1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot
Download 0.62 Mb.
|
1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-asosiy savolning bayoni
- So’zlashuv uslubi
- Rasmiy ish qog’ozlari uslubi
- Ilmiy uslub
Muhokama uchun savollar:
1.1.Uslubiyat nimani o’rganadi? 1.2. Uslubiyat fanining vazifalari? 1.3. O’zbek tili uslublarini to’liq sanab bering? 1.4.Tilshunoslikda uslubiyatning tutgan o’rni va roliga baho bering. 1.5.Uslubiyatning ob’ektini izohlang. 1.6.Uslub so’zi qanday ma’nolarni bildiradi? 1.7.Akademik V.V.Vinogradov Uslubiyat fanining vazifalarini nechta aspektga bo’ladi va ular qaysilar? 1.8.Uslubiyat necha xil ko’rinishga ega? 1.9.Nutq uslubi nima? 1.10.Adabiy me’yor nima? .
Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, freazalogik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy vazifasiga ko’ra uslubiyat quyidagi turlarga bo’linadi: Nutq uslublari: og’zaki va yozma uslub. Og’zaki nutq uslubiga asosan so’zlashuv uslubi,yozma nutq uslublariga esa rasmiy ish qog’ozlari uslubi, ilmiy uslub, ommabop uslub, badiiy uslublarni kiritish mumkin. I. Og’zaki nutquslubi: So’zlashuv uslubi- umumiy so’zlashuv uslubidir. Bu uslubning o’z qonun-qoidalari bo’ladi: 1. So’zlar tarkibi erkin bo’ladi. 2. Asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo’lagi ajratib ko’rsatiladi, fikr so’zga mantiqiy urg’u berish bilan ifodalanadi. 3. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo’ladi. 4. Nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq so’zlovchi luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubda ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi kuzatilishi mumkin. Masalan:Mazza qildik. II. Yozma nutq uslubi quyidagi turlarga bo’linadi: rasmiy ish qog’ozlari uslubi, ilmiy uslub , ommabop-publitsistik uslub, badiiy uslub. Rasmiy ish qog’ozlari uslubi eng ko’p tarqalgan uslublardan biri bo’lib, shaxslar bilan shaxslar, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: ariza, tilxat, xat, ma’lumotnoma, ana shunday nutq uslubining ko’rinishlaridir. Bunday uslubning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1. So’zlar o’z ma’nosida har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi; 2. Darak gaplar, qaror, buyruq ko’rsatmalardan foydalaniladi; 3. Gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi; 4.Rasmiy- idoraviy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi; 5.Rasmiy- idoraviy hujjatlarning qolip matnlari –tayyor andozalarning ishlab chiqilgan. 6.Yozma nutq shaklida amal qilinadi.Ifoda aniq,ixcham,izchil va tushunarli bo’ladi. 7.Tasviriylik va ma’joziylik ishlatilmaydi. 8.Buyurish va undash ohangi kuchli bo’ladi. Mn: Jamoat ishlaridagi faol ishtiroki va o’qishdagi yutuqlari uchun Nazira Yusupovaga minnatdorchilik e’lon qilinsin. Ilmiy uslub –fan-texnika uslubi: 1. Bu uslubning asosi atama,ta’rif qoida va qonunlardir. Atamalar bir ma’noda qo’llanadi. 2.U fan tili bo’lib,aniq va holis ilmiy axborot beradi.Dalillarning aniqligi,mantiqiyligi,izchilligi ilmiy uslub uchun muhim xususiyatdir. 3.Har bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilarning mavjudligi. 4.Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy- ommabop asarlar,darslik va qo’llanmalar shu uslubda yoziladi. 5.Ilmiy uslubda gap bo’laklarining tushib qolishi alomati kam uchraydi. 6.Shevachilikka yo’l qo’yilmaydi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling