144) “Engel egri chiziqlari” deb nimaga aytiladi?
Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o‘zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
145) “Narx-iste′mol” chizig`i nimani ifodalaydi?
Narx – iste’mol chizig’i naflilik darajasi o’zgarmaganda tovarlarning narxi o’zgarishi bilan iste’molchining tanlov majmualari bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini aks ettiradi. Bu holatda iste’molchining daromadi o’zgarmas deb qaraladi va tovarlarning birortasining narxi o’zgarganda iste’mol tarkibining o’zgarishi kuzatiladi.
146) Daromad samarasi qanday holatda yuz beradi?
Daromad samarasi - bu ne’mat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir.
Ne′matlar narxini o`zgarishiNe′matlar narxini nisbiy o`zgarishi Xarid quvvatinio`zgarishi Ne′matni iste′mol qilish hajmini o`zgarishi Iste′molchi daromadini o`zgarishi Iste′mol tarkibini o`zgarishi Iste′mol hajmini o`zgarishi Almashtirish samarasi Daromad samarasi Talab o`zgarishiga ta′sir korsatish Daromad samarasi iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko‘rsatadi va u bir byudjet chizig‘idan boshqa byudjet chizig‘iga iste’molchining optimal tovarlar majmuasiga o‘tishini aks ettiradi.
147) Almashtirish samarasi qanday holatda yuz beradi?
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o‘zgarmaganda, tovarlar narxi o‘zgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlariga talab tarkibining o‘zgarishidir. Almashish samarasi X ne’mat narxini o‘zgarishi natijasida Y ne’matni qo‘shimcha Xne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig‘I TU1 bo‘yicha bo‘ladi.
148) Yakka va bozor talabi qanday farqlanadi?
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |