1 Musiqiy tizim elementlari. Nota yozuvi elementlari. Nota cho‘zimlari va ularni uzaytiruvchi qo‘shimcha belgilar. Kalitlar Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 417.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi417.86 Kb.
#1205028
1   2   3
Bog'liq
1-Amaliy Musiqiytizimelementlari

Nota yo‘zuvi – bu tovushlarni nota
9
deb ataluvchi yo‘zma belgilar yordamida 
ifodalashga qaratilgan tizimdir. 

Klaviatura – (lotincha) – kalit; muayyan tartibda joylasgan klavishlar tizimi. 
9
Nota - (lotincha nota) –yozuv bеlgisi, bеlgi. Tovushning grafik ishorasi. 



Nota belgisi ichi oq yoki bo‘yalgan oval shaklida yoziladi. Tovushning 
cho‘zimini ko‘rsatish uchun notaga vertikal tayoqcha (shtil), dumcha, nuqta 
qo‘shilishi mumrin. Notalar bеshta gorizontal parallеl chiziqlar tizimi deyiladigan 
nota yo‘liga joylashadi – chiziqlar ustiga yoki ular orasiga yoziladi. 
Nota yo‘lining chiziqlari pastdan yuqoriga tomon sanaladi. 
Asosiy chiziqlardan tashqari qisqa ham ishlatilishi mumkin. Ular nota yo‘lining 
tеpasidan yozilsa, pastdan yuqoriga tomon, yoki nota yo‘lining pastidan yozilsa
yuqoridan pastga tomon sanaladi. 
Odatda nota yo‘li boshida bеshta chiziqni birlashtiradigan vеrtikal 
boshlang‘ich chiziq qo‘yiladi. Ko‘p xollarda musiqiy asar matni bir vaqtning 
o‘zida ikkita, uchta va undan ortiq nota yo‘lida bayon etilishi zarur bo‘ladi. 
Shunda, barcha nota yo‘llari umumiy boshlang‘ich chiziq bilan birlashtiriladi. 
Unga qo‘shilib yana akkolada
10
dеyiladigan kavs ham yoziladi. 
Figurali akkolada fortеpiano, organ, arfa, bayan uchun yozilgan asarlar, to„g„ri 
akkolada ansambl, xor yoki orkеstr uchun yaratilgan asarlarning yozuvida 
qo‘llaniladi. 
Kalitlar tizimi. Qo‘shimcha chiziqlarda yozilgan notalarni tez o‘qish qiyindir. 
Shu sababdan nota yozuvida kalitlar qo‘llanila boshlaydi. Xozirki kunda uchta 
kalit keng tarqalgan. Har kalitning nomi unga biriktirilgan tovush nomidan kelib 
chiqdi. Kalit belgisi albatta har nota yo‘lining boshida qaysidir chizig‘iga qo‘yiladi 
va unga biriktirilgan tovush notasining o‘rnashgan joyini aniqlab beradi. 
Bular: Sol kaliti (skripka yoki soprano kaliti ham deyiladi) – birinchi 
oktavadagi sol tovush notasi ikkinchi chiziqda, Fa kaliti (bas kaliti) – kichik 
oktavadagi fa tovush notasi to‘rtinchi chiziqda, Do kaliti (alt va tenor kalitlari) – 
birinchi oktavadagi do tovush notasi uchinchi va to‘rtichi chiziqda yozilishini 
ko‘rsatib turadi. Demak, yozilgan tovishning balandligini kalit turiga qarab bilib 
olish mumkin. 
10
Akkolada – (frfntsuzcha accolade) – quchoqamoq, qavs bilan birlashtirmoq




XIV-XVI asrlarda ko‘p ovozli vokal asarlar asosan Do kalitlarda yozilar edi. 
Cholg‘u musikaning rivojlanishi bilan, nota yo‘li katta diapazondagi asarlar 
tovushkatorini o‘z ichiga sig‘dira olmaganda, yangi kalit, ya‗ni Sol kaliti 
ishlatilishi boshlaydi. 
Bugungi kunda Sol bilan Fa kalitlar zamonaviy kalitlar tizimini tashkil etadi. 
Bu tizim bitta nota yo‘lida musiqiy tizimning butun tovushqatorini qamrab 
oladigan imkonga qodir bo‘ldi (3- misolga qarang). 
Skripka bilan bas kalitlari asosiy kalitlarga aylandi. Kalitlar tizimi birligi yana 
shu bilan ta‗kidlanadiki, birinchi oktavani do tovush notasi, musiqiy 
tovushqatorning markazi sifatida, nota yo‘llari o‘rtasida faraz qilinadigan chiziqda 
joylashadi. Undan qarama-qarshi tomonlarga qarab joylashgan notalar esa bir- 
birining kuzguli aksidir. Qiziq narsa, kalitlarning yozilishida ham ularning o‘zaro 
aksi ko‘rinadi. 
Kalitlar va notalar joylashuvlari kuzguli aksi 

Download 417.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling