1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari


Download 1.01 Mb.
bet55/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

10709 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida hisobdan chiqarilgan O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxonalarining qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qarz qimmatli qog‘ozlarining turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10715 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarning qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olgan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, yevroobligatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yevroobligatsiyalar nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalar turi va muddati hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling