1. Morfema tushunchasi


Morfemalasning tabiatiga ko'ra tasnifi


Download 11.66 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi11.66 Kb.
#1007951
1   2   3
Bog'liq
Morfema-WPS Office

2. Morfemalasning tabiatiga ko'ra tasnifi.
Morfemalarni tabiatiga ko‘ra affiks, affiksoid, leksik tabiatli morfema deb uch turga ajratish mumkin. Affiks – biror qismga, jumladan leksemaga zich qo‘shib ishlatiladigan morfema (lot. affixus - biriktirilgan).
keldim birligi tarkibida qatnashayotgan -di, -m morfemalari affiksga teng, chunki -di qismi kel- qismiga, -m qismi keldi- qismiga bevosita qo‘shiladi. Affiks qo‘shiladigan qismga asos deyiladi.
Affikslar leksemaning oxiriga yoki oldiga qo‘shilib kelishiga qarab suffiks va prefiks deb farqlanadi. Leksemaning (asosning) oxiriga qo‘shiladigan affiksga suffiks deyiladi (lot. suffixus - tirkalgan). Yuqorida keltirilgan -di, -m affikslari - suffikslar. O‘zbek tilidagi affikslar - suffiks tabiatli.
Leksemaning (asosning) oldiga qo‘shilib keladigan affiksga prefiks deyiladi (lot. praefixum < prae - oldindagi, fixus - biriktirilgan). O‘zbek tili morfemalari tizimiga prefiks xos emas; lekin tojik tilidan olingan leksemalar tarkibida kirib kelib, keyinchalik o‘zbekcha leksemalarga ham qo‘shib ishlatila boshlagan ayrim prefikslar mavjud: be-, (beish- kabi), ser- (serunum- kabi).
Affiksoid deb asli leksik birlik bo‘lib, keyinchalik xuddi affiks kabi grammatik ma'no ifodalashga xizmat qilib, affiks kabi bir necha leksemalarga qo‘shilib kelish xususiyatiga ega bo‘lgan birlikka aytiladi (lot. affixoid - affiksga o‘xshash). Masalan, lug‘atimizda xona- leksemasi mavjud (katta xona kabi), shu bilan birga -xona affiksoidi ham mavjud (ishxona-, oshxona-, choyxona- kabi); noma- leksemasi ham (vassalom, noma tamom kabi), -noma affiksoidi ham (taklifnoma-, aybnoma-, ruxsatnoma- kabi) mavjud.
3. Morfemalarning vazifasiga ko'ra tasnifi.
Morfemalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra dastlab leksema yasovchilar va shakl hosil qiluvchilar deb ikkiga guruhlanadi. Leksema yasovchi morfemaning vazifasi – mavjud leksemaga qo‘shilib yangi leksema yasash, shu yo‘l bilan tilning leksik qatlamiga yangi birlik qo‘shish. Bunday usul bilan hosil qilingan leksemaga yasama leksema deyiladi. Masalan, ishchi-, ishla-, ishchan- leksemalari - -chi, -la, -chan affiks-lari bilan hosil qilingan yasama leksemalar.
Shakl hosil qiluvchi morfemalarning vazifasi – mavjud leksemaga qo‘shilib, uning turli grammatik shakllarini hosil qilish.
Shakl hosil qiluvchi morfemalar o‘z navbatida ikki xil: shakl yasovchilar va shakl o‘zgartiruvchilar.
Shakl yasovchilar leksemaga boshqa bir leksema bilan sintaktik bog‘lanish tufayli emas, balki obyektiv voqelikka ko‘ra ma'lum grammatik ma'noni ifodalash talabi bilan qo‘shiladi. Masalan, ot leksemaga grammatik son ma'nosini (ko‘plik ma'nosini) ifodalovchi -lar morfemasi obyektiv voqelikka (predmetning ko‘p ekanligiga) ko‘ra qo‘shiladi. Shakl yasovchi morfemalar keyinroq har bir turkum bayonida tasvirlanadi.
Shakl o‘zgartiruvchi morfema leksemaga boshqa bir leksema bilan bog‘lanish tufayli qo‘shiladi va o‘sha leksemaning tabiatiga ko‘ra tanlab qo‘shiladi. Masalan, tushum kelishigi morfemasi -ni ot leksemaga o‘timli fe'l leksema bilan bog‘lanish tufayli qo‘shiladi.
Shakl o‘zgartiruvchi morfema sintaktik vazifa bajaradi deyish qismangina to‘g‘ri. Masalan, kelishik morfemasi sintaktik vazifa tufayli qo‘shiladi, sintaktik vazifa ko‘rsatkichi hisoblanadi. Nisbatlovchi (egalik qo‘shimchasi) ham shakl o‘zgartiruvchi, lekin sintaktik vazifa ko‘rsatkichi emas.

Download 11.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling