2.1-Маъруза. Mikroprotsessorlar ва микроконтроллерларni yaratilish texnalogiyalari ,turlari va ayrim kattaliklari . REJA . 1. MP,МК larni tuzilishi va tashkil etuvchilari . 2. MP,МКlarni tavsiflanishi. 3. KIS ishlab chiqarish texnalogiyalarini asosiy tavsiflari. 4. Xisoblash vositalarini mikrosxemada shartli belgilanishi. - 1. MP larni tuzilishi va tashkil etuvchilari.
- MPo’rta va yuqori integratsiyalangan tranzistor, yarim o’tkazgichli va shunga o’xshash elementlardan tashkil topgan sxemalardan iboratdir. SHuning uchun ham MPning tuzilish texnologiyasi tranzistorlarning tuzilish texnologiyasidan aniqlanadi. Bilamizki, tranzistor va bloklar quyidagi texnologiyalar asosida qurilishi mumkin:
D2 - MOP - ikki diffuziyali MOP - tranzistor; I2L - integral injeksiya logika asosida; I3L - integral injeksiya izoplanar logika asosida; K - komplementarli; MDP - metall - dielektrik yarim o’tkazgichli; MOP - metall - okisel yarim o’tkazgichli; TTL - tranzistor - tranzistor logikasida; TTLSH - shotki bar’erli tranzistor - tranzistor logikasida; ESL - emmiterli bog’langan va shunga o’xshashlar. c - MPlarning tavsiflarini yaxshilash ularning texnologiyalarini o’zgartirib yaxshilab borish bilan bog’lik.
- MP yaratilish texnologiyasi bo’yicha asosan uchta avlodga bo’linadi:
- 1.r - kanal asosidagi MOP - texnologiyali;
- 2.n - kanal asosidagi komplementarli MOP - texnologiyali;
- 3.bipolyar asosidagi texnologiyali.
- Birinchi avloddagiMP (1971 y.) buyruqlarni bajarishga ketgan vaqti (10 - 20 mks) va tanlanadigan buyruqlarni chegaralanganligi, xotirasining kichikligi, adreslash turlari bilan tavsiflanadi.
- Ikkinchi avloddagi MP (1973 y.) birinchi avloddagiga nisbatan buyruqlarga sarf etilgan vaqtning kamligi (2 - 5 mks), tanlanadigan buyruqlarning ko’payganligi, xotirasining kattaligi va adreslash turlari bilan tavsiflanadi.Uchinchi avloddagi MP (1974 y.) bipolyar texnologiya asosida qurilgan. Bunday MPlar yuqori tezligi bilan tavsiflanadi (buyruqni
- bajarishga ketgan vaqt 50 - 300 mks), boshqarishi esa mikroprogramma negizidadir.
- Har xil mikroelektronika texnologiyasini qo’llash bir qancha turdagi har xil asosda qurilgan MP vositalarini qurishga imkon beradi.
- K-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K587, K588,...seriyadagi MPlar kiradi. Ular qurilmalarni juda kam elektr energiyasini iste’mol qilishini ta’minlaydi.
- n-MOP texnologiyasi asosida qurilgan MPga K580, K581, K1801 va shunga o’xshash seriyadagi MPlar kiradi. Ular eng ko’p elektron komponentlarning (sxemalarning) joylanishini ta’minlaydi.
- TTLDSH va ESL texnologiyasi asosida qurilgan MPga K589, K1802 va shunga o’xshash seriyadagi MPlar kiradi,Ular qurilmalarni yuqori tezlikda ishlashini taminlaydi (0.1mks dan kichikroq).
Do'stlaringiz bilan baham: |