1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.62 Mb.
|
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog`lovchisiz qo`shma gap
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y. A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T. R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y. A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y. B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y. M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 2 1995 y. F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1 1997 y. A.Xo’jiev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y. www.ziyonet.uz MURAKKAB KO'P KOMPONENTLI QO'SHMA GAPLAR Bog`lovchisiz qo`shma gap Qismlarining o`zaro bog`lovchi vositalarsiz birikishidan tuzilgan qo`shma gap bog`lovchisiz qo`shma gap deyiladi. Bunday qo`shma gaplarda predikativ qismlarni mazmun va qurilish jihatdan bog`lashda intonatsiya (ohang) etakchi vazifa bajaradi. Masalan: Tashqarida qor uchqunlanib turar, daraxtlarning shoxlari kumush rangda tovlanib, ko`zni qamashtirardi. (J.Abdullaxonov). Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qismlari ko`pincha tenglik intonatsiyasi orqali bog`lanadi. Masalan: Oldindan salqin shabada esa boshladi, yo`l qishloqning tutzor ko`chasiga kirdi. (SH.Xolmirzaev). Piyozning po`sti ko`p, yomonning do`sti ko`p. (Maqol). Ba’zan bunday qo`shma gaplarning predikativ qismlari tobelik intonatsiyasi bilan bog`lanishi mumkin. Masalan: Ortiq ham o`zicha quvonib qo`ydi: sintetik o`tovning narhi salkam ikki ming so`m... (P.Qodirov). SHuning uchun ham tenglik intonatsiyasi orqali tuzilgan bog`lovchisiz qo`shma gap mazmunan bog`langan qo`shma gapga, tobelik intonatsiyasi orqali tuzilgan bog`lovchisiz qo`shma gap ergashgan qo`shma gapga mos keladi. Ammo ba’zi bir bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasidagi intonatsiya tenglik va tobelik holatidan o`zgacha bo`ladi. Masalan: So`z doriga o`xshaydi, ortiqchasi zarar keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling