23508 Pulli xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: pulli xizmatlar (kommunal to‘lovlardan tashqari) bo‘yicha plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23510 Savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda kelib tushgan savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir savdo tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23514 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda boshqa to‘lovlar (olingan kreditlar va ularning foizlarini to‘lash, homiylik, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yordam ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |