1. Musiqa akustikasi?


Turli xil tovush signallari?


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/57
Sana10.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1184711
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
Akustika Yakuniy nazorat savollari

58. Turli xil tovush signallari? 
Avtomobillarga o'rnatiladigan tovush signallarini tovush chiqarish xarateriga qarab shovqinli 
va ohangli signallarga ajratish mumkin. Avtomobil signallaridagi tovushning balandligi (tovush 
bosimi) 85 -125 DBni, chastotasi esa 200 - 400 Hz ni tashkil qiladi. Signallar avtomobillarga 
ressorli osmalar yordamida mahkamlanadi, hu holat ularning tovush tavsiflari yaxshilanishini 
ta'minlaydi. 8 A gacha tok iste'mol qiladigan tovush signallari (masalan, ZIL, GAZ va boshqa 
avtomobillardagi C311 signali) ikki o'tkazgich chizma bo'yicha tayyorlanadi (71 -chizma, a) va 
bevosita zanjirga ulanadi. Bu holatda chizmaning ikkala uchi ham "massadan" muhofaza 
qilingan. 
Karnaysiz shovqinli tovush signalining konstruk-siyasi 73–chizma a da ko’rsatilgan. Signalning 
po'lat korpusi (10) ichiga elektromagnit va uzgich mahkamlangan. O'zakka (7) elektromagnit 
cho'lg’mi o'ralgan. Elektromagnit cho'lg'amidan tok o'tganda, membrana (3) va diffuzor (2) 
mahkamlangan yakor (6) o'zakka tortiladi va kontaktlarni (11) hamda elektromagnit 
cho'lg'amining tok zanjirini ajratadi (uzadi). Prujina (9) ta'sirida yakor membrana bilan 
birgalikda boshlang'ich vaziyatga qaytadi va kontaktlar yana tutashadi. Uchqunlanishni 
kamaytirish uchun kontaktlarga parallel qilib kondensator (yoki rezistor) ulangan. Signalning 
elektr chizmasi ikki o'tkazgichli bo'lib chizmaning ikkala uchi "massadan" muhofaza qilingan. 
Quvvati yuqori bo'lgan signallar (GAZ-24, KaMAZ, MAZ va boshqa avtomobillarda) oraliq 
rele orqali ulanadi (73-chizma b) va bir o'tkazgichli chizma bo'yicha tayyorlanadi. Karnaysiz 
shovqinli tovush signalining konstruksiyasi -chizmada ko’rsatilgan. Elektromagnit 
cho'lg'amiga tok kontaktlar (11) orqali kirib keladi. Cho'lg'amning magnit maydoni membrana 


bilan yakorni (6) o'zakka (7) tortadi. Turtgichi (8) bolgan yakor prujina (9) bilan bog'langan. 
Yakor harakatlanganda turtgich kontaktlarni ajratadi, cho'lg'am zanjiridagi tok yo'qoladi va 
yakor memb¬rana kuchi ta'sirida boshlang'ich vaziyatga qaytadi, kontaktlar tutashadi va sikl 
yana qaytariladi. Konlaktlarning kuyishini pasaytirish uchun ularga parallel qilib uchqun 
so'ndiruvchi rezistor ulangan. Signal rostlash gaykalari (12) yordamida rostlanadi. Soat mili 
bo'yicha burish tok kuchining kamayishiga va tebranish chastotasining ortishiga olib keladi. 
Signal iste'mol qiladigan tok 7A dan ko'p emas. Yakori va o'zak oralig'idagi (0,95±0,05) mm li 
tirqish qistirmalar bilan rostlanadi. Avtomobillarga komplekt qilib o'rtacha va yuqori ohangdagi 
signallar o'rnatiladi. O'rtacha va yuqori ohangli signallarning konstruksiyasi deyarli bir xil. 
Faqat membrana qalinligi yakor va o'zak oralig'idagi tirqish (o'rtacha ohangli uchun 
(0,95±0.05)mm, yuqori ohangli uchun (0,7+0,05) mm) va rezonatorlar bir-biridan farq qiladi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling