1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot
Download 0.62 Mb.
|
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘chirma gap O‘ zlashtirma gap
O‘zlashtirma gap
O’zgalarning shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o‘zlashtirma gap deyiladi. O’zlashtirma gap ko‘chirma gapli qo‘shma gapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan gapdir: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (o‘zl. gap) — Qurbon ota dedi: "Men ertaga kelaman "(ko’ch. gap). So‘roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, qo‘shma gap sodda gapga aylanadi.
Undalma, kirish so‘z qatnashgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, kirish so‘zlar tushib qoladi, undalma vositali to‘ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxslarni ko‘rsatuvchi so‘zlar 3-shaxsga aylantiriladi:
O’zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq, (demoq fe'lidan tashqari) so‘zlari bilan ifodalanadi. Berilgan gap qismlarini aniqlang. Ularning o‘zaro qanday bog`lanayotganini ayting. .Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug`urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chaxchaxlab, Bamburni Gullar bog`iga chaqirardilar. {Sh.Rashidov) 2. Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosijaranglaydi. (o‘. Umarbekov) 1. Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o‘ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi. (M.Hazratqulov) 2. Mayli, bizga saboq bo‘lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi, ortimizda farzandlarimiz bor, suyagi qotmagan ukalarimiz bor, bu yozuvlar loaqal o‘shalarning kuniga yarab qolar. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Feruzauningjovdirashlariga ko‘pda e'tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi. (M.Hazratqulov) 4. Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. (Fitrat). Murakkab qo‘shma gaplarni aniqlang, ularga izoh bering. U bir safar: «Oltin makre balig`i qanaqa bo‘larkin, u haqda eshitganman-u, o‘zini hech ko'rmaganman»,— deb qoldi. «Kamyob baliqlardan biri,— dedi Edigey, -u dengiz tubida yashaydi, jussasi xiylagina katta, lekin uning xosiyati go‘zalligida: ola-chipor ko‘kimtir, yuzgichlaridan tortib kemirchak tarog`igacha, xullas, boshidan to dumining uchigacha oltin singari tovlanib turadi, shuning uchun ham uni oltin makre deb aytishadi» Berilgan gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ularning o‘zaro qanday vositalar yordamida bog'langanini ayting. Agar traktor berilsa, yerlar traktor bilan haydalsa, birinchidan, mehnat unumi ortadi, ikkinchidan, hosil mo‘l bo‘ladi. Berilgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. 1. Reja bajarilsa, dasturxon mo'1 bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. (Oybek) Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling