1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Download 125.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqO‘RQ-700 06.07.2021
[OKOZ: 1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari] [TSZ: 1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar] O‘zbekiston Respublikasining Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 7-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatini tartibga solishdan iborat. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanadigan shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. 4-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: prezident maxsus aloqa tarmog‘i — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan himoyalangan tarzda aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida tarmoq; qo‘riqlash tadbiri — qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari kuchlarini va vositalarini jalb etgan holda ta’minlashga qaratilgan, muvofiqlashtirilgan harakatlar majmui; Download 125.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling