1. Muhabbat nomi ostida bo’ladigan ishlar muhabbat nomiga putur yetkazmoqda


Download 12.55 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi12.55 Kb.
#1640510
Bog'liq
Bedorbaxt testi


DTM uchun


1.Muhabbat nomi ostida bo’ladigan ishlar muhabbat nomiga putur yetkazmoqda.
Ushbu gapda jarangli til undoshlari qatnashgan so’zlar soni nechta?
A)6 B)7 C)8 D)9


2.Berilgan so’zlardan jo’nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shilib kela oladigan vazifadosh ko’makchilarni aniqlang.
1)ko’ra; 2)buyon; 3)tomon; 4)qaramay; 5)boshlab; 6)ko’rib; 7)qadar
A)2,3,5,6 B)1,4,5,7
C)1,3,4 D)2,4,6,7


3.Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud?
A)Xalqimiz uchun o’sha davrlarda e’tiqod,islom kabi tushunchalar yot edi.
B)Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.
C)Yo’l yoqasidagi azim yong’oqlar,sizlar ham yaxshi qoling.
D)Mevasini ko’tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi.


4.Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi,shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A)Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.
B)Ushbu gapdagi barcha fe’llar o’timsiz fe’llar sanaladi.
C)Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turigagina oid fe’llar qatnashgan.
D)Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub fe’llar sanaladi.


5.Qaysi javobda shakldoshiga ega bo’lgan asosdan yasalgan yasama so’z berilgan?
A)tushirtirmoq
B)oqimtir
C)changimoq
D)davolamoq


6.Qaysi javobda berilgan so’zlardagi nuqtalar o’rniga bo’g’iz undoshi yoziladi?
A)…ayot,…aridor
B)….iyla,…ulosa
C)sa…iy,i…tiro
D)...ushyor,…ozirjavob


7.Qaysi javobda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan?
A)Bu yer mol o’tlaydigan,bolalar chillak o’ynaydigan yer-da!
B) Yaxshi qiz,bu gaplar kitobdagina bor,xolos
C)Axir,bu muqaddas dargohda ko’plab buyuk kishilar ishlab ketganlar.
D)Nuqtadan bir qush uchar,go’yoki behush uchar.


8.Qaysi javobda ma’noli qismlari asos+lug’aviy shakl yasovchi+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so’z qatnashgan?
A)Qizg’anchiqdan sen saxovat kutma.
B)Qishloqdagi do’konlarda oziq-ovqat mahsulotlari,kiyim-kechak va hattoki yoqilg’i sotiladi.
C)Ko’z-ko’z qilma,ko’z tegar,
Maqtanchoqqa so’z tegar.
D)Farangiz, parta ustidagi o’chirg’ichni menga uzatib yuborgin.


9.Qaysi javobda o’zlik nisbatdagi fe’llar berilgan?
A)o’ylamoq,sarg’aymoq
B)jimirlamoq,silkinmoq
C)ko’rinmoq,kiyinmoq
D)taralmoq,yiqitmoq


10.Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qo’shilganda tovush o’zgarishi bilan yoziladigan tub so’zlar qatori berilgan?
A)yurak,buyruq,kerak
B)bilak,qovoq,chelak
C)sovuq,sana,o’yin
D)axloq,tirnoq,pishloq


11.Qaysi javobda qo’shma fe’l mavjud?
A)Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo’zg’algan burgut suruvdagi qo’zichoqni ildi-yu ketdi.
B)Ko’ldan qarmoq bilan baliq tutishni yoqtiraman.
C) Maftunaxon uyda kitob o’qib yotibdi.
D)Abituriyentlar Registon ansamblini zavq bilan tomosha qilishardi.


12.Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z qatnashgan?
A)Inson sog’lig’i hamma narsadan qimmat turadi.
B)Bu bo’ychan yigit Nozima xolaning o’g’li ekan.
C)Faqat bir tilim handalak yedi-yu,issiq-issiq choy ichdi.
D)Sevinch oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.


13.Qaysi javobdagi so’zda metafora usuli orqali ma’no ko’chishi yuz bergan?
A)Bu maxfiy sirni ishonchli og’iz orqali yetkazing.
B)Dasturxonga qarang,ona qizim,noz-ne’matlardan yeb o’tiring.
C)Negadir ishtaham qochib ketdi.
D)Olma archayotganda qo’lini kesib oldi.


14.Qaysi gapda sifat va fe’l tukumiga oid yasama so’zlar qatnashgan?
A)Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o’xshatadi.
B)Qo’lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.
C)Qizni bu qo’rqinchli shubhalar qiynardi.
D)Darhaqiqat,shoirning yuragi pok tuyg’ulardan oziqlanadi.


15.Qaysi qatordagi gapda mantiqiy urg’u do’stimni so’ziga tushgan?
A)Kecha men majlisda do’stimni ko’rib qoldim.
B)Kecha men do’stimni majlisda ko’rib qoldim.
C)Majlisda do’stimni kecha men ko’rib qoldim.
D)Do’stimni men kecha majlisda ko’rib qoldim.


16.-la qo’shimchasi qaysi so’z turkumiga qo’shilganda shakl yasovchi vazifasida bo’ladi?
A)taqlid so’zlarga B)olmoshlarga
C)otlarga D)fe’llarga


17.Bular yonidan ot choptirib,changitib o’tish insonlik sha’niga isnoddir.
Ushbu gapda qaysi kelishik qo’chimchalari belgisiz qo’llangan?
A)tushum,tushum,qaratqich
B)qaratqich,tushum,qaratqich
C)qaratqich,tushum
D)tushum,qaratqich,tushum


18.Qaysi gap tarkibida vositali to’ldiruvchilar birdan ortiq?
A) Bu kitobni Muxlisaga oldim
B) Chaqmoqning yalt-yultidan Nafisa qo’rqdi
C) Ochko’z – molga qul, saxiy – elga hokim
D) Beshni uchga qo’shsak, sakkiz bo’ladi


19.Quyidagi qaysi gaplarda to’ldiruvchi fonetik qoida asosida yozilgan so’z bilan ifodalangan?
1). Xalq botir o’g’lonlarni hech qachon unutmaydi.
2). Qizcha erkalanib opasining bo’ynidan quchdi.
3). Musavvirning bo’yog’ida hayot chizgilari aniq ifodalangan edi.
4). So’z bilan o’ynovchilardan yuragim bezillaydi.
A) 1,2,3
B) 2,3,4
C) 1,3,4
D) 1,2,3,4


20.”Hayotda ko’rayotganlarim go’yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo’ldi.Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan,adolatsizlikdan ta’sirlanib,achishadigan bo’lib qoldi”.
Adabiyot haqida aytilgan ushbu fikrlar kimga tegishli?
A)Abdulla Qahhor
B)Shekspir
C)Maksim Gorkiy
D)Haynrix Hayne


21.Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra shoir merosining umumiy miqdori-3ming baytga yaqin.Buning 75 foizini g’azal janri tashkil etadi.
Ushbu ma’lumotga tegishli bo’lgan adib haqida to’g’ri javobni toping.
A)O’zbek adabiyotida eng ko’p ruboiy bitgan.
B)”Gul va Navro’z” asarini yozgan.
C)Zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi “Malik ul-kalom” deb e’zozlashgan.
D)Shoir o’zbek tilida 500ga yaqin ruboiy bitdi.


22.”Sher haybatli,yo’lbars kelbatli,qoplon yurakli,arslon bilakli yigitlar bo’ldi”.
Ushbu ta’rif qaysi dostondan olingan?
A)Kuntug’mish B)Ravshan
C)Alpomish D)Rustamxon


23.Tug’ma qobiliyati va teran aqli tufayli saroyda mirzaboshilik martabasiga erishgan qahramon haqidagi to’g’ri javobni toping.
A)Rustam kabi zo’r edi.
B)Uning qo’shnisi burunsiz-ellikboshi edi.
C)Uning ismi yigirma ikkinchi kuni qo’yiladi.
D)Yuzining go’zalligidan gul bargi xijolat edi.


24.Har yili bahorda “baxt qush”ini kutadigan ijodkor haqida noto’g’ri ma’lumotni toping.
A)Uning tomirida shotland qoni bor edi.
B)”Yovvoyi hayvonlar hayoti” degan to’rt jilddan iborat ilmiy ishini kitob qilib chiqardi.
C)Uning asarlarini Nosir Fozilov tarjima qilgan.
D)Jonivorlar haqida hikoyalar asari adib nomini olamga yoydi.


25.Ko'klamoyim yo'lga chiqqan.
Ko'klamoyim qo‘zg‘algan,
Kо’k kо‘ylakning bitishiga,
Uncha kо‘p ham qolmagan! (Cho‘lpon)
Baytda qanday badiiy san’at qo'llangan?
A) tarse’ B) tazod C) talmeh D) tashxis


26.”…..dostondek o’qiladi.Uni o’qib onalarimizni o’ylab ketamiz”.Dunyoning ishlari qissasiga berilgan ushbu ta’rifni aytgan ijodkorning ilk mashqi?
A)Muhabbat B)Jimjitlik
C)Tortiq D)Ishqiboz


27.”-Inim,bog’ga nega bog’lading eshak?
-E,anov chiriy deb qolgan olma-ku!” misralari muallifi?
A)Asqad Muxtor B)Erkin Vohidov
C)Ibroyim Yusupov D)Abdulla Oripov


28.Kambag’al bo’lsang, ko’chib boq maqoli qaysi asardan olingan?
A) “Zulmat ichra nur” B) “Ravshan”
C) “Oq kema” D) “Mehrobdan chayon”


29.”Dalada bir kun” asari muallifi?
A)Zulfiya B)Asqad Muxtor
C)Turob To’la D)O’lmas Umarbekov


30.Sinekdoxa yordamida ma’nosi ko’chgan gapni
toping.
A) Yoshlarni fan cho’qqilarini egallashga undaydi.
B) Ruxshonaning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi.
C) Bedorbaxt besh qo‘lini og‘ziga tiqadigan odam emas.
D) Feruzaning ko‘zi cho‘l tomonga tikilgan
edi

Download 12.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling