1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Download 5.9 Mb.
bet38/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Somon bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar.



  1. O`yinchoqlar tayyorlashda foydalanish uchun somonni tayyorlash



  1. Somondan o`yinchoq namunalari

Somondan applikatsiya


O`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar.

Xalq ustalarining sopol va chinnidan yasagan buyumlari:


1 – skopin sopoli (Ryazan viloyati); 2 – dmitrov chinnisi (Moskva viloyati)

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Tabiiy xomashyolar deganda nimalar nazarda tutiladi?

  2. Mahalliy xomashyolar haqida ma’lumot bering. 3.Ish joylarini to`g`ri tashkil etish talablari qaysilar.

  3. Turli materiallar bilan ishlash qoidalarini tushuntiring. 4.Materiallarning hayotdagi ahamiyatini misollar asosida

izohlang.
5.Kasb-hunar o`rgatish omillari qaysilar v anima uchun?

10-MAVZU. PLASTILIN VA LOY BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI


Reja:

1.Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma’lumot. 2.Plastilin va loyning tarkibi va xususiyatlari.



  1. Plastilin va loyga ishlov berish usullari.

  2. Plastilin va loy bilan ishlash darslarida ish o‘rnini tashkil etish talablari.

  3. Plastilin va loy bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi. 6.Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-gigienik talablar.



Mavzuga oid tayanch tushunchalar:


Kulolchilik va haykaltaroshlik, plastillin va loy, plastillin va loyning tarkibi, xususiyatlarii, , plastillin va loyning ishlatish usullari, plastilin va loy bilan ishlash darslari, sanitariya-gigienik talablar

Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash mashg’ulotlarining maqsadi va vazifasi bolalarning haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan tanishtirish va amaliy ishlashga o’rgatish ularda bu qadimiy hunarga qiziqishlarini oshirish nazarda tutadi. Bunday mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish va o’tkazish har bir o’qituvchidan mazkur soha bo’yicha ma`lum tayyorgarlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar o’z ustlarida ko’proq ishlashlari, xaykaltoroshlik va kulolchilik asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi.


Haykaltaroshlik tasviriy san’at ichida eng qadimgi san’atdir. San'atning haykaltaroshlik turining xususiyati tasvirning hajmli plastik formasidir. Odamlar hali yozish va surat solishni bilmagan chog’lardayoq yopishqoq materiallardan odam va hayvon gavdasiga o’xshash shakllarni yasashga harakat qilganlar.
Haykaltaroshlikning bosh ob’ekti – odamdir. Haykaltaroshlik odamni turli-tuman kayfiyatda ifodalay oladi: odamning figurasini, chehrasini, murakkab kechinmalarini, kayfiyat, xarakterni ko’rsatishi, odamning ichki dunyosi, intilishi, ehtirosi va umidlarini hikoya qilishi mumkin.
Haykaltarosh o’z g’oyasini avval qog’ozda aniqlab oladi: suratini chizadi, qismlar joylashishini tuzadi, massa va hajmlar nisbatini qidiradi. So’ngra esa yasay boshlaydi. Metalldan ishlangan qattiq plastinka (karkas) ustiga to kerakli tasvir paydo bo’lmaguncha gil yoki plastilin chaplaveradi. Bunda hajm doim kattalashaveradi, haykalraroshlar tili bilan aytganda, “o’saveradi”. Shu sababli haykaltaroshlikni plastic san’at deb ataladi (grekcha “plastika” so’zidan, ya’ni “yasamoq” demakdir).
Haykalni toshdan yoki yog’ochdan ishlansa, uni yopishtirib yasamaydilar, tarashlab yoki chopib yasaydilar. Shu sababdan haykaltaroshlikni ba’zan o’ymakorlik deb ham ataydilar.
Haykaltarosh odam obrazini yaratar ekan, odamning tana tuzulishini kuzatadi, materialning yuzasiga shunday ishlov beradi, hajmini shunday yasaydiki, har bir muskul, tananing har bir qismi boshqalari bilan garmonik suratda uyg’un bo’ladi. Shu tariqa haykaltarosh o’z ijodiga ko’p bilim, aql, ko’pgina his-tuyg’u, mehnat sarflaydi.
Mo'ljallanishiga ko'ra xaykaltaroshlik monumental, monumental dekorativ hamda stanokli turlarga bo'linadi. Monumental haykaltaroshlik asarlari haykallar, monumentlar va byust- monumentlardir. Ular jamoat joylarida va asosan ochiq havoga o'rnatiladi. Monumental-dekorativ haykaltaroshlik shaxarlar, istirohat bog'lari arxitekturasini, turar joy va idora binolari inter'erini bezaydi. Xotira taxtalari, xotira komplekslari hamda istiroxat bog'i haykallari statuylar, byustlar, favvoralar, dekorativ guldon kabilar ham shu bo'limga taalluqlidir. Stanok haykaltaroshligida odatda intererni bezaydigan cho'yan, yog'och, bronza, chinnidan yasalgan kichik statuetkalar yasaladi. Material asarning nimaga mo'l-jallanganligi hamda yaratilayotgan obrazga ko'ra tanlanadi. Plastik tasvirlar orasida aylana haykaltaroshlik yolg'iz tur emas. Undan tashqari, barelef va gorelef xam mavjud. Relef aylana haykaltaroshlikdan farq qilib, yassi satxda aks etadi. Barelef o'z hajmining yarmidan kamrog'iga, gorelef esa yarmidan ko'progiga bo'rtib chikadi. Bu haykaltaroshlik formalaridan idish-tovoq sathini, binolarning old tomoni, intsreri va shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Kulolchilik- hunarmandlikning loydan turli buyumlar tayyorlaydigan turi kulolchilikda asosiy xomashyo- tuproq. Loy qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi. Kulolchilikda asosiy qurol kulolchilik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga qarab xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) bo'lishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlangandan so'ng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar ma'lum idishlar ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashgan bo'ladilar.
Kulolchilik O'zbekistonning hamma joyida uchraydi. Ammo badiiy buyumlar yaratishda eng yirik markazlardan Rishton, G'jduvon, Shahrisabz, Xiva, Xonqa, Samarqand, Toshkent qadimdan mashhur bo'lgan. Masalan, G'ijduvon sopol idishlari o'zining rang-barangligi, pishiqligi va qatlamliligi bilan ko'zga tashlanadi. Ularda xatlami uslubida to'q jigar rang, fonida yashil, to'q sariq, to'q ko'k va qizil g'isht rangli naqshlar bir necha qatlamda berilgan bo'lib, bo'rtirilgandek seziladi.
Rishton kulollari yaratgan sirli idish va sopol buyumlar o'zining nozik va murakkab naqshlari, bo'yoqlar koloriti, ayniqsa, och ko'k kobalti va feruza rangli bir necha ohangligi bilan ajralib turadi. Hozirgi Rishton buyumlaridagi qalami uslubida yaratilgani naqshlar yirik va dekorativ xildagi ornamentli.

Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling