ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” –deb alohida ta’kidlangan.
Konstitutsiyamizning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv,
o‘simliklar, hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy
boyliklardir,
uldardan
oqilona
foydalanish
zarur
va
ular
davlat
muhofazasidadir” –deb ta’kidlanadi.
Hammamizga ma’lumki, 1993-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan “Tabiatni muhofaza qilish” to‘g’risidagi qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunda qanday mutaxassis tayyorlashdan qat’iy nazar barcha o‘rta va oliy
o‘quv yurtlarida fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish
huquqini ta’minlash uchun ekologik o‘quvning majburiyligi belgilab qo‘yildi.
Chunki ekologik ta’lim va tarbiya yoshlarda ekologik ongni shakllantirishda,
insoning tabiatga va biosferaga bo‘lgan yangicha munosabatlarini yaratish muhim
o‘rin tutadi. Qolaversa, mustaqil respublikamizda ekologik madaniyatli, o‘z
Vataniga va eliga xizmat qiladigan yetuk, komil va barkamol insonning
shakllanishiga katta ko‘mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |