,
u dvigatel xosil qilayotgan mexanik energiyani ko„rinishini va ko„rsatkichlarini o„zgartiradi. ED ni harakatlanuvchi
qismi (rotor), MUQ va IO elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |