1-modul: ta’limni tashkil etish masalalari 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish reja
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Download 201.64 Kb.
|
1-MARUZA mutaxasis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformatsiya jarayonlari boshlandimi
ECTS talablari: dastlabki qadamlar
Yuqorida taʼkidlanganidek, anʼanaviy oʻqitish tizimining salbiy jihatlaridan voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish boʻyicha dastlabki qadamlar qoʻyilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy taʼlim muassasasida kredit-modul tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu tizimni yaratishga safarbar etilyapti. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan, aynan kredit-modul tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan seminarlar tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtgan 10 ta oliy taʼlim dargohiga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzolaridan bir nafardan ekspert maslahatchi sifatida biriktirib qoʻyilgan. Mazkur jarayonlarni toʻlaqonli amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasida tegishli boʻlinmalar ham tashkil etilyapti. Transformatsiya jarayonlari boshlandimi? Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, universitetda bakalavriyat bosqichida bir semestrda oʻqish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda oʻqish haftalari soni 144 tani, attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy taʼtillar bilan hisoblaganda jami 204 haftani tashkil etmoqda. Barcha taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar oʻquv rejalarida har bir bosqichda fanlar ikki qismga, yaʼni asosiy va tanlov fanlariga ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60 kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni toʻplash majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida maʼruza, amaliy hamda laboratoriya mashgʻulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat, mustaqil taʼlimga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim boʻladi. Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Download 201.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling