1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet21/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

- Ch ko`rsatkichi va -Sh ko`rsatkichi ham jamlov ko`plikni ifoda etadi. Xullas, turkiy tillarda ko`plikni ifodalovchi -lar, -ler, -sar, -sem affikslarining xarakteri haqida fikr bildirilgan bo`lsa ham, jamlov-ko`plikni ifodalovchi ko`rsatkichlar haqida yetarli darajada mulohaza yuritilmagan.Qirg’iz tilida narsalarning birdan ortiqligini ifodalashning leksik usuli namunasi sifatida mol,yilqi kush,qurol so’zlari keltirilib, ular jamlik ma’nosini ifodalanishi ta’kidlanadi.29
Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. Egalik kategoriyasi qarashlilik ma'nosini ifoda etadi. Egalik kategoriyasining shakllari uch shaxsda va birlik hamda ko`plik songa tegishlidir.
Birlik sonda
1-shaxs: -m, -mm, -im
2-shaxs: -n, -sh, -in, -g`, -gg`, -ig
3-shaxs: -g, -i, -sm, -si
Ko`plik sonda
1-shaxs: -bp, -biz, -gbp, -mbiz
2-shaxs: -np, -niz, -shiz, -iniz, -g`gz, -ig`iz
3-shaxs: -m, -i, -sm, -si
Egalik kategoriyasinikg shakllari qaratqich kelishigi shakli bilan chambarchas bog`liq. Egalik shakli bilan qo`llangan so`z oldida juda ko`p hollarda qaratqdch kelishigidagi so`z keladi. Ular belgili yoki belgisiz holatda bo`lishi mumkin. Masalan: (mening) uyim, (sening) uying, (uning) uyi; kitobxonlar uyi. Shuning uchun ba'zi tadqiqotchilar egalik kategoriyasini qaratqich kelishigi bilan bog`liq xolda o`rganadilar. Ularning fikricha, dastlab turkiy tillarda prefiks va qaratqich kelishigining yo`qligi egalik shakllarini keltirib chiqargan30 .
Egalik shakllari kishilik olmoshlari asosida shakllangan. Masalan: men-m, sen-ng, biz-miz, siz-ngiz kabi. Shuning uchun ham egalik affikslari bir vaqtning o`zida shaxs va son ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, uyim so`zidagi -im birinchi shaxs birlik sonni ifoda etadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari haqida gapiring.
2. Ko’plik shakli qanday taraqqiy etgan?
3. - z ko`rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida nechanchi shaxs ko`plikni ifodalaydi?
4. Egalik shakllari bilan kishilik olmoshlari munosabatini tahlil qiling.



Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling