1. Monopoliya va uning vujudga kelishi. Monopoliyalarning turlari
Download 26.53 Kb.
|
мустакил иш Микроиктисодиёт
REJA: 1. Monopoliya va uning vujudga kelishi. 2. Monopoliyalarning turlari. 3. Monopoliyani tartibga solishning. KIRISH
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi. Iqtisodiy sub'ektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlar, ya'ni ijtimoiy, siyosiy, huhuqiy, ma'naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyusion yo’l bilan vujudga kelgan.Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan,quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqa ruvchi qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona (korporasiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi. Monopoliya va uning vujudga kelishi. Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3 «Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib oli- nayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendcnsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi. Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni. korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir. Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi. Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida Ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi. Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot Ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi. Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi: • tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqyega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi; • yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'Iadi. • Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi: • davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi: • banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi. Monopoliyalarning turlari. Monopoliyalarning mohiyatini oshib berishda uning turlarini ko’rib shiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nesha mezonlarga ko’ra ajratish mumkin. 1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra: sofmonopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab shiqaruvshi yoki sotuvshining narx va ishlab shiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston havo yo’llari» DAK, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab shiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o’z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab shiqaruvshisi hisoblanadilar. SHuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab shiqaruvshilar sonining ko’payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab shiqaruvshi yoki sotuvshilar soni ko’p hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab shiqaruvshi yoki sotuvshi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab shiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko’plab mebelь, kiyim-keshak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab shiqaruvshilarini keltirish mumkin. Oligopoliya – tarmoqdagi bir nesha yirik ishlab shiqaruvshi yoki sotuvshining narx va ishlab shiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.Oligopolist-ishlab shiqaruvshilarga O’zbekistonda tsement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg’un) va Boysun (To’da) tumanlarida joylashgan) ishlab shiqarishni misol keltirish mumkin. Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab shiqaruvshi yoki sotuvshilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molshisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab shiqarishda zarur bo’lgan ko’plab ehtiyot va butlovshi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab shiqaruvshilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi. 2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya. Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab shiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. SHuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o’ziga xos texnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab shiqarish turlari ham kiritiladi. Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvshi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab shiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri keluvshi xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. SHu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab shiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi. Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvshi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvshi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin: 1) patent tizimi – bu ixtiroshi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovshi hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi; 2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabelь orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi; 3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo’yisha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvshi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish ushun) nomi. Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o’zgartiradi, ya’ni: - bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik ushun turli to’siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); - ishlab shiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga shiqishiga imkon bermaydi; - ishlab shiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvshi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi; - o’z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatshilarni bozordan siqib shiqarishga harakat qiladi. Sun’iy monopoliyalar kartelь, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi. Kartel – bitta sanoat tarmog’idagi bir nesha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokshilari ishlab shiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab shiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokshining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yisha kelishuv asosida amalga oshiriladi. Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab shiqaruvshi bir nesha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab shiqarish vositalariga mulkshilik birlashma ishtirokshilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab shiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. Trest – ishlab shiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovshi ishlab shiqaruvshilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi. Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish). Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ishiga oluvshi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab shiqarish faoliyatini bosqishma-bosqish ravishda amalga oshirish ushun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokshilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan. Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvshi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoniasosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi: 1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi; 2) monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvshi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab shiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish ushun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko’rsatish mumkin: 1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; 2) daromadlardagi tengsizlikning kushayishi; 3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi; 4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Bundan ko’rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ansha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. SHunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barsha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish shora-tadbirlari qo’llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Monopoliyani tartibga solishning asosiy modellari Monopoliyaning o`sishi, uning raqobatga ta`siri bozorning shakllanishini o`zgartiradi. Bu quyidagi jadvalda o`z aksini topgan. 2-jadval Bozorning asosiy modellari Belgilari Raqobat va monopoliyaga qarab bozor modeli sof raqobat sof monopoliya Monopoliyali raqobat Oligopoliya Firmalar Soni juda ko`p bitta ko`p bir nechagina Mahsulot turi standartlashgan yagona, o`xshashi yo`q Tabaqalashgan Standartlashgan yoki tabaqalashgan Baho nazorati Yo`q ta`sirli qisman cheklangan Kirish sha roiti Juda oson o`rab olin gan nisbatan engil Ta`sirli to`siqlar mavjud Narxsiz raqobat yo`q deyarli yo`q sifat, reklama, savdo tamg`alari kabilarga e`tibor katta - juda keng qo`llaniladi Jadvalda raqobat va monopol ahvolga qarab to`rt bozor modeli bo`lishi ko`rsatilgan. Sof raqobat modeli asosan yuqorida qayd qilingan sharoitlarga mos keladi. Bunda baho shakllanishi to`la erkin holda yuz beradi va sotuvchilar, xaridorlar juda ko`p bo`ladi. Bularning kelishib olib ish tutishlari, ozchilikning bozorda hukmini o`tkazishi, bir qism sotuvchilarning bahoni o`zgartira olishi mumkinligining imkoni bo`lmaydi. Ilgarilari asosan shunday bo`lgan bo`lsa ham keyingi vaqtlarda bozor sharoitlari o`zgarib, deyarli sof raqobat ta`kidlab o`tilgan darajada bo`lmaydi. Bunga e`tibor berishning sababi shuki, hozirgi vaqtda ham bir necha tarmoqlardagi raqobat shu modelga xosdir. Shu bi-lan birga sof raqobat oddiy holatni aks ettirib, bunda "daromad" va "xarajatlar" tushunchalaridan yaxshi foydalanish mumkin. Sof monopoliyani olsak, bundagi eng muhim narsa mahsulot ishlab chiqarishning bir firma ixtiyorida bo`lishi va uning o`rnini oluvchining yo`qligi, ya`ni haqiqatan ham bozordagi tanholikdir. Chunki, monopoliyaning barcha xususiyatlari shundan kelib chiqadi. Bu modelning to`rt muhim tomonini ko`rsatish mumkin: 1) sotuvchi yakka, tarmoqning tengdoshi yo`q, chunki firma yakkayu-yagona; 2) sotiladigan mahsulot juda yuqori darajada bo`lib, undan yaxshirog`i yoki uning o`rnini bosadigani yo`q (ko`pincha ba`zi xomashyo va yangi mahsulot ta`minotchilariga xos); 3) monopolist bozorga o`z hukmini o`tkazadi, bahoni nazorat qiladi, tovarning bozorga kelishini o`z qo`lida ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar uchun bozorga kirish yo`li to`la to`siladi. Bunda uning yagonaligi ish bersa, zaruriyat tug`ilsa, sun`iy to`siqlar ham ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent, litsenziyalardan to`la foydalanish mumkin. Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko`rib chiqaylik. Bunda tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo`lmay, bozorda nisbatan ishlab chiqaruvchilar ko`p bo`ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo`lmay, farqlanadi. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo`lmay, o`nlab bo`lsa etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir xil tovarlar bozorga olib chiqilsa, bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki turlilik mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo`lgani tufashga iste`molchining bularga munosabati narx-navoga bog`liq bo`lmaydi. Aytaylik, vinolarning alohida xillari yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim modalarida buning o`rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo`lgan ta`sir va munosabat faqat baholar orqali bo`lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e`tibor berish yo`li bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo`lib hisoblanadi. Bu modeldagi bozor, ya`ni monopolli raqobatning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, tarmoqqa kirish va ma`lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko`chadi. Bunday bozor ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo`lmay, nisbatan katta bo`lmagan firmalar bo`lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag` talab etilmaydi. Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi, degan savol tug`ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi, sotuvga chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o`ziga xos monopol egalikning mavjudligi bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona bo`lmay, yana boshqalarning bo`lishi va tarmoqqa kirish erkinligi mavjud bo`lishiga qaramay, o`z tabaqalashgan tovari yoki xizmatiga o`zi baho qo`yish imkoniga ega bo`ladi. Bundan tashqari bu bozorda mayda va o`rta ishlab chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham hozirgi zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz ko`rayotgan monopolli raqobat ustunlik qiladi. Keyingi model — oligopoliya bo`lib, raqobatda ishtirok etuvchilarning ozchilikni tashkil etishi bilan farqlanadi. Agar bozordagi raqiblar ko`pchilik bo`lmay, juda ozchilikni tashkil etib, miqdori o`ndan oshmasa, buni oligopoliya deyiladi. Bu taxminan sof monopoliya va monopolli raqobat o`rtasidagi bozor modelidir. Aytaylik, AQShdagi avtomobil sanoatida uch yirik firma hukmronlik qiladi; "Djeneral motorz", "Ford" va "Krays-ler". YAponiyada ham bir nechta gigantlar mavjud. Shularga o`xshagan gigantlarning bozordagi hukmronligi oligopoliya mazmuniga ega bo`ladi. Oligopollar bir xil yoki tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqarishi mumkin. Bir xillilik ko`pincha xomashyo va yarim fabrikatlar bozoriga xosdir. Aytaylik, ruda, neft, po`lat, tsement, texnik spirt kabilar. Tabaqalashtirish asosan iste`mol buyumlariga xosdir. Albatta ozchilikni tashkil etgan firmalarning bir birlari bilan kelishuvi juda oson. Ular monopol baho, bozorlarni bo`lib olish va raqobatning boshqa tomonlariga osonlikcha ta`sir etib, uni chegaralay oladilar. Shunday qilib, oligopoliya sof monopoliyaga yaqinlasha oladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, oligopol bozordagi raqobat ishlab chiqarish kontsentratsiyasiga bog`liqdir: ular ko`p bo`lsa, ya`ni ko`p sonli firmalar mavjud bo`lsa, raqobat ta`siri kuchliroq bo`ladi, agar firmalar oz sonli bo`lsa, raqobat zaiflashadi, monopollik ustunlik qiladi. Oligopol bozorning rivojlangan raqobatdan muhim farqi shuki, u baho harakati bilan bog`langandir. Raqobat bozorida baholar to`xtovsiz va tez-tez o`zgarib tursa, oligopol bozorda baho juda kam o`zgarib, ancha turg`unlikka ega bo`ladi. Baholarni etakchi firma bo`lsa, belgilaydi qolganlari uning ketidan ergashadilar. Shunday qilib, raqobat va monopoliyalar ta`siri ostida bozor modellari turliligi to`g`risidagi umumiy tu-unchalar bilan tanishib chiqdik. Endi yuqorida aytganimizdek, sof monopoliyaga qaytib, bahoning shakllanishi va umuman unga xos ba`zi muhim tomonlarni to`laroq ko`rib chiqaylik. Bunda harakatlar, baho va daromadlar o`zgarish chizig`idan foydalanamiz. Sof raqobatli bozor sharoitida elastik, ya`ni o`zgaruvchan talab mavjud bo`lib, talab chizig`i pirovarddagi daromad chizig`iga to`g`ri keladi. Monopolistning talab chizig`i tarmoqlar talab chizig`iga mos keladi, shunga ko`ra u pasayish xususiyatiga ega. Bunda birinchi sotilgan yuqori bahodagi tovarga nisbatan keyingilarining bahosi pasayib boradi. Daromad ham shu tarzda bo`ladi. Ammo shu narsani ham e`tiborga olish kerakki, doimo baho hisobiga daromad olib bo`lmaydi. Bahoning ko`tarilishi hamma vaqt monopoliya uchun foydali deb bo`lmaydi. Uning uchun eng ma`qul yo`l ishlab chiqarishni o`stirish va taraqqiy ettirishdir. YAkka firma mavjudligi va sof monopoliya sharoitida raqobat yo`q bo`ladi, - deb bo`lmaydi. Chunki, bu firma resurslar, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi bozorida xaridor sifatida raqobatga uchraydi. Jahon bozori ichki bozordan farqlanadi. Aytaylik, AQSh yirik avtomobil kontsernlari YAponiya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsiya kabi mamlakatlar avtomobil firmalari bilan raqobat kurashida bo`ladilar. Bularning hammasi monopoliyaning sof mazmunini inkor etmaydi va aksmonopoliya siyosatini qo`llash talab etiladi. Bu siyosat Xg`X asrning oxiridayoq boshlangan bo`lib, hozirgacha takomillashib kelmoqda. Davlatning monopoliyalarga qarshi birinchi qonuni antitrest qonun 1890 yilda AQShda chiqarilgan bo`lib, bu "Sherman qonuni" deb atalgan. Bu qonun keyinchalik bir necha bor qayta qo`rib chiqildi. Bunday qonunlar ko`pchilik bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga mansubdir. Bizning respublikamizda monopoliyadan chiqarish qo`mitasi bor va uning asosiy vazifasi monopoliyaga qarshi kurashishdir. -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: bular ishlab chiqarish tarkibini boshqarish, aktsiyalarni sotib olish me`yorini belgilash, baholarning taklif va talab muvozanati darajasini ta`minlashga qaratilgan choralar kabilardir. a) Ishlab chiqarish tarkibini belgilashga oid choralar korporatsiyalar uchun shu xil mahsulotlarning yarmidan ortig`ini ishlab chiqarish mumkinligi va nazorat qilishdan iborat. b) Yirik korporatsiyalar ishtirokchilarining aktsiyalar sotib olish hajmi chegaralanadi. Bunda aktsiya bir korporatsiya ixtiyoriga o`tishi bilan monopollashuvga olib bormasligi e`tiborga olinadi. Chunki, ko`p miqdorda aktsiya sotib olish yo`li bilan tarmoq ustidan nazorat miqyosini kengaytirishga yo`l qo`yilmaydi. Agarda biron bir korporatsiya boshqalar aktsiyasining asosiy qismini sotib olsa, qo`shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu tarmoqda raqobat ta`sirining so`nishi yuz beradi. v) Baho sohasida kelishib olishga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan choralar akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to`g`risida shartnomalar tuzib monopoliya yuzaga kelsa, buni kartel deyiladi. O`z vaqtida bu Germaniyada juda avj olib, hatgo Germaniya "Kartel mamlakati" deb atalgan edi. Al-batta bozorlarni taqsimlab olib, bir xil baholar ustida kelishib olish iste`molchilarning manfaatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va zarar keltiradi. Aksmonopol qonunlar raqobat sharoitini yaratish va erkin iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning bo`lishida emas, balki ularning ijrosini ta`minlash, nazorat qiluvchi organlarning takomillashuvidadir. Shunday amaliy nazorat ostida samarali ishlab, xaqiqiy bozor raqobati ta`minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni tug`iladi. Bunday ahvolni ko`pchilik bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda ko`rish mumkin. Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa bir qancha mamlakatlarga taalluqlidir. Monopoliyalar mavjud bo`lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash olib borilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda bozorning shakllanishi, raqobat sharoitini yaratish uchun harakat qilinadi. Bunday mamlakatlarda, ayniqsa totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo`q qilish asosiy maqsad bo`ladi. Shunga e`tibor berish kerakki, raqobat shakllangan mamlakatlarda davlatning faol harakati raqobatni takomillashtirishga qaratilsa, bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda raqobatni shakllantirishga qaratiladi. Davlatning raqobat sharoitini yaratishdagi faoliyati nodavlat xo`jaliklarini ko`paytirish, davlat xo`jaliklarini esa bozor munosabatlari tasiriga moslash mazmunida bo`ladi. Borgan sari davlat mulki hisobiga boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga ko`pchilikni jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini yaratish, tijorat kreditlarini kengaytirish, xo`jalik faoliyatlarini ma`muriy ta`sirlardan ozod etish, tadbirkorlikni ta`minlash kabi raqobat uchun zarur sharoitlarni shakllantirib borishda albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur. Raqobat usullarini qo`llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga bog`liqdir. Masalan, tovarga to`yingan bozor va uning aksi bo`lgan to`yinmagan bozor bo`lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O`zbekiston va bunga o`xshash respublikalarda tovar (xizmatlar) mo`l-ko`lligi hali ta`minlanmagan. Bunda erkin tovar tanlash imkoni yo`q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda baho raqobati juda qo`l kelishi mumkin. Chunki, bahoning talab o`zgaruvchanligiga ta`siri kuchli bo`lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar ko`payib boradi. Bahoni pasaytirmaydigan, shuningdek, bahoning harakat xususiyatini o`z vaqtida payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi turgan gap. Tovarlarga to`yingan bozorda esa tovar (xizmat) turlari serob, tanlab xarid qilish uchun imkoniyat juda keng bo`lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda daromadi puldorlar ko`pligi, bahoga e`tibor kuchli bo`lmaganligi umumiy bozor holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir qanday bo`lmasin sog`lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi bo`lib, aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak. Aksmonopoliya siyosatining ta`siri haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash va monopol harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta`sirini kuchaytirishni talab etadi. Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy harakatlari bilan to`ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo`jalik ishtirokchilari bir xil tenglikka ega bo`lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab chiqarish yaratilib, mayda va o`rta korxonalar uchun soliq sohasida ma`lum imtiyozlar bo`lmog`i zarur. Bozor munosabatlari ta`siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o`z mazmunini Xulosa Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Miliy iqtisodiyot rivojlanishi, uning barqaror o’sishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanoshini ta’minlash yo’lida bir necha strategiyalar qo’llanadi. Makroiqtisodiyot – iqtisodiyotni bir butun holda o’rganadi va ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o’sish, to’lov balansi barqarorligi, davlat budjeti, davlat qarzi kabi hozirgi zamon iqtisodiyotining muhim muammolarini tadqiq qiladi. “Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomhayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko’rib chiqildi. Amaliy natijakorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohatlarning bosh maqsadi etib belgilansin”. Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shug’ullanishi mumkin va lozim bo’lgan yagona institutdir. Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish qobiliyati sifatida ta’riflashadi. Mikrodarajadagi raqobatbardoshlik omillarning ikkita guruhi bilan aniqlanadi: milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi, shuningdek, makroiqtisodiy biznesmuhitning sifati bilan. Forum ma’ruzasining mualliflari firmalar darajasidagi raqobatbardoshlikni to’rtta asosiy omil bilan bog’laydilar: resurslar, tashqi raqobat, talab, tarmoqlararo aloqalar. Bunda firma ichidagi menejment, marketing, harakat strategiyasi («tadbirkorlik muhitining sifati») ham muhim hisoblanadi. Jahon iqtisodiy forumining ma’lumotlariga asoslangan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlik muhitining omillari umuman mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish dinamikasiga eng katta ta’sir ko‘rsatdi (60 foiz) . Janubi-Sharqiy Osiyo YaSM (yangi sanoatlashgan mamlakatlari)ning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning jadal iqtisodiy o`sishining muhim shartlaridan biri bo‘lib aynan davlat - biznes aloqasining mavjudligi hisoblanadi. M.Porterning ta’kidlashicha, firmalarning raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy o‘sishi darajasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Tadbirkorlik muhiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng muhim omillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ichki bozorda raqobatning jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab hususiyatlarining murakkablashuvi va ichki taklifning miqdor va sifat bo‘yicha talabga mosligi. Raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari bo‘yicha orqada qolish O‘zbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak asosiy rolni o‘ynashi mumkin. Resurslar va daromadlarga bo‘lgan mulkchilikning nodavlat huquqlari institutini rivojlantirish uchun davlat har xil ma’muriy, byurokratik. to‘siqlarga barham berish ishlarini kuchaytirish lozim, bu mayda va o‘rta biznesni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik renta hajmini qisqartirish, tadbirkor insonlar muammolari va qiyinchiliklariga katta e’tibor qaratish, zarur moliyaviy va axborot muhitini yaratishni anglatadi. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlardagi kabi respublikamizda ham hukumat tomonidan o‘rnatiladigan firmalarning bozorga kirib borishiga ruxsat berish va unda chiqish qoidalari ichki raqobat uchun asosiy institusional to‘siq hisoblanadi. Hukumatning me’yordan ortiq va qimmat turuvchi qoidalari ham korrupsiyaga ko‘maklashadi va resurslarni taqsimlash sohasida noqulay oqibatlarga olib keladi, chunki ular xodimlar va firmani norasmiy bozor sohasiga o‘tishga yoki mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladi. Uning o‘rniga bozorlarda raqobatni rivojlantirish zarur, bu uning barcha ishtirokchilari uchun imkoniyatlar tengligiga erishishga ko‘maklashadi. Davlat iqtisodiy o‘sish uchun mas’uliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z zimmasiga olmasligi kerak - bu biznesning ishi. Davlat faqat xususiy investisiyaga ko‘maklashadi. Davlat yordami o‘zini o‘zi moliyalash asosida yoki loyihalarni amalga oshirish uchun biznesning javobgarligini nazarda tutuvchi boshqa shakllarda nisbatan katta bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatiladi. Bunda moliyaviy yordam faqat har yili Rossiya korxonalarida ishlab chiqarilgan yuzlab eng yaxshi mahsulotni tanlab oluvchi tanlov singari oshkora tashkil etilgan tanlovda g’olib chiqqan da’vogarlarga ko’rsatilishi kerak. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etish uchun uzoq muddatli rejada, jahon tajribasi ko’rsatib turganidek, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishga, bilimlarni baham ko’rish va ITTKIni qo’llab-quvvatlashga hamda infratuzilmani rivojlantirishga investisiyalar davlat tomonidan tartibga solishning eng samarali choralari hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat siyosatida ustuvor yo’nalishlarni tanlab olish juda muhim. XX asrning 50-60-yillaridan farqli o’laroq davlat hozirgi sharoitda rivojlanishning uzoq muddatli ustuvor yo`nalishlarini o’zi belgilay olmaydi - tashqi muhitning ta’siri juda katta. Ustuvor yo’nalishlarni bozor shakllantiradi, davlatning vazifasi esa rivojlanishning bunday ustuvor yo’nalishlarini tezroq aniqlashga ko’maklashishdan iborat. Buni faqat biznes va o’z mintaqalarining rivojlanishidan manfaatdor bo’lgan mahalliy hokimiyatlar timsolida iqtisodiy agentlar bilan o’zaro hamkorlikda hal etishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1.O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:2017 2. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 4—6-son, 39-modda 3. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Raqobat to’g’risida. 2012 yil 6 yanvar. 4. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.:«Adolat»,2001. 2.O’zbekiston Respublikasi Prezdentining Farmon va Qarorlari 1. O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida” PF-4947-sonli farmoni 2. O’zbekiston Respublikasining Prezdentining 2017 – yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stependiyalar to’lash mexanizimini takomillashtrishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi” PF-2753-sonli karori 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni. 3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-maydagi “Davlat mulkidan samarali foydalanish va davlat organlarini turar joylar bilan ta’minlash to’g’risida” gi F-273-sonli farmoyishi 4.O’zbekiston Respublikasi Prezdent asarlari 1. I. Karimov. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”/ - T.:”O’zbekiston”, 1998. 284-285-betlar 2. Karimov I. A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda». T. «O’zbekiston», 1999 y 3. I.A.Karimov. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” .2-jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 380 bet 4. I.A.Karimov. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va islox etish. 13-jild. –T.:O’zbekiston, 2005. 5. SH.M.Mirziyoyev ,,Milliy taraqqiyot yo’limizni qa’tiyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko’taramiz’’ 6. ,,Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’, Sh.M.Mirziyoyev,O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimidagi nutq. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 5.Darsliklar 1. Shodmonov Sh.Sh., B.E Mamarahimov. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2016 – 544 b 2. Qobilov. Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 711 b. 3. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010. – 646 b. 4. O’lmasov A., Vahobov A.V.Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. – T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. – 480 b. 5. Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. Э40 заведений / Под ред. В.Д. Камаева. — 8-е изд., перераб. и доп.. M.:KNORUS, 2010. – 384 стр. 6. Нуреев Р. М. Курс микроэкономики: Учебник для вузов. —. Н90 2-е изд., изм. — М.: Издательство НОРМА, 2002. — 572 с. 7. Экономическая теория. Под ред. Добрынина А.И., Тарасевича Л.С. 4-е изд. - СПб.: 2010. — 560 с. 8. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015 6.O’quv qo’llanmalar 1. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. /12 jild. 2006 yil. 329-bet. 7.Statistik ma’lumotlar to’plami 1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi Samarali iqtisodiy siyosat markazi. O’zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh, T.: 2016. 2. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil statistik axborotnomasi, T., 2017. 3. Экономика Узбекистана. Аналитический обзор за 2016 год. Центр эффективной экономической политики T., 2017. 8.Qo’shimcha adabiyotlar 1. Журавлева, Г. П. Экономическая теория. Микроэкономика - 1, 2: Учебник / под ред. Г. П. Журавлевой. - 6-е изд., испр. и доп. - М.: Дашков и К, 2012. – 934 2. Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и сервис, 2013 3. O'lmasov Ahmadjon. Iqtisodiyot asoslari:. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi markazi. — Qayta ishlangan 5-nashri. —Ò.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.–144 b 4. Кудров В. За высокую конкурентоспособность. «Мировая экономика и международние отношения», №2, 2002. 9.Internet saytlari 1. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasining rasmiy sayti 2. www.uza.uz – O’zbekiston milliy axborot agentligi 3. www.mineconomy.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 4. www.ceep.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Download 26.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling