Fe’lli so`z birikmasi tizimida bosh bo’lak vazifasini fe’l turkumiga oid so’zlar bajaradi,ya’ni uning komponentlari ravish, ravishdosh, sifatdosh va fe'llardan iborat bo`ladi. Fe’lli birikma tizimidagi qo’shimchalar tobe so’zning hokim so’zga bog’lab kelish shakllariga ko’ra bitishuvli va boshqaruvli birikmalarni hosil qiladi.
Bitishuvliholatini,o’rnini,paytiga munosabatini bildirib, gapda asosan hol vazifasida keladi: tez o’qimoq.
Fe’l boshqaruvi umuman so’z birikmalari tizimida katta o’rin tutadi.Fe’lli birikmalar turlicha shakllarda ifodalanadi:
Tobe bo’lak tushum kelishigidagi ot bilan.Fe’lli so’z birikmalarida tushum kelishigida yuzaga kelgan birikmalar keng ma’noda harakat qabul qilgan obyektni anglatadi: bakiri buldum(paqirni topdim – gag.),gizi sevsemdim(turm.),sanilarin maylay(chanalarini moylamoq –tuva).
Tobe so’z jo’nalish kelishigi shaklida: qirg’. medpunktke jetkirishti;
Tobe so’z o’rin kelishigi shaklida: tabg’achta adirilti.
Tobe so’z chiqish kelishigi shaklida: Nihat ruyadan uyanurmush gibi.
Xulosa qilib aytganda, otli so’z birikmalarini ham,fe’lli so’z birikmalarini ham birikish usullari,modellari juda ko’p.Agar barcha turkiy tillar misolida oladigan bo’lsak, ularning soni yanada ko’payadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlari haqida gapiring.
2. Turkiy tillarda so’zlar qanday asosga ko’ra birikadi?
3. Turkiy tillarda so’z birikmasi tiplarining ko’rinishlarini ayting.
4. Turkiy tillarda izofa konstruksiyalariga xos jihatlarni tahlil qiling.
5. So’z birikmalari qaysi jihatdan otli va fe’lli birikmalarga ajratialdi?
6. Izofa nima? Uning qanday turlari mavjud?
21 - modul: Tyrkiy tillarda sodda gap ko’rinishlari
Reja :
1.Turkiy tillarda soda gap ko’rinishlari.
2.Kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplar.
3.Kesimi fe’l bilan ifodalangan sodda gaplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |