1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar


Download 1.01 Mb.
bet232/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

44700 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701 Sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga va boshqa banklarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar hamda sud jarayonidagi kreditlar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44800 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801 Davlat xazina veksellariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44805 Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44809 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44817 Yevroobligatsiyalarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44894 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqnnng ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar (davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar)ga qilingan investitsiyalar bo‘yicha bankning foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyapar bo‘yicha ishlab topilgan foizlar va diskontning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar, mukofotning amortizatsiya qilingan va xarid qilish xarajatlari summasi aks ettiriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling