23406 Hukumat kreditlari bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumat kreditlari bo‘yicha olingan foizli daromadlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan summalar hamda noto‘g‘ri olinganligi sababli qaytarilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23407 Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yagona soliq to‘lovi uchun Respublika budjeti daromadiga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga va tegishli budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
23409 Yer va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjetining daromadlari
Hisobvaraqning maqsadi: yuridik shaxs bo‘lgan va yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan yer va yagona yer soliqlari bo‘yicha respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yer va yagona yer soliqlari uchun respublika budjeti daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
23410 Hukumat subsidiyalari fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat qarori bo‘yicha respublika budjetidan qishloq xo‘jaligini, yengil sanoatni va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini dotatsiya bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida narxlarni barqarorlashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumat topshirig‘i bo‘yicha hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |