1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet94/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

13209 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13201 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 13205 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 13299 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
13299 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling