1. Muloqat texnikasi Muloqotning shakllari va bosqichlari


Download 1.15 Mb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#207131
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-мавзу.Касбий мулоқот

norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarnnng fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do`stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo`lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling